Distillyat va qiyin uchuvchan komponent bilan boyitilgan kub qoldig`iga


Download 62.59 Kb.
Sana12.02.2023
Hajmi62.59 Kb.
#1191021
Bog'liq
Ximiya 3-var


1. Haydash va rektifikatsiya jarayonlari kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoatlarda juda keng ko`lamda ishlatiladi. Masalan, texnik va oziq-ovqat etil spirtlarini, aromatik moddalar ishlab chiqarishda, hamda aralashmalarni dag`al ajratish uchun qo`llaniladi. Juda to`la ajratish uchun rektifikatsiya jarayonidan foydalaniladi.
Haydash yoki rektifikatsiya jarayonida boshlang`ich aralashma engil uchuvchan komponenti bilan boyitilgan distillyat va qiyin uchuvchan komponent bilan boyitilgan kub qoldig`iga ajraladi. haydash jarayonida hosil bo`lgan bug` kondensator - deflegmatorga kondensastiyalash natijasida distillyat olinadi. Qurilma kubida esa - kub qoldig`i qoladi.

2. Trubali absorberlarda suyuqlik vertikal trubalarning tashqi yuzasidan pastga qarab oqib tushsa, gaz faza esa qarama - qarshi yo’nalishda yuqoriga qarab harakatlanadi. Qolgan turdagi absorberlarda ham fazalarning harakat yo’nalishi trubali absorberlarnikiga o’xshashdir.
Trubali absorberlar tuzilishiga qarab qobiq - trubali issiqlik alma-shinish qurilmasiga o’xshaydi. Qurilmada hosil bo’lgan issiqlikni ajratib olish uchun trubalar ichiga suv yoki boshqa sovuqlik eltkich yuboriladi.
Nasadkali absorberlar. Turli shaklli qattiq nasadkalar bilan to’ldirilgan vertikal stilindrsimon kolonnalarninng tuzilishi sodda, ixcham va yuqori samarador bo’lgani uchun sanoatda ko’p ishlatiladi. Odatda, nasadkalar qatlami teshikli panjaralarga joylashtiriladi. Gaz faza teshikli panjara ostiga yuboriladi va undan o’tib, qatlam orqali yuqoriga qarab harakatlanadi.
Tarelkali absorberlar samarali va eng keng tarqalgan qurilmalardan bo’lib, uning ichida butun balandligi bo’yicha bir xil masofada bir nechta tarelkalar o’rnatilgan. Teshikli tarelkalar orqali ham gaz, ham suyuqlik harakatlanadi va undan o’tish paytida bir fazadan ikkinchisiga massa o’tadi. Gaz fazaning suyuqlik qatlamidan o’tishi davrida pufakcha va ko’piklarning hosil bo’lish jarayoni barbotaj deb nomlanadi. Suyuqlik va gaz (yoki bug`) ni bir-biri bilan to’qnashishi zarur bo’lgan hollarda barbotaj qo’llaniladi. 5.21-rasmda qalpoqchali nasadkadan gaz yoki bug`ning o’tishi tasvirlangan.

3. Ekstrakstiya, eritish va ishqorlab ajratish uchun davriy va uzluksiz ishlaydigan ekstraktorlar qo`llaniladi. Qurilmadagi fazalar harakatiga qarab parallel, qarama - qarshi va murakkab yo`nalishli bo`lishi mumkin.
Suyuqlik fazasining qattiq materialni yuvib o`tish harakatiga qarab o`zgarmas, mexanik aralashtirgichi bo`lgan va mavhum qaynash qatlamli ekstraktorlar bo`ladi.
Ekstraktorlarni tanlashda qattiq faza fizik-mexanik xossalari va ajrab chiqadigan ekstrakt konstentrastiyasi yoki tayyor mahsulot chiqishi hisobga olinadi.
Ma’lumki, davriy ishlaydigan qurilmalar ish unumdorligi kam bo`ladi. Shuning uchun, ular kichik hajmli korxonalarda qo`llaniladi. Lekin, sanoat miqyosida ko`pincha uzluksiz ishlaydigan qurilmalar ishlatiladi. Ekstraktor va eritkich bir-biridan katta farqlanmaydi. Agar, qurilma qattiq, g`ovaksimon jismni ekstrakstiyalash uchun qo`llanilsa ekstraktor deb nomlanadi. Agar, qurilma qattiq g`ovaksimon materialni eritish uchun ishlatilsa, unda u eritkich deb ataladi.
Ekstraktor va eritkichlarga qo`yiladigan talab quyidagilardan iborat:
- qurilma hajmi birligiga to`g`ri kelgan ekstraktning miqdori, ya’ni solishtirma ish unumdorligi katta bo`lishi zarur;
- hosil bo`layotgan eritma konstentrastiyasi iloji boricha yuqori bo`lishi kerak;
- energiya sarfi kam bo`lishi zarur.

5. Babo qoidasidan foydalanib, 25% li kalsiy xlor eritmasi uchun temperatura depressiyasini aniqlang. Eritma ustidagi absalyut bosim



Echish: 1. Eritma ustidagi absalyut bosim bo‘lgandagi eritmaning qaynash temperaturasini topamiz:
Jadvaldan 25% kalsiy xlor eritmasi atmosfera bosimida 107,5 0S da qaynashini aniqlaymiz. Bunday temperaturada to‘yingan suv bug‘ining bosimi ga teng.
Eritma ustidagi bug‘ning va suv bug‘ining bosimlari bir xil 107,5 0S dagi nisbati:

Babo qoidasiga ko‘ra bu nisbat eritma qaynash temperaturalarining barcha qiymatlarida saqlanib qoladi. Izlanayotgan qaynash temperaturasi uchun :




bunday bosimda suvning qaynash temperaturasi 79,2 0S ga teng. Eritma ustidagi bosim 0,36 kgk/sm2 bo‘lgandagi 25 % li kalsiy xlor eritmasi shunday qaynash temperaturasiga ega bo‘ladi.

Download 62.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling