Dinlararo bag’rikenglik va totuvlik jamiyat barqaror rivojining kafolati. QarDu o’qituvchisi B. Karimov


Download 127.44 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi127.44 Kb.
#1579325
  1   2   3   4
Bog'liq
maqola 2018 !!


Dinlararo bag’rikenglik va totuvlik - jamiyat barqaror rivojining kafolati.
QarDu o’qituvchisi B.Karimov
Mustaqil O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy vazifalari, mamlakatning siyosiy, ma’naviy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish tamoyillarini belgilab, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Vijdon pokligi va bedorligi asrlar, zamonlar osha inson ma’naviyatining tayanch ustunlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Jamiyat hayotida adolat va haqiqat, mehr-shafqat, insofu diyonat kabi tushunchalarni qaror toptirishda aynan mana shu omilning o‘rni va ta’siri beqiyosdir,” 1 - deb ta’kidladi.
Insonning har tomonlama kamol topish jarayonining samaradorligi, avvalambor, uning ijtimoiy-axloqiy yo‘nalganligi bilan belgilanib, bu holat, ayniqsa, yoshlarda alohida ahamiyat kasb etadi. 2018 yilning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tiborning yaqqol dalili bo‘ldi. Zero, yurtboshimiz e’tirof etganlaridek, “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘shkelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”2.
Mamlakatimizdagi mustaqil rivojlanish sharoitida ro‘y berayotgan chuqur ijtimoiy o‘zgarishlar o‘zbekistonliklarning mentalitetida yangi milliy davlatchilikni qaror toptirish jarayonlarini jadallashtirib yubordi. Nafaqat bu, balki, eng asosiy demokratii; tamoyillardan biri bo‘lmish tolerantlik davlat darajasidagina emas, shaxslar, guruhlar darajasida ham tobora yuzaga chiqib bormoqda, tolerantlik esa turli etnik guruhlarga mansub kishilarning turmush tarziga, fe’l-atvori, his-tuyg‘ulari, fikr-o‘ylari, g‘oyalari va diniy qarashlariga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo‘lishni bildiradi.
Millatlararo munosabatlardagi yangi tizimning qaror topish jarayonlarini o‘rganishdan kuzatilgan maqsad aholining barcha ijtimoiy guruhlari, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida shunday munosabatlarning holati haqida yaxlit va to‘liq tasavvur olishdan iborat.
Demokratik islohotlarni amalga oshirish, ta’sirchan milliy siyosat yuritish uchun yoshlar orasidagi millatlararo munosabatlar qay yo‘sinda o‘zgarayotganligini sinchiklab o‘rganish metodologik jihatdan muhim ahamiyatga egadir. Aholining soni va tarkibini bildiruvchi ko‘rsatkichlar bunday xulosa chiqarish uchun asos bo‘ladi. Masalan, O‘zbekistonning o‘ttiz ikki milliondan ortiqroq aholisidan 60 foizi 25 yoshga etmagan yigit va qizlar bo‘lsa, shundan 43 foizini 16 yoshdagi o‘smirlar tashkil qildi.
Milliy jarayonlarning mohiyatini tushunish, yosh avlod tarbiyasiga oid ta’sirchan siyosatni ishlab chiqish, yoshlar orasida millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish metodlarini yaratish uchun ham millatlararo bag‘rikenglik muammosi benihoya muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi dunyoda madaniy aloqalar kengayib borayotganligi sababli, turli madaniyatlar o‘zaro hamkorligining samaradorligi muammosi dolzarb vazifa qilib qo‘yilmoqda. O‘zaro madaniy aloqa va bu sohada hamjihatlik g‘oyat murakkab jarayon bo‘lib, xilma-xil mantiqiy va ma’naviy tarkibga egadir, bu holatni inkor qilish ko‘pincha murakkab muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Endilikda insoniyat "biz yashab turgan dunyo qanday bo‘lishi kerak", "qon to‘kilishiga, ekstremizmga, odamlar o‘rtasidagi adovatga qanday qilib barham berish kerak", degan masala ustida tinimsiz bosh qotirmoqda. Alohida har bir odamni va umuman jamiyatni o‘zidan boshqa shaxs va jamiyatlarni salbiy darajada talqin etmaslik, o‘zgalar fikriga sabr-toqat bilan munosabatda bo‘lish – demokratik, huquqiy jamiyatning eng asosiy belgilaridan biri ekanini tushunish ruhida qanday qilib tarbiyalamoq kerak, degan masala ham juda muhim ahamiyatga egadir. Bag‘rikenglik, ya’ni tolerantlik insonning ongli hayotida va jamiyatning mentalitetida yangi ong - shuurni paydo qilib, ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Tolerantlik to‘g‘risidagi zamonaviy konsepsiya yaqindagina paydo bo‘lib, bu tushunchani shakllantirishda YUNESKO ko‘p kuch-quvvat sarfladi. Jumladan, 1995 yilda ushbu tashkilot tomonidan qabul qilgan “Tolerantlik tamoyillari deklaratsiyasi" da tolerantlik fuqarolik jamiyatining qadriyati va ijtimoiy normasi, deya ta’riflandi.
Hozir dunyodagi mamlakatlarning aksariyati ko‘pmillatli, ko‘p madaniyatli xarakterga ega. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi ham aynan shunday mamlakatlar jumlasiga kirib, ushbu hol fuqarolar o‘rtasidagi tinchlik-totuvlik hamda millatlararo hamjihatlikni saqlab qolishga to‘sqinlik qilmaydi.
Jahon tajribasidan ma’lumki, davlatning barqarorligi ko‘p jihatdan millatlararo munosabatlardagi turli muammolarni hal etish qobiliyatiga bog‘liqdir. Keyingi vaqtlarda, globallashib borayotgan dunyodagi mojarolar, shu jumladan millatlararo nizolar kuchayayotgan bir sharoitda, bu muammo ayniqsa muhim o‘ringa chiqib boryapti. Shu munosabat bilan millatlararo totuvlik har qanday ko‘pmillatli davlat uchun hal qiluvchi omil sifatida ahamiyat kasb etmoqda.
Odamlarning dunyoqarash, fikrlash tarziga asoslanuvchi murakkab hodisa bo‘lmish millatlararo munosabatlarning holati va rivojlanishi ko‘p jihatdan mamlakat aholisining bag‘rikenglik darajasiga bog‘liqdir. Millatlararo tolerantlik uning ustuvor jihatlaridan biridir.
Ko‘p millatli O‘zbekistonda yashab turgan barcha xalqlar tomonidan islohot jarayonlari keng miqyosda qo‘llab-quvvatlangan taqdirdagina fuqarolik jamiyatini barpo etish mumkin. Qadriyatlari, dini va siyosiy maslaklari turlicha bo‘lgan ijtimoiy guruxlarning ijobiy hamkorligiga, ekstremizm ko‘rinishlarining bartaraf etilishiga avvalo fe’l-atvordagi bag‘rikenglik me’yorlarini va madaniyatlararo hamjixatlik ko‘nikmalarini ishlab chitsish yo‘li bilangina erishish mumkin. Mojaroli vaziyatlarning oldini olish, butun aholini bag‘rikenglik ruxida tarbiyalash, mamlakatda olib borilayotgan milliy-madaniy siyosatning asosiy vazifalari bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov etnik, madaniy, diniy sabr-toqat mustaqillik sharoitida jamiyatimizni ma’naviy yuksaltirish manbai ekanligini qayta-qayta ta’kidlagan edi1.
Ayni vaqtda ongdagi bag‘rikenglik, ya’ni tolerantlik tamoyillari, O‘zbekistonning asrlar davomida tarkib topib kelayotgan insonparvarlik an’analariga mos ekanligini ta’kidlab o‘tmoq kerak.
O‘zbekiston Respublikasida millatlararo bag‘rikenglik muayyan uyg‘unlik darajasiga ko‘tarilganligi jamiyatdagi barqarorlikni saqlab qolishga ko‘maklashmoqda. Ong va fe’l-atvordagi bag‘rikenglik, dinlararo sabr-toqat va tinchliksevarlik g‘oyalari shakllanib, mustaxkamlanib borayotganligi alohida muxim ahamiyatga ega bo‘lgan davlat vazifasi darajasiga ko‘tarildi. Bag‘rikenglik milliy, diniy va siyosiy toqatsizlikka qarama-sarshi o‘laroq mamlakatning ulug‘vor madaniy, tarixiy va ma’naviy qadriyatlarini qayta tiklash va mustaxkamlashga xizmat qilishi lozim. Kishilar ongida tanqidiy tafakkur, fuqarolik faolligi, mojarolarni fosh etish va xamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bilan birga bag‘rikenglik tarbiyasi zamonaviy demokratik jamiyat fuqarosiga xos fazilat bo‘lib qolmog‘i kerak.
Shunday qilib, mamlakatda bag‘rikenglikni shakllantirish va ekstremizmning oldini olish sohasidagi davlat tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish kompleks vazifa bo‘lib, bu ish davlat hokimiyati, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, pedagoglar, olimlarning bir yoqadan bosh chiqarib hamkorlik qilishlarini talab etadi.
Xulosa tarzida shuni ta’kidlash lozimki, butun insoniyat uchun alohida shaxs uchun ham bag‘rikenglik, ya’ni tolerantlik birinchi darajali ahamiyatga egadir, millatlararo munosabatlar sohasida esa uning ahamiyati beqiyosdir.

Millatlararo totuvlik – xalqimizning bebaho qadriyati sifatida.



Download 127.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling