Diqqat turlari va uning xususiyatlari mavzusida glossariy Diqqat


Download 18.63 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi18.63 Kb.
#1107880
Bog'liq
GLOSSARIY


Diqqat turlari va uning xususiyatlari mavzusida
glossariy


  • Diqqat – ongimizni bir nuqtaga to’plab, ma’lum narsa va hodisalarga faol yo’naltirilishi.

  • Ixtiyoriy diqqat – ongning oldindan belgilangan maqsadga muvofiq irodaviy va asabiy faollik ko’rsatgan holda muayyan obyektga yo’nalishi va unga to’planishdan iborat diqqat turi.

  • Ixtiyoriydan keying diqqat – diqqatning muayyan obyektga, avvalo, ixtiyoriy ravishda qaratilib, so’ngra uning ahamiyati tushunilgan sari o’z-o’zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan diqqat turi.

  • Ixtiyorsiz diqqat – ongimizning oldindan belgilangan maqsadsiz ravishda muayyan obyektga yo’naltirilishi va unga to’planishidan iborat diqqat turi.

  • Diqqat chalg’ishi – ma’lum bir faoliyat jarayonida diqqatning bir obyektdan boshqa bir obyektga ixtiyorsiz ravishda o’tib turishdan iborat salbiy xususiyati.

  • Diqqatning hajmi – diqqatning bir vaqtning o’zida qamrab olishi mumkin bo’lgan mustaqil obyektlar miqdori bilan belgilanadigan xususiyati.

  • Diqqat obyekti – ongimiz atrofdaigilardan ajratib olgan holda yo’naltirilgan va faol to’plangan narsa yoki hodisa.

  • Diqqatsizlik – diqqatni obyektga yo’naltira va to’play olmaslik, atrofdagi kishilarga nisbatan diqqatsizlik yoki iltifotsizlikdan iborat salbiy xarakter hislati.

  • Diqqatning o’zgarib turishi – idrok, xotira, tasavvur yoki tafakkur jarayonida diqqatning ma’lum vaqt ichida dam kuchayib, dam susayib turishidan iborat qonuniyat.

  • Ko’ruv diqqati – narsa va hodisalarni ko’ruv organi orqali idrok qilish, esga tushirish munosabati bilan namoyon bo’ladigan diqqat turi.




  • Ichki diqqat – ongimizning o’z subyektiv taassurotlarimiz, his-tuyg’ularimiz va intilishlarimizga qaratilishidan iborat diqqat turi.

  • Tashqi diqqat – ongimizning obyektiv voelikdagi narsa va hodisalarga, ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yo’naltirilishi, ularda faol to’planadigan faoliyat turi.

  • Diqqat depressiyasi – turli tashqi va ichki omillarga ko’ra obyektda to’planish va mustahkamlanishning kuchsizlanishi va buzilishi.

  • Diqqatning taqsimlanishi – bir vaqtning o’zida turli obyektlar ma’lum bir qatorda diqqat ushlab turilib bir odamning qobiliyati bilan diqqat tajribasini tushunishidir.

Test
1.Individ so’zi qaysi so’zdan olingan?


a) grekcha b) lotincha c) yunoncha
2. Alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam nima?
a) shaxs b) individuallik c) qobiliyat
3. Xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar nimaning tarkibiga kiradi?
a) shaxs b) individuallik c) individ
4. Biogenetik nazariyaning asoschisi kimlar?
a) F.Myuller b) Gekkel c) a va b javoblar
5. Biologik nazariyaga qarama-qarshi bo’lgan nazariyani belgilang
a) Rollar nazariyasi b) psixogenetik nazariya
c) sotsiogenetik nazariya
6. Amerikalik psixolog E.Erikson shaxs rivojini necha davrga ajratadi?
a) 7 b) 8 c) 9
7. Insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi nima?
a) individuallik b) individ c) shaxs
8. Individ lot. Ajralmas, alohida zot ma’nolarini anglatib, inson zotiga xoslik masalasini belgilab beradi. Ushbu ta’rif muallifini toping?
a) E.G’oziyev b) M.G.Davletshin c) E.Krechmer
9 Odamlarni 2ta kata guruhga, ya’ni sikloid va shizoid guruhlarga ajratgan olimni aniqlang?

  1. S.Xoll b) E.Krechmer c) Z.Freyd

10. Kovalyov talqiniga binoan shaxs tuzilishiga ko’ra nechta turga bo’linadi?
a)4 b)3 c) 2
Download 18.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling