Dorixonada Sanitariya Qoidalari


Download 412 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi412 Kb.
#1033963
Bog'liq
10--mavzu


Toshkent Farmatsevtika Instituti
107B guruh talabasi Jumayeva Kumushning Mutaxasislika kirish fanidan tayorralagan
Mustaqil Ishi

Dorixonada Sanitariya Qoidalari

  • Dorixonalar quyidagi sanitariya rejimi qoidalariga muvofiq bo‘lishi lozim:
  • xonalarda ruxsat etilgan harorat, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
  • xonalarning elektr yorug‘ligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yorug‘lik. Loyihalashtirish me’yorlari” talablariga javob berishi;
  • elektr tokining odamga ta’sir etishini oldini olish bo‘yicha xavfsizlik talablari GOST 12.1.019-86 SSBT “Elektrxavfsizlik. Umumiy talablar”ga javob berishi.

Dorixonalarda Yong‘in xavfsizligi xabarlari

  • Muzlab qolgan isitish, vodoprovod va kanalizatsiya quvurlarini ochiq olov bilan isitish taqiqlanadi. Buning uchun issiq suv, bug‘ yoki issiq qumdan foydalanish lozim.Dorixona xonalarini ochiq alangali gaz jihozlari yoki ochiq spiralli elektr isitish jihozlari bilan isitishga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Uzoq tuman va hududlarning markazlashtirilgan isitish tizimi bo‘lmagan joylardagi dorixonalarning binolarida pechka yoqib isitishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda xonalarni darchalar orqali shamollatish lozim.

Maishiy va qo‘shimcha xonalarga qo‘yiladigan talablar

  • Dorixonalarda QMQ 2.09.12-98 “Korxonalarning ma’muriy va maishiy xonalari” va SanQvaM 0152-04 “Dorixona va dori vositalari saqlanadigan omborxonalarni tuzilishi, jihozlanishi va ishlatilishi” talablariga muvofiq quyidagi maishiy va qo‘shimcha xonalar bo‘lishi kerak:
  • xodimlarning ish va shaxsiy kiyimlari uchun alohida shkaflar bilan jihozlangan kiyinish xonasi;
  • hojatxona (qo‘l yuvish jihozi bilan);
  • yuvinish xonasi (dushxona);
  • xodimlarni ovqatlanish va dam olish xonasi.

Dorixona xonalarida xavfsizlik talablari

  • Dorixonalarning binolari, ishlab chiqarish, saqlash va savdo xonalarining soni, maydon o‘lchamlari, joylashishi hamda jihozlanishi SanQvaM 0152-04 “Dorixona va dori vositalari saqlanadigan omborxonalarni tuzilishi, jihozlanishi va ishlatilishi”, QMQ 2.08.02-96 “Umumiy binolar va inshootlar”, QMQ 2.04.01-98 “Binolar ichki vodoprovodi va kanalizatsiyasi” va QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
  • 47. Dorixonalar xonalarining derazalari oftob ta’siriga qarshi qurilmalar (jalyuzi va boshqalar) bilan ta’minlanishi lozim.
  • 48. Jihozlar axlat va changlardan tozalash uchun qulay hamda xodimlar bemalol o‘tadigan qilib joylashtirilishi kerak.

Dori vositalarini tayyorlash xonalarida xavfsizlik talablari

  • Dori vositalarini tayyorlash xonalarida ovqatlanish taqiqlanadi.
  • . Dorixonalarning ishlab chiqarish xonalari dorixonaning boshqa xonalaridan ajratilgan bo‘lishi kerak.
  • . Devor va shiplarning yuzasi namli tozalash ishlarini o‘tkazish va xonalarni zararsizlantirishga imkon beradigan darajada silliq bo‘lishi lozim.
  • . Dori vositalarini tayyorlash xonalarining devorlari va asbob-uskunalari ochiq rangga bo‘yalgan bo‘lishi kerak.
  • . Dori vositalarini tayyorlash xonalariga kirish joylarini polida zararsizlantiruvchi moddalar eritmasiga solib olingan rezina gilamcha bo‘lishi kerak.
  • . Assistent xonalarida sovuq va issiq suv ulangan qo‘l yuvish jihozi bo‘lishi lozim.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 412 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling