Dolzarb masalalari
Download 356.92 Kb. Pdf ko'rish
|
Wrkxb1NuP9oXhZ4sHsQ4VzRKExu3ok6RMAHjopSy
- Bu sahifa navigatsiya:
- DOLZARB MASALALARI” moduli bo‘yicha KIMYO DARSLARIDA XALARO TDQIQOTLAR TOPSHRIQLARIDAN FOYDALANISH
- “Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasini shakllantirish yo‘llari” mavzusidan ma’ruza matni
- 1. Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik.
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi “FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI” moduli bo‘yicha KIMYO DARSLARIDA XALARO TDQIQOTLAR TOPSHRIQLARIDAN FOYDALANISH “KIMYO DARSLARIDA XALARO TDQIQOTLAR TOPSHRIQLARIDAN FOYDALANISH” o‘quv kursining “Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasini shakllantirish yo‘llari” mavzusidan ma’ruza matni Ma’ruzasi: Ziyodullayev Nodir Ma’mur o‘g‘li Toshkent 2021 2-Mavzu: Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasini shakllantirish yo‘llari. Reja: 1. Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik. 2. Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash. 3. Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasini shakllantirish yo‘llari (topshiriqlar misolida). 1. Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik. XXI asrda insoniyat oldida turgan muammolar ilmiy tafakkur va ilmiy kashfiyotlarga asoslangan innovatsion yechimlarni talab etishi Shubhasiz. Jamiyatga iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilishda zarur bo‘ladigan innovatsiyalarni rivojlantiradigan va ilmiy tadqiqotlar olib boradigan ilm egalari, olimlar kerak. Aytish mimkinki, tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik tayanch kompetensiya sanalib, tabiiy fanlarni o‘qitishning asosiy maqsadidir. Tabiiy fanlarga asoslangan bilim hamda ko‘nikmalar har bir shaxsning shaxsiy, ijtimoiy va kasbiy faoliyatida katta ahamiyatga ega, ilm-fan va unga asoslangan texnologiyalarni tushunish esa “yoshlarni hayotga tayyorlash”da markaziy o‘rinni egallaydi. PISA dasturida o‘quvchilarning matematik savodxonligi 54 ta topshiriq (84 ta savol), o‘qish savodxonligi 8 ta topshiriq ( 28 ta savol), tabiiy fanlardan bilimi 13 ta topshiriq (35 ta savol), Shu yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilarning kompetentliligi, muammolarni yecha olish ko‘nikmalari 10 ta topshiriq (19 ta savol) yordamida aniqlanadi. Savollarning 50 foizi javobi tanlanadigan (test) bo‘lsa, 12 foiz savollarning javoblari o‘quvchi tomonidan aniq so‘z yoki raqamlar vositasida ifodalanishi, savollarning qolgan qismiga o‘quvchi erkin javob yozishi kerak bo‘ladi. Ba’zi bir topshiriqlaraynan bir hayotiy vaziyatlarga doir, turli murakkablikka ega bir necha savoldan iborat bo‘ladi. Testlar bir necha variantda tuziladi. Bunda bir guruhdagi topshiriqlar bir necha variantga kiritilishi mumkin. O‘quvchilar haqidagi ma’lumotlaranketa so‘rovnomasi yordamida to‘planadi. (anketani to‘ldirishga 40 daqiqa ajratiladi). Maktab ma’muriyati ham qisqacha anketa to‘ldiradi, maktab xodimlarining soni, o‘qituvchilar mustaqilligi, maktab resurslari, tajribalari haqida ma’lumotlar to‘plash amalga oshiriladi. Olingan ma’lumotlardan oldindan belgilangan omillarning ta’lim natijadorligiga ta’sirini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik deganda shaxsning tabiiy fanlarga oid g‘oyalarni bilishi, faol fuqaro sifatida tabiiy fanlar bilan bog‘liq muammolarni hal qila olishi tushuniladi. Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxon bo‘lgan shaxs tabiiy fanlar va texnologiyalarga oid muammolarni ilmiy dalillarga asoslangan holda muhokama qilishda ishtirok eta oladi. Download 356.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling