Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti biznesni boshqarish yo`nalishi 2-bosqich 3bb-21 guruhi talabalari uchun Sug`urta bozori fanidan yakuniy nazorat test variantlari


Tuzuvchi : Sh. Xudoynazarov “Moliya va bank ishi” kafedrasi mudiri


Download 298.93 Kb.
bet8/8
Sana17.06.2023
Hajmi298.93 Kb.
#1550529
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3bb 2021 guruh b

Tuzuvchi : Sh. Xudoynazarov
Moliya va bank ishi” kafedrasi mudiri: (PHd) O.Melikov

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti biznesni boshqarish yo`nalishi 2-bosqich 3BB-21 guruhi talabalari uchun Sug`urta bozori fanidan yakuniy nazorat test variantlari
Variant № 8
1. Sug’urta tarifi stavkasi nima?
A) sug’urta riskining bahosi
B) bank foizi
C) sug’urta kompaniyasining majburiyati
D) sug’urta shartnomasini tuzish
2. Quyidagilardan qaysi biri tsessiya hisoblanadi?
A) riskni qayta sug’urtalash kompaniyasiga uzatish
B) riskni taqsimlash
C) riskni boshqa kompaniyalardan qabul qilib olish
D) riskni bir nechta sug’urta kompaniyasi sug’urtalashi
3. Keptiv sug’urta kompaniyalari tushanchasiga mos keladigan javobni aniqlang?
A) Yirik kontsern, korporatsiyalar, yirik sanoat-moliya guruhlari tarkibiga kiruvchi sug’urta kompaniyasi
B) Sug’urta shartnomasini tuzish va unga xizmat qilishni amalga oshiruvchi, sug’urtalanuvchi bilan huquqiy munosabatda bo’luvchi yuridik shaxs
C) Sug’urta himoyasiga oladigan sug’urta kompaniyasi
D) Boshqa sug’urta kompaniyasi-ning iltimosiga ko’ra, o’z nomidan sug’urta polisi beruvchi sug’urta kompaniyasi
4. Quyidagilardan qaysi biri sug’urta faoliyatining investitsiya faoliyatidan oladigan daromadlari tarkibiga kiradi?
A) Bank depozitidagi qo’yilmalar
B) Regress tartibida olingan summalar
C) Qayta sug’urtalash mukofotlari
D) Sug’urta mukofotlari
5. Kasbiy javobgarlikni sug’urta qilishda sug’urta mukofoti nimaga nisbatan aniqlanadi?
A) Sug’urta summasiga nisbatan foizlarda
B) Sug’urta tarifiga nisbatan
C) Sug’urta bahosiga nisabatan
D) Sug’urta mukofotlariga nisabatan
6. Mintaqaviy sug’urta bozori bu…
A) Savdo iqtisodiy va boshqa jihatlardan o’zaro yaqin munosabatda bo’lgan bir nechta mamlakatlarning ichki bozori
B) Biron-bir mamlakat hududidagi sug’urta muassasalarini va ularni faoliyatining ichki bozori
C) Bir mamlakat hududidagi sug’urta muassasalarini va ularni faoliyatini
D) Dunyo miqyosida sug’urta faoliyatini olib boruvchi alohida mamlakatlarning ichki bozori
7. Sug’urtaning asosiy tamoyillari qaysi qatorda to’liq ko’rsatilgan?
A) Mulkiy manfaatning mavjudlik tamoyili ekvivalentlik, tovon tamoyili tomonlarning yuqori darajadagi o’zaro ishonchi tamoyili
B) Ishonchlilik va barqarorlik
C) Mavjudlik tamoyili va moliyaviylik
D) Ekvivalentlik, tovon tamoyili tomonlarning yuqori darajadagi o’zaro ishonchi tamoyili
8. Sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish ikki xil yo‘l bilan amalga oshiriladi:
A) Ixtiyoriy, majburiy
B) Tibbiy, sun’iy
C) Asosiy, qiyosiy
D) Tabiiy, asosiy
9. Sug‘urta sohasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlar qanday yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi?
A) Fuqarolar va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida shakllanadigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar; sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar
B) Sug’urta tashkiloti va aksiyadorlar o’rtasida yuzaga keladigan munosabatlar
C) Sug’urta tashkilotlari va investitsiya kompaniyalari o’rtasida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlar
D) Sug’urta organlari va bojxona xodimlari o’rtasida yuzaga keladigan munosabatlar
10. Sug‘urta tashkilotining investitsiya faoliyatidan oladigan daromadlari tarkibiga nimalar kiradi?
A) Bank jamg‘armalari foizlari, aksiyalardan dividend foizlari, qimmatli qog‘ozlardan daromadlar
B) Regress tartibida olingan summalar
C) Ijarachilik faoliyatidan olingan daromadlar
D) Sug‘urta zaxiralarining qaytim summalari
11. Sug‘urta ishini yuritish xarajatlariga qanday xarajatlar kiradi?
A) Shartnomalarni tuzish va bajarish xarajatlari
B) Sug’urta agentlarining pul tushumi harajatlari
C) Xodimlarning bank hisob raqamlari
D) Pensiya fondiga harajatlar;
12. Amerikaning o’zbekiston bilan hamkorlikdagi «ameriken interneshnl grupp» sug’urta korporatsiyasi nechanchi yilda tashkil etilgan?
A) 1994 yilda B) 1993 yilda C) 1997 yilda D) 2002 yilda
13. Buyuk britaniyada sug’urta ishini qaysi organ nazorat qiladi?
A) Savdo va sanoat departamenti
B) Moliya vazirligining sug’urta bo’limi
C) Maxsus sug’urta komissiriatlari
D) Soliq organlar
14. Shaxsiy sug’urta bilan shug’ullanadigan dastlabki sug’urta kompaniyasi qaerda barpo etilgan?
A) Frantsiya B) Germaniya
C) Yaponiya D) Angliya
15. O’zbekiston respublikasida 2008 yil 21 aprelda majburiy sug’urtaning qaysi turi joriy qilingan?
A) Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtasi;
B) Yo’lovchilarni majburiy sug’urta qilish;
C) Davlat majburiy sug’urtasi;
D) Ish beruvchining xodimlar oldidagi fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtasi
16. Quyida ko’rsatilganlardan qaysi biri mulkiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalanishi mumkin?
A) Muayyan mol-mulkning yo’qotilishi, kam chiqishi yoki shikastlanish xavfi
B) Fuqarolik javobgarligi xavf- boshqa shaxslarning hayoti, sog’lig’i yoki mol-mulkiga zarar etkazilishi
C) Tadbirkorlik xavfi
D) Mol-mulkiga zarar etkazilishi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlar bo’yicha javobgarlik
17. Amerika qo‘shma shtatlari sug‘urta tarmog‘idagi eng yirik kompaniyalardan biri - bu “signa” Sug‘urta korporatsiyasi qachon tashkil etilgan?
A) 1982 yilda B) 1985 yilda C) 1987 yilda D) 1989 yilda
18. Yaponiyada sug’urta ishini qaysi organ nazorat qiladi?
A) Moliya vazirligining sug‘urta bo’limi
B) Adliya vazirligi
C) Savdo-sanoat departamenti
D) Sug’urta organi
19. Britaniya sug‘urtachilar assotsiatsiyasi nechanchi yildan boshlab o’z faoliyatini boshladi?
A) 1985 yildan boshlab
B) 1990 yildan boshlab
C) 1980 yildan boshlab
D) 1989 yildan boshlab
20. Lizingni sug’urtalashda sug’urtaga olinuvchi risklar?
A) Riskning ro’y berishi noma’lum bo’lishi zarur
B) Albatta ro’y beradi
C) Ro’y berishi tashkil qilinadi
D) Reja asosida amalga oshiriladi
21. Qayta sug’urta shartnomalarining qanday shakllari mavjud?
A) Fakultativ va obligator
B) Majburiy shakli
C) Ixtiyoriy shakli
D) Majburiy-ixtiyoriy shakli
22. Zarar miqdorini kamaytiri maqsadida qilingan xarajatlar:
A) Sug’urta orqali qoplab beriladi
B) Qoplab berilmaydi
C) Dotatsiyadan qoplanadi
D) Subsidiya olinadi
23. Berilgan kredit foyizining markaziy bank foyiziga nisbatan pasayish riski:
A) Moliyaviy risk
B) Texnik risk
C) Tabiiy risk
D) Risk emas
24. Moliyaviy risklarni boshqarishda dastlab?
A) Moliyaviy riskni identifikatsiya qilinadi
B) Riskni qayta taqsimlaydi
C) Riskni moliyalashtiradi
D) Sug’urta polisi yoziladi
25. Sug’urta biznesida quyidagi qaysi faoliyat litsenziyalanmaydi?
A) Assistans, syurveyer, adjaster
B) Brokerlik faoliyat assistanslik faoliyat
C) Qayta sug’urta brokeri, adjasterlik faoliyati
D) Syurveyer va adjasterlik faoliyati
Tuzuvchi : Sh. Xudoynazarov
Moliya va bank ishi” kafedrasi mudiri: (PHd) O.Melikov
Download 298.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling