Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti biznesni boshqarish yo`nalishi 2-bosqich 3bb-21 guruhi talabalari uchun Sug`urta bozori fanidan yakuniy nazorat test variantlari


Tuzuvchi : Sh. Xudoynazarov “Moliya va bank ishi” kafedrasi mudiri


Download 298.93 Kb.
bet7/8
Sana17.06.2023
Hajmi298.93 Kb.
#1550529
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3bb 2021 guruh b

Tuzuvchi : Sh. Xudoynazarov
Moliya va bank ishi” kafedrasi mudiri: (PHd) O.Melikov
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti biznesni boshqarish yo`nalishi 2-bosqich 3BB-21 guruhi talabalari uchun Sug`urta bozori fanidan yakuniy nazorat test variantlari
Variant № 7
1. Sug’urtalovchi – bu…
A) belgilangan tartibda davlat ro’yxatidan o’tgan va sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun Moliya vazirligidan litsenziya olgan yuridik shaxs
B) sug’urta faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxs
C) ustav kapitali qonunda belgilangan tartibda bo’lgandan so’ng
D) Adliya Vazirligidan ro’yxatdan o’tgan har qanday yuridik shaxs
2. Maktab o’quvchilarini baxtsiz hodisalardan sug’urtalashning eng kam va uzoq muddati qancha?
A) 1 yilgacha
B) 1-3 yilgacha
C) 5 yilgacha
D) 1-5 yilgacha
3. “O’zbekinvest” EIMSK qaysi eksport kreditlari va investitsiyalari xalqaro uyushmasi bilan yaqin xamkorlikni amalga oshirmoqda?
A) Bern B) Olis C) Faliya D) Treyvol
4. Avtotransport vositalari xalqaro miqyosida sug’urta tizimi qanday nomlangan va nechanchi yilda tashkil etilgan?
A) yashil karta 1986 yil1iyun
B) yashil karta 1953 yil1yanvar
C) ko’k karta 1955 yil 2 mart
D) milliy byuro 1995 yil 10 iyul
5 Shaxsiy sug’urtaning majburiy turlari bo’yicha tarif stavkalari kim tomonidan belgilanadi?
A) Moliya Vazirligi tomonidan
B) qonunchilik hujjatlariga muvofiq hukumat tomonidan belgilanadi
C) davlat sug’urta nazorati inspektsiyasi tomonidan
D) sug’uta tashkiloti tomonidan
6. Sug’urta bonusi bu…
A) sug’urtalovchi sug’urtalanuvchi to’laydigan sug’urta mukofoti miqdoridan
B) sug’urtalovchi berilgan imtiyoz
C) chegirmalar belgilashi
D) sug’urtalovchi sug’urtalanuvchiga to’laydigan sug’urta puli miqdoridan chegirmalar belgilashi
7. Tomonlardan birining kamida necha kun oldin beriladigan yozma arizasiga binoan shartnoma istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin?
A) 30 kun B) 50 kun C) 10 kun D) 40 kun
8. Abandon nima?
A) To‘liq miqdordagi sug‘urta summasini olish uchun sug‘urtalanuvchining sug‘urtalangan mol-mulkdan sug‘urtalovchining foydasiga voz kechishi
B) Sug‘urta kompaniyasining vakolatiga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs
C) Mol-mulk sug‘urta hodisasi tufayli zararlanganda, ko‘rilgan zararning miqdori va xarakterini tasdiqlovchi hujjat
D) Lotin tilidan tarjima qilganda hisobchi degan ma’noni bildiradi
9. Annuitet deganda nimani tushunasiz?
A) Renta va nafaqalarni sug‘urtalashning hamma turlarini umumlashtiruvchi tushuncha
B) Turli risklarni sug‘urtalash vakolatiga ega, sug‘urta kompaniyasi tomonidan tayinlanadigan shaxs
C) Sug‘urtalash bilan bog‘liq yangi takliflarni ko‘rib chiqish va mazkur taklifni qabul qilish
D) Dengiz transportida umumiy avariya sodir bo‘lganda ko‘rilgan zararni kema, yuk va fraxt o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzadigan mutaxassis
10. Agent har bir tuzilgan shartnomani maxsus "Sug‘urta shartnomalarini ro‘yhatga olish" jurnalida nimani qayd etib borishi kerak?
A) Ariza kelib tushgan sana, sug‘urta qildiruvchining nomi, sug‘urta turi, shartnoma raqami, sug‘urta summasi miqdori
B) Sug’urtalovchi mulki, sug’urta shartnomalari soni, sug’urtalovchi manzili
C) Sug’urtlaovchi ismi, sharifi
D) Sug’urta brokerlarining uy manzili
11. Sug‘urta kompaniyasi investitsion imkoniyatlarini qanday omillar belgilaydi?
A) yig‘iladigan sug‘urta mukofotlari xajmi, sug‘urta portfeli xajmi, amalga oshirilayotgan sug‘urta xizmatining foydaliligi yoki zararliligi
B) Ishlab topilgan mukofotlarining netto qismi
C) Sotish texnoligiyasiga ta’sir etuvchi omillar
D) sug‘urta himoyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan boshqa daromad va xarajatlar
12. Amerika Qo‘shma Shtatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalarini qanday yirik guruhlarga bo‘lish mumkin?
A) hayotni sug‘urta qilishga ixtisoslashgan kompaniyalar,umumiy sug‘urta operatsiyalarini (hayotni sug‘urta qilishdan tashqari) amalga oshiruvchi kompaniyalar, o‘zaro sug‘urtalash jamiyatlari
B) Umumiy sug’urta kompaniyalari va qayta sug’urta kompaniyalari
C) Keptiv sug’urta kompaniyalari va offshore sug’urta kompaniyalari
D) Sug’urta komissiriatlari va savdo-sanoat palatasi
13. Sug’urta kompaniyasining marketing kompleksini elementlaridan birini ko’rsating.
A) Sug’urta mahsulotini oldinga sotish usuli
B) Sug’urta zaxiralarini shakllantirish tartibi
C) Prorato temporis usuli
D) Paretto usuli
14. Sug’urta bozorida sug’urta tarmoqlaridan biri
A) Hayot sug’urtasi
B) Tibbiy sug’urta
C) Chet elliklarni sug’urtalash
D) Mol-mulk sug’urtasi
15. Sug’urta tashkilotlari sug’urta bozorida:
A) Xizmat ko’rsatadi
B) Ish bajaradi
C) Mahsulot ishlab chiqaradi
D) Qurilish bilan shug’illanadi
16. Sug’urta faoliyatida subrogatsiya qanday ma’noni anglatadi?
A) sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi o’rtasida yuzaga keladigan nizolarni hal etish shakli
B) sug’urtalanuvchining sug’urta summasini olish maqsadida sug’urtalangan mol-mulkdan to’liq voz kechishi
C) sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi o’rtasida bo’ladigan o’zaro munosabatlar majmui
D) sug’urta faoliyatini tahlil etuvchi shaxs
17. «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qachon qabul qilingan?
A) 2008 yil 21 aprelda
B) 2008 yil 21 mayda
C) 2005 yil 5 aprelda
D) 2009 yil 16 aprelda
18. Garovga qo’yilgan mol-mulk sug’urtasi qay tarzda amalga oshiriladi?
A) ixtiyoriy tarzda
B) majburiy tarzda
C) davlat majburiy
D) ixtiyoriy va majburiy
19. Sug’urta faoliyatini klasslarga bo’linishi qaysi qarorda belgilab berilgan?
A) “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorda
B) “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonunda
C) “Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorda
D) “Sug’urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
20. Sug’urtada kovernota tushunchasi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) sug’urta brokeri tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga beriladigan hujjat
B) sug’urtalovchi tomonidan mijozlarga beriladigan hujjat
C) sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi hatti-harakatlarini tartibga soluvchi hujjat
D) sug’urta tarif stavkasining bir qismini
21. Sug’urta vositachilari qanday shaxs?
A) yuridik va jismoniy shaxs
B) Yuridik shaxs
C) tadbirkor
D) jismoniy shaxs
22. Yuk sug’utasida sug’urta hodisasi natijasida ko’rilgan zararlarni qoplashda qanday usuldan foydalaniladi?
A) xalqaro va ichki yuklarni tashish va yukni barcha risklardan sug’urta qilish usuli
B) har qanday usul
C) halqaro va ichki yuklarni tashish usuli
D) noa’nanaviy usullardan
23. Aviatsiya tashkilotlarining fuqarolik javobgarligini sug’urtalashda qanday ko’rilgan zararlar qoplanishi mumkin?
A) Yo’lovchining o’limi yoki salomatligiga etkazilgan zarar,o’lim, tan jarohati
B) Yuk va bagajlarning yo’qolishi va qisman zararlanishi
C) Mulkiy zarar
D) Mulkiy maanfatning korilgan zararlari
24. «Yashil karta» tizimining qarorgohi qayerda joylashgan?
A) Fransiyada
B) Aqsh
C) Yaponiyada
D) Londonda
25. Avariya komissari qanday vazifani bajaradi?
A) Sug’urtalangan hodisa bo’yicha zararning sababi, tavsifi va miqdorini aniqlaydi
B) Sug’urta faoliyatini amalga oshiradi
C)Sug’urta tashkilotlarining manfaatini himoya qiladi
D) Sug’urtalangan kema va yuklar bo’yicha zararning miqdorini aniqlaydi


Download 298.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling