Dialektik tafakkur va uning mohiyati. Dialektik muqobillar


Download 1.51 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1501853
Bog'liq
DIALEKTIK TAFAKKUR VA UNING MOHIYATI

DIALEKTIK TAFAKKUR VA UNING MOHIYATI. DIALEKTIK MUQOBILLAR

Dialektika - (yunon. dialectic - bahs, suxbat) tabiat, jamiyat va bilish Taraqqiyoti qonuniyatlari hamda hujjat ularning asosida shakillangan tafakkur uslubi va amaliy faoliyat xaqidagi talimotdir. U grek tilida baxs va suxbatlashish sanati,

degan ma'noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo'li va usuli sifatida talqin qilganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o'zgarishda, o'zaro aloqadorlik va bog'liqlikda, taraqqiyot va rivojlanishda, deb tushishga asoslanadi. Unga ko'ra, olamda o'z o'rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yunalishiga ega bo'lgan barcha narsalar va voqealar bir-birlari bilan bog'lik va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo, etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan bog'lanishlar

orqali namoyon bo'ladi.

  • Dialektikani bahs sanʼati sifatida tushunish hatto oʼrta asrlarda ham davom etgan. Buni oʼrta asrlar mutafakkiri Per Аbelyarning «Ha va yoʼq» nomli asari yaqqol tasdiqlaydi. Dialektikaga munozara sanʼati sifatida qarash oʼrta asrlarda yashagan Oʼrta Osiyo mutafakkirlariga ham xos boʼlib, hatto bu narsa Uygʼonish davrlarida ham davom etgan.

Ilmiy bilishni qisqacha ko‘rib chiqilgan shakllari - dialektik tafakkur taraqqiyotining falsafiy asosda tushunishlikni talab qiladi. Ilmiy bilishning metod va shakllari voqelikning inson ongidagi in’ikosi jarayoni bilan bevosita bog‘liq holda qarashning zarurligini taqozo qiladi. Bu jarayon dialektik jarayon bo‘lib, falsafaning qonunlari asosida hal qilinadi. Ilmiy bilishning usul va shakllari ham dialektik munosabatda bo‘lib, uni ilmiy asosda tushuna bilishni talab qiladi. Falsafa bilish nazariyasining metodologiyasi bo‘lishi bilan dialektik logika sifatida maydonga chiqadi. Dialektik logika tafakkur shakllarining tuzilishinigina olib qaramaydi, balki ularning aloqadorligi munosabati, harakatida olib qaraydi.

Borliqni falsafiy tushunish faqat uning turlari va ularning oʼziga xos xossalarini bilib olishdan iborat boʼlmay, balki borliqni tashkil etgan narsa va hodisalarning oʼzaro aloqalari va bogʼlanishlarini, oʼzgarish va rivojlanishlarini bilishni ham taqozo qiladi. Busiz, olamning bir butun, yaxlit manzarasini tasavvur etib, shuningdek uning haqidagi nazariy xulosaga kelib ham boʼlmaydi. Busiz borliqning holatini, tabiatini, manbai, sababi va harakatga keltiradigan kuchi hamda yoʼnalishini tushunishga imkon ham yaratilmaydi. Bu, oʼz navbatida, aloqadorlik va taraqqiyot toʼgʼrisidagi taʼlimotning falsafiy muammolarini ham oʼrganishni taqozo qiladi.

Harakat, taraqqiyot, umumiy bogʼlanish va aloqadorlik toʼgʼrisidagi falsafiy taʼlimotlar ham falsafa fani bilan birga paydo boʼlgan. Bu muammolar tahlili falsafada «dialektika» tushunchasi orqali ifodalangan. Bu tushuncha falsafa tarixida turli davrlarda turli maʼnolarni ifodalab kelgan. Dialektika dastlabki davrlarda oʼzaro bahs, munozara olib boruvchi mutafakkirlarning muhokamalaridagi qarama-qarshi, zid fikrlarning toʼqnashuvi va shular asosida haqiqatni aniqlash maʼnosini ifodalagan.

Falsafa tarixida Dialektikaning 3 ta asosiy shakli tarkib topdi:

1) qadimgi dunyodagi ilk, stixiyali, sodda Dialektika (Geraklit, Platon va boshqalar);

2) nemis mumtoz idealistik (xususan, Gegel) falsafasi;

3) K. Marks va F. Engels asos solgan materialistik D. K. Marks, F. Engels va xususan, V.I. Lenin Dialektikani vokelikni bilish va uni inqilobiy o’zgartirish qaqidagi ta’limot hamda buning tegishli uslubi deb hisobladilar.

  • Dialektik tafakkur voqelikni bilish jarayoni sifatida inson, jamiyat bilan bog’liklikda paydo bo’lgan. Voqelikni bilish va uni inson manfaatlari yo’lida o’zgartirishning dialektik uslubini anglashga intilish qadimgi zamonlarga borib taqaladi. Bu intilish dastlab Sharqda paydo bo’lib, antik davrda o’z takomiliga etgan. Falsafa tarixida Dialektika turlicha talqin qilingan. “Dialektika” so’zi ilk bor Sokrat (Suqrot) tomonidan qo’llanilgan. U Dialektikani bir-biriga zid, qarama-qarshi fikrlar to’qnashuvi orqali haqiqatni topish san’ati deb bilgan.

Geraklit ijodida Dialektika o’zining antik davrdagi eng yorqin ko’rinishiga ega bo’ldi. Geraklit fikricha, Dialektika — muttasil harakatdagi olam ichki jihatdan ziddiyatli va u doimiy vujudga kelish, rivojlanish hamda tanazzulga yuz tutish — qarama-qarshiliklar birligidan iborat. Mazkur davrda Geraklit va boshqa yunon faylasuflari ta’limotlari negizida sofistlarning salbiy tusdagi Dialektikasi vujudga keladi. 


Platon Dialektikani narsalarning ideal mohiyatini bilish maqsadida tushunchalarni bo’lak-bo’laklarga ajratish, so’ng bir-biri bilan o’zaro bog’lash uslubi deb hisoblagan. Kuzalik Nikolay, J. Bruno Dialektikani qarama-qarshiliklarning mos kelishi haqidagi ta’limot deb ta’kidlashgan. 

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling