Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti biznesni boshqarish yo`nalishi 2-bosqich 3bb-21 guruhi talabalari uchun Sug`urta bozori fanidan yakuniy nazorat test variantlari


Download 298.93 Kb.
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi298.93 Kb.
#1550529
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3bb 2021 guruh b


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti biznesni boshqarish yo`nalishi 2-bosqich 3BB-21 guruhi talabalari uchun Sug`urta bozori fanidan yakuniy nazorat test variantlari
Variant №1
1. Sug’urta munosabatlarida kimlar qatnashadi?
A) sug’urta bozorining professional ishtirokchilari
B) sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi
C) sug’urtalanuvchi va sug’urta vositachilari
D) adjaster va aktuariylar
2. Quyidagilardan qaysi biri sug’urta portfeli tushunchasini anglatadi?
A) sug’urtalangan ob’ektlarning miqdori
B) sug’urtalash tartibi
C) investitsiya faoliyatini olib boorish
D) ob’ektlarni sug’urtaviy baholash
3. Sug’urta tashkilotlari moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi unsur bu…
A) ustav kapitali
B) daromad va xarajati
C) bankdagi hisob raqami
D) tashkilot foydasi
4. Quyidagilardan qaysi biri sug’urta munosabatlarining professional ishtirokchilari hisoblanadi?
A)sug’urta kompaniyalari
B) aktuarlar markazi
C) davlat sug’urta nazorati organi
D) sug’urta agentlari
5. Tomonlarning yuqori darajadagi o’zaro ishonchi tamoyili quyidagilarning qaysi biriga taalluqli?
A) sug’urta tashkilotining bir necha yil mobaynida o’zgarmas bir tarifda bo’lishi
B) sug’urta tashkilotining sug’urtalanuvchi bilan bir necha yillar mobaynida hamkorligi
C) sug’urta tashkilotining sug’urtalanuvchi bilan o’zaro aloqada bo’lishi
D) professional ishtirokchilarining sug’urtani amalga oshirish bilan bog’liq faoliyati
6. Sug’urta tarifi stavkasiga qaysi omillar ta’sir ko’rsatadi?
A) sug’urta bozoridagi raqobat
B) aholining zichligi
C) byudjet kamomadi
D) sug’urta riskining bahosi
7. Chet elga chiquvchi fuqarolarni kasalliklardan sug’urtalash bo’yicha shartnoma qancha muddatga tuziladi?
A) sayohat davriga mos muddatga
B) uch oy
C) bir yil
D) cheksiz
8. Aviatsiya tashkilotlarining fuqarolik javobgarligini sug’urtalashda qanday ko’rilgan zararlar qoplanishi mumkin?
A) yuk va bagajlarning yo’qolishi va qisman zararlanishi;
B) yo’lovchining o’limi yoki salomatligiga etkazilgan zarar;
C) o’lim, tan jarohati yoki mulkiy zarar;
D) Avia portlashlar.
9. Fuqaroga o’z hayoti yoki sog’lig’ini sug’urtalash majburiyati qonun bilan yuklatilishi mumkinmi?
A) mumkin emas
B) mumkin
C) faqat belgilangan toifa fuqarolarga
D) ish beruvchining fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha mumkin
10. Quyidagilardan qaysi biri sug’urta shartnomasining muhim sharti hisoblanadi?
A) sug’urta summasini to’lash
B) sug’urtalanuvchining moliyaviy hujjatlari bilan tanishish
C) sug’urta hodisasi ro’y berganda uni aniqlash uchun jalb etilgan ekspertga haq to’lash shartlari
D) sug’urta mukofotini natural ko’rinishda to’lash mumkinligi
11. Anderrayter kim?
A) sug’urta riskini qabul qilib oluvchi sug’urta kompaniyasining tegishli vakolatiga ega shaxs
B) sug’urta zararlarini aniqlaydigan shaxs
C) sug’urta shartnomasini tuzuvchi shaxs
D) qayta sug’urtalovchi kompaniya
12. Kasalliklardan ehtiyot shart sug’urta qilish umumiy sug’urta faoliyati klassifikatorining nechinchi sug’urta klasslarida o’z aksini
A) 7-klassda
B) 17-klassda
C) 8-klassda
D) 14-klassda
13. Sug’urtalovchining sug’urtalanuvchi oldidagi javobgarligi qachon boshlanadi?
A) sug’urta mukofoti sug’urtalovchining hisob-kitob raqamiga kelib tushgandan va sug’urtalanuvchiga sug’urta polisi berilgandan so’ng
B) sug’urta shartnomasi tuzilgandan so’ng
C) sug’urta mukofoti sug’urtalovchining hisob-kitob raqamiga kelib tushgandan so’ng
D) sug’urtalanuvchi tegishli xabar berganidan so’ng
14. Sug’urta tashkilotlari moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi unsur bu…
A) tashkilot foydasi
B) ustav kapitali
C) daromad va xarajati
D) bankdagi hisob raqami
15. Sug’urtalovchilar boshqa yuridik shaxlarning ustav kapitaliga joylashtiradigan aktivlarning umumiy summasi o’z ustav kapitalining necha foizi bilan chegaraladi?
A) 50 %
B) 10 %
C) 30 %
D) 40 %
16. Hayot sug’urtasining dastlabki bo’g’inlarini qaysi davlat misolida ko’rishimiz mumkin?
A) Yunoniston
B) Hindiston
C) Angliya
D) Germaniya
17. Haydovchining yoshi 22 yoshdan katta bo’lganda sug’urta tariflari koeffitsienti qancha qilib belgilanadi
A) 1 foiz B) 2 foiz C) 3 foiz D) 4 foiz
18. Tugatilayotgan sug’urtalovchi kreditorlarining talablarini qanoatlantirish navbati “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunning nechanchi moddasida yoritilgan?
A) 20 – moddasida.
B) 7 – moddasida.
C) 10 – moddasida
D) 28 – moddasida
19. Davlat majburiy sug’urtasi bo’yicha kimlar sug’urtalanadi?
A) davlat harbiy xizmatchilari
B) tibbiyot hodimlari
C) barcha rezident fuqarolar
D) maktab o’quvchilari
20. Quyidagilardan qaysi biri ixtiyoriy sug’urtalash shartnomasining zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi?
A) sug’urtalanadigan ob’ekt
B) sug’urta zahirasini shakllantirish tartibi
C) sug’urta kompaniyasini boshqarish
D) sug’urtalangan sub’ekt
21. Sug’urta faoliyatida klassifikatorlar nechta?
A) 21 ta B) 17 ta C) 25 ta D) 19 ta
22. Sug’urta zahiralari investitsiya ob’ektlariga qanday shartlarda joylashtiriladi?
A) diversifikatsiya shartlarida
B) faqat savdo-vositachilik bitmlarini moliyalashtirish shartlarida
C) sug’urta zahiralari 100% davlat qimmatli qog’ozlariga joylashtirishi sharti bilan
D) sug’urtalanuvchilarning ogohlantirish tadbirlarini moliyalashtirishga
23. Havo kemasi yo’lovchilarini sug’urta qilish qay tartibda amalga oshiriladi?
A) majburiy tarzda amalga oshiriladi
B) ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladi
C) ixtiyoriy - majburiy tarzda amalga oshiriladi
D) aviakompaniya mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi
24. Sug’urtalovchilar aktivlarini bank omonatlariga joylashtirishida, 1ta tijarat bankiga joylashtirilgan omonat aktivlarining necha foizi bilan chegaralanadi?
A) 30 % B) 50 % C) 40 % D) 20 %
25. Yuqumli kasalliklardan sug’urtalashda sug’urta to’lovi sug’urtalanuvchiga yoki naf oluvchiga qanday shaklda beriladi?
A) naqd pul shaklda
B) sug’urtalanuvchi hisob raqamiga o’tkaziladi
C) statsionar-davolash shaklida
D) barcha shakllarda to’lanishi mumkin


Download 298.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling