Shaxs, Temperament va xarakter, Kobiliyat Temperament. Reja
Download 76.83 Kb.
|
5-Amaliy mashgúlot (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
SHaxs, Temperament va xarakter, Kobiliyat Temperament. Reja: Temperament haqida tushuncha. Temperament haqidagi tasavvurlarning rivojlanish tarixi. Oliy nerv faoliyati tipi va temperament. Temperament tiplari. Temperament xususiyatlari. Faoliyatning indvidual uslubi va temperament. Tayanch tushunchalar-Temperament.Tеmpеramеntning klassik nazariyalari. Temperament turlari . Temperament tiplari va individual tipоlоgik darajalari.Xolerik,melanxolik,flegmatik,sangvinik. 1.Temperament haqida tushuncha, temperamentni rivojlanishi tarixi. Temperament haqida ta’limot ilk bora yunon tabibi Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-356 yillar) tomonidan yaratilgan bo`lib, uning ta’limotiga asosan «temperament» tushunchasi paydo bo`ladi va temperament turlarining nomlari saqlanib qoldi. Bu qadimiy gumoral (subqlikka asoslangan) nazariya bo`lib, u temperament xususiyatlarini organizmdagi suyuqliklar bilan bog`laydi. Gippokrat fikricha, inson organizmida to`rt xil suyuqlik mavjud: Safro (yunon chole) Qon (lotin Sanguis) Qora o`t ( yunon melaine chole) Shilimshiq (yunon phlagma) Har bir suyuqlik o`z xususiyati va o`rniga ega. Safro xususiyati - quruqlik. Uning o`rni organizmda quruqlikni saqlash. Qonning xususiyati – namlik. U organizmni isitadi. Shilimshiqning xususiyati – sovuqlik. U organizmni sovo`tishga xizmat qiladi. Tеmpеramеnt lоtincha temperamentum - narsalarning tеgishli nisbati dеgan so`zdan оlingan. Tеmpеramеnt haqida dastlab eramizdan оldingi bеshinchi asrda yashagan vrach Gippоkrat, eramizdan оldingi ikkinchi asrda yashagan Galеn, o`ninchi asrda yashagan ibn Sinо va bоshqalar o`z qarashlarini bildirganlar. Galеn birinchi bo`lib tеmpеramеntning kеngaytirilgan tasnifini bеrib, uning 13 turini sanab o`tgan. Kеyinrоq vatandоshimiz Ibn Sinо tеmpеramеntni mizоj dеb atab, uning issiq va sоvuq turini, bu оdamning rangi, qоnining miqdоri, quyuq yoki suyuqligiga bоg`liqligini aytgan. Gippokrat fikricha inson organizmida mana shu to`rttadan bitta suyuqlik ustuvorlik qiladi. Ushbu suyuqliklar munosabati yunon terminologiyasida «krasis» deb atalib, (arlashma, qorishma) tarjima qilinganda «temperament» tushunchasi yuzaga keladi. Gippokrat nazariyasi asosida 4 ta temperament turlari haqidagi ta’limot yuzaga keldi va temperament turlariga asos solindi. Unga asosan singvinik (sangvinik lotin Sanguis - qon), xolerik (yunon chole – safro, sariq o`t), melanxolik (yunon melaina chole qora o`t), flegmatik (yunon phlagma – shilimshiq) turlari yuzaga keldi. Temperamentga taalluqli Abu Ali ibn Sino qarashlari (980-1037 y.) ham juda qiziqarlidir. U temperamentga tabiiy va psixologik tushuntirish beradi. Ibn Sino ta’limoti Gippokrat ta’limotiga asoslngan bo`lib, uning fikricha temperament bir-biriga qarama-qarshi sifatlar munosabatida yuzaga keladigan xususiyatdir. Ulardan birining ustuvorligi temperament turini yuzaga keltirib, bunda organizmdagi 4 ta suyuqlikdan biri ustuvor bo`ladi. Abu Ali ibn Sino fikrilari temperament haqidagi ta’limot tarixida o`ziga xos ahamiyatga ega. Ilk bora temperament xususiyatlarning psixologik tavsifi nemis faylasufi I.Kant («Antropologiya», 1789 y.) tomonidan berilgan bo`lib, uning fikrlari, g`oyalarida temperament va xarakter sifatlarning aralashib ketishi namoyon bo`ladi. I.Kant ham o`z g`oyalarida gumoral nazariya asoschilariga suyanadi. Gumoral nazariya yaqinroq fikrlarni I.F.Lesgaft (1837-1909) ilgari surib, u asosan temperament turlarini namoyon bo`lishini qon almashishinishi bilan bog`laydi. Bunda u temperament turlari qon tomirlarini diametri, yurak formasi va tuzilishiga bog`liq deydi. Uning fikricha, qalin qon tomirlariga ega bo`lganlar xoleriklar, tor qon tomirliklar melanxoliklar va h.q.dir. Temperamentni tadqiq qilishning ikkinchi yo`nalishi konstitutsional nazariyaga bog`liqdir. Uning asoschisi E.Krechmer (1888-1964) bo`lib, u temperament tiplarini morfologik konstitutsiyaga qarab aniqlashga e’tiborni qaratadi. Kremerga asosan, ular shizoid temperamentga xos bo`lib, ular his-tuyg`uga beriluvchan, sovuqqon, o`z ichki dunyosi bilan band, xatti-harakatlari chegaralangan kishilardir. Morfologik nazariyaga amerikalik psixolog U.Sheldonining(1898-1974) ha kontseptsiyasini kiritish mumkin bo`lib, unga asosan temperament uch somatik konstitutsiyaga ega? Endomorf, mezamorf va ektomorf. Endomorf – yumshoqlik, dumaloq tana tuzilishi, sust rivojlangan suyak va muskul tizimi, sevgi va komfortga intiluvchanlik, his-tuyg`uga beriluvchanlik, sekin harakatlanish xosdir. U vistserotonik temperamentdir. Mezomorf - qt’iylik, beshafqatlik, qat’iy xatti-harakatlr, suyak, muskul tizimining yaxshi rivojlanganligi, kuchlilik, atletik tana tuzilishi, sevgi ishtiyoqlariga qiziqish, tavakkalchilik, faollik, qo`rqmaslik va agressivlik xosdir. Bu somototonik temperamentidir. Ektomorf – noziklik, muskulning namoyon bo`lmasligi, kam kirishimlilik, odamovilik, yolg`izlikka intilish, yuqori reaktivlik xosdir. Bu tserobrotonik temperamentidir. Download 76.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling