Derejorlik apparatining ta’snifi


Download 179.55 Kb.
bet1/2
Sana30.01.2023
Hajmi179.55 Kb.
#1141043
  1   2
Bog'liq
derejorlik 1


Derejorlik apparatining ta’snifi
Dirijorning gavdasi, boshi, qо‘llari, oyoqlari dirijor apparati tushunchasini anglatadi. Bu apparatning samarali ishlashi uchun tana qismi, bosh, qо‘llar, yelka va oyoqlarga nisbatan tо‘g‘ri vaziyat egallanishi kerak. Dirijorlik apparatining barcha qismlari о‘zaro bog‘liq va ma’lum darajada bir-birini tо‘ldiradi.
Dirijyorlik (frans. diriger - yoʻnaltirish, boshqarish, rahbarlik qilish) — musiqa ijrochiligi sanʼatining murakkab turi; musiqa asarini ijroga tayyorlash jarayonida qamda bevosita tinglovchi — tomoshabinlar oldida ijrochilar (orkestr, xor, ansambl, opera, balet jamoalari va b.)ga raqbarlik qilish. Odatda bir (baʼzan, ikki) dirijyor tomonidan amalga oshiriladi. D. jamoaviy musiqa ijrosining uygʻunligi, badiiy va texnik mukammalligini taʼminlaydi. Koʻp ovozli musiqa murakkablashuvi va orkestr ijrochiligining rivoji natijasida 15-asr 1-yarmida yuzaga kelib, uni amaliyotga I. Mozel (Avstriya), K. M. Veber va L. Shpor (Germaniya)lar kiritgan. L. Betxoven, G. Berlioz, R. Vagnerlar D. sanʼati asoschilaridan. Xalqaro eʼtibor qozongan birinchi dirijyor X. fon Byulov (Germaniya) boʻlgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida chet el D. sanʼati ustalari sifatida X. Rixter, A. Nikish (Vengriya), F. Veyngartner va R. Shtraus (Germaniya), G. Maler (Avstriya), M. Balakirev, A. va N. Rubinshteynlar, S. Raxmaninov, S. Kusevitskiy (Rossiya) va b. tanilgan. Keyingi davrda G. fon Karayan (Avstriya), L. Stokovskiy, Yu. Ormandi, L. Bernstayn (AQSH), B. Valter, V. Furtvengler, O. Klemperer (Germaniya), A. Toskanini (Italiya), Ye. Mravinskiy, A. Melik-Pashayev, Ye. Svetlanov, G. Rojdestvenskiy (Rossiya), Sh. Myunsh (Fransiya), K. Ancherl (Chexiya) va b. D. sohasida katta ijodiy yutuklarga erishgan.
Oʻzbekistonda ilk dirijyorlar orasida F. V. Leysek, N. Mironov, V. Uspenskiy va b. boʻlgan. Oʻzbek davlat filarmoniyasi, Navoiy nomidagi opera va balet teatri, Muqimiy nomidagi oʻzbek musiqali drama teatrida simfonik orkestrlar tashkil etilgach, N. Olimov, A. Kozlovskiy, M. Ashrafiy, B. Inoyatov, M. Nasimov, T. Sodiqov, F. Shamsutdinov, A. Abduqayumov, D. Abdurahmonova, 3. Haqnazarov, Gʻ. Toʻlaganov, N. Xalilov, H. Shamsutdinov, B. Rasulov va b. dirijyorlar yetishib chikdi. Respublikamizda xor (S. Valenkov, A. Sultonov, B. Umidjonov, A. Hamidov va b.), oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri (T. Jalilov, A. Petrosyans, S. Aliyev, D. Zokirov, M. Bafoyev), 1970-yillardan kamer orkestr (E. Azimov va b.) dirijyorligi ham rivoj topdi. Oʻzbekistan milliy konservatoriyasida operasimfonik va oʻzbek xalq cholgʻu orkestri dirijyorligi sinflari mavjud.
Dirijorlik qilish paytida tana tik, erkin, xotirjam va shu bilan birga harakatga tayyor holatda kо‘krak kafasi sal kо‘tarilgan, yelka esa tik tо‘g‘ri bо‘lishi lozim. Yelkani juda kо‘tarib yuborish mumkin emas — bu bel mushaklari harakatsiz holatda bо‘lishiga, tirsaklar ikki tomonga «tarvaqaylab» ketishiga va umuman butun tananing noqulay vaziyatga kelishiga sabab bо‘ladi. Haddan tashqari egilish va bukilish ham notо‘g‘ri. Bunday holatda harakatlar sust va ishonchsiz bо‘lib qoladi. Tananing haddan ziyod harakatchanligi, ijro paytida tez-tez burilish, egilish va boshqa ortiqcha holatlar shoshqaloqlikdek kо‘rinadi va odatda dirijorning texnik kо‘nikmalari yaxshi emasligini kо‘rsatadi.
Umuman, dirijorning butun tashqi kо‘rinishi estetikaga asoslanishi kerak: tana tabiiy holatda, kо‘krak qafasi kerilgan, yelkalar tо‘g‘rilangan bо‘lmog‘i lozim. Shuningdek dirijor hech qachon qaddini bukib turmasligi darkor. Tananing holati dirijorning nafas olishiga ham ta’sir etadi. Yelka va butun tana shunday holatda bо‘lishi kerakki, dirijorni erkin nafas olishiga xalaqit qilinmasligi kerak. Dirijorning nafas olishi shu sababdan tabiiy bо‘lishi kerakki, u butun musiqa va uning qismlarini nafasi bilan bog‘laydi. Shu bois ham «Dirijor musiqa bilan birga nafas oladi» degan ajoyib ibora bor. Dirijorning nafas olishi xonandalar va sozandalar nafasi bilan ham tabiiy ravishda bog‘lanadi. Dirijorning butun vujudi doimo orkestr yoki xorning har bir a’zosi va qolaversa, tinglovchilarning diqqat markazida bо‘lishini inobatga olgan holda u о‘zini hamisha nazorat qilib turishi, ortiqcha harakatlar qilmasligi lozim. Dirijorning butun diqqat e’tibori orkestr yoki xorga qaratilib, uning harakatlari aniq, ishonchli va ayni paytda о‘sha-rо‘parasidagi orkestr yoki xorga kо‘maklashishga yо‘naltirilgan bо‘lishi shart. Ba’zi dirijorlar qо‘l harakatlarining ta’sirchanligini oshirish maqsadida orkestrantlar tomon egilib, о‘z tanasini noо‘rin harakatlarga yо‘naltiradi. Amalda esa bu hol kо‘l harakatlarining samarasini oshirmaydi, aksincha, ijrochilarning yanglishtirishga olib kelishi ham mumkin. Ta’sirchanlikka tana yordamida emas balki faqat qо‘l harakatlari orqaligina erishish lozim.
Bunga taniqli rus dirijori YE. A. Mravinskiy yorqin misol bо‘la oladi. Uning tanasi orkestrni boshqarish jarayonida deyarli ishtirok etmaydi. Qо‘llari esa butkul erkin holatda ishlaydi. Tananing ifoda imkoniyatlaridan a’lo darajada foydalana bilish, tana holatining ma’nodorligi, harakatlarning yuksak darajada plastik ekanligi uning dirijorlik uslubini nihoyatda emotsional bо‘lishini ta’minlagan.
Dirijorlik paytida oyoqlar butun tana uchun mustahkam tayanch vazifasini bajaradi. Dirijorning oyoqlari butun oyoq panjasi yoki barmoqlariga tayanib, tananing barqaror holatini ta’minlaydi. Asosiysi — tayanch tovonga tо‘g‘ri kelmasa bо‘lgani. Oyoqlarni juda kerib yuborish yoki bir-biriga juda yaqin qо‘yish ham notо‘g‘ri. Bu qat’iy qoida bo’lmasada, umumiy qilib aytish mumkinki, dirijorning oyoqlari elka kengligida, o’ziga qulay bo’lgan oyog’I ikkinchisiga nisbatan sal oldinroqda turishi kerak. Bu holat dirijorning gavda muvozanatini barqaror saqlashda katta samara beradi. Dirijor musiqaga hamohang tarzda tizzalarini bukishi, u yoq, bu yoqqa yurishi, yoki bir joyda qotib turgan holda tanasini chayqatishi ham tо‘g‘ri emas. Dirijorlik qilish paytida tana holatlari о‘zgarib borar ekan unga muvofiq tarzda oyoqlar ham о‘z holatini о‘zgartirib turadi. Shu munosabat bilan tana og‘irligi u oyoqdan bu oyoqga о‘tib turadi. Garchi oyoqlarni bir holatda tutish qiyin bо‘lsada, ularni tez-tez о‘zgartirib turish ham notо‘g‘ri, bu bir joyda tepsinish yoki biror joyga shoshib turgan kishi holatiga о‘xshab kо‘rinadi.
Bо‘lajak Dirijor-rahbarni tayyorlashning dastlabki bosqichidan boshlab, talabalar asosiy fanlar qatoriga kiruvchi – fortepiano, musiqa nazariyasi, solfedjio, garmoniya, musiqa asarlari tahlili, musiqa tarixi va boshqalarni ham о‘zlashtirishga ahamiyat berishlari lozim. Yuqoridagi fanlarni о‘zlashtirmay turib talabalar oldilaridagi vazifa va talablarni aniq tasavvur eta olmaydilar hamda faoliyatlarida qiyinchiliklarga duch keladilar.
Dirijorlik – jamoa ijrosini (orkestr, xor, ansambl) boshqarish san’ati, Dirijor esa jamoa musiqiy ijrosiga rahbar, u murakkab faoliyat turlarini egallagan bо‘lishi lozim, jumladan Dirijorlik ifoda harakatini yuqori saviyada о‘zlashtirib foydalana olish, musiqiy asar ijrosida san’atkor ijrochilarga- qо‘shiqchilarga sur’at, nyuans (tuslanish), boshlash, jumla (frazirovka), ansamblga rioya etish, soz (stroy) va pirovard natijada ijrochilar orqali asar mazmuni hamda g‘oyasini yetkaza olishi lozim. Bu vazifalarni amalga oshirishda bо‘lajak Dirijor yaxshi musiqiy qobiliyat egasi bо‘lishi talab etiladi: eshitish, ritm hissi, sof va aniq ijro, yaxshi ovoz, vokal ijrochilik qobiliyati, ichki eshitish hissini rivojlantirish – tiniq va bir necha vokal partiyalarini ansambl bо‘lib ijrosini uyg‘unlikda bajara olish, vertikal (soz) eshitish va h.k. YA’ni tabiiy musiqiy qobiliyat egasi bо‘lib, о‘z ustida muntazam shug‘ullanish, kerakli darajaga yetishish, Dirijorlik mahoratini о‘zlashtirish – bu bilan Dirijorlik qilayotgan asarlarida qо‘l ifodalari, kо‘rsatish, asar mohiyati, mazmuniga ijodiy yondashib faoliyat yuritish malakalarini oshirish.
1-kurs “Dirijorlik” fanining 1- mashg‘ulotidan boshlab talaba jismoniy qobiliyat va umumiy tayyorgarlik haqida tushuncha, kasbga yо‘nalish va mutaxassisligi vazifasi, maqsadi dastur talablari va kо‘plab boshqalar haqida ma’lumotlarga ega bulib, “Dirijorlik harakati, ifodalash” bilan bog‘liq masalalarni о‘zlashtiradi. “Dirijorlik” va “Dirijorlik harakati” (jest) bu avvalo auftakt (ya’ni, taktdan avvalgi qо‘l harakat) larni о‘zlashtirish san’ati, Dirijorlik sxema (chizgilarini), о‘lchovlar tizimini anglab olishdir. Dirijor qо‘l harakatlarining vazifasi taktdagi hissalar soni, ya’ni yozilgan asarning о‘lchovini belgilash va kо‘rsatishdan iborat.

Download 179.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling