Dehqonobod kaliy zavodi” аj faoliyati Reja


Download 1.53 Mb.
bet1/7
Sana25.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1654748
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dehqonobod kaliy zavodi Hisobot


Dehqonobod kaliy zavodi” АJ faoliyati
Reja:

  1. “Dehqonobod kaliy zavodi” АJ faoliyati haqida ma’lumot

  2. Kaliy xlorid haqida ma’lumot

  3. Texni tuz

  4. LAF (Нефрас C2 800/120)

  5. Ishlab chiqarish dinamikasi

Dehqonobod kaliy zavodi” АJ faoliyati haqida umumiy


MА'LUMOT
“Dehqonobod kaliyli zavodi” АJ Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 17 dekabrdagi “Tepaqoʼton kaliyli tuzlar koni negizida Dehqonobod kaliyli oʼgʼitlar zavodini qurish” toʼgʼrisidagi PQ-748-sonli qaroriga asosan qurib bitkazildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 6 iyuldagi zavodni foydalanishga qabul qilish boʼyicha Davlat komissiyasini tuzish toʼgʼrisidagi 432-f-sonli va 2011 yil 27 oktyabrdagi “Davlat komissiyasi aktini tasdiqlash haqida”gi 684-F-sonli Farmoyishlariga asosan “Dehqonobod kaliyli oʼgʼitlar zavodi” unitar korxonasi maqomini olib, 1321 yangi ish oʼrinlari bilan rasman faoliyatini boshladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 12 martdagi PQ-1072-sonli va 2010 yil 15 dekabrdagi PQ-1442-sonli qarorlariga asosan Dehqonobod kaliyli oʼgʼitlar zavodi quvvatini 600 000 tonnaga oshirish boʼyicha 2-navbat qurilishi loyihasi va texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqildi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.11.2011 yildagi PQ-1642-sonli qaroriga asosan texnik-iqtisodiy asoslari (TEO) tasdiqlandi.
Xitoyning “SITIK” kompaniyasi tomonidan qiymati 116,306 ming АQSh dollari, ishlab chiqarish quvvati yillik 400 000 tn. boʼlgan II-bosqich qayta ishlash majmuasi qurilib, foydalanishga topshirildi.
2010 yil avgustida Dehqonobod tumanida kaliyli oʼgʼitlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va Markaziy Osiyoda yagona hisoblanuvchi yirik sanoat korxonasining ishga tushirilishi natijasida mamlakatimizga ushbu turdagi mahsulotning chetdan import qilinishi toʼxtatildi. Oʼzbekiston qishloq xoʼjaligi rivoji uchun gʼoyatda muhim uch asosiy unsur - fosforli, azotli va kaliyli mineral oʼgʼitlar ishlab chiqarish salohiyatiga ega jahonning sanoqli davlatlari qatoridan joy oldi.



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling