Do’stmurodov Sherzod ki 3-19 – laboratoriya ishi


Download 0.75 Mb.
bet1/5
Sana19.01.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1100818
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Do\'stmurodov Sherzod KI 13-19 (C) 1 labaratoriya

Do’stmurodov Sherzod KI 13-19©



1 laboratoriya ishi



Mavzu: Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik sozlamalarini

o‟rnatish


Ishdan maqsad : Kommutator qurilmasining tuzilishi, ishlash tamoyillari, masofadan kirishni ta‘minlash usullari hamda xavfsizlik ko‘rsatkichlarini sozlash qoidalarini tadqiq qilishdan iborat.
Ushbu laboratoriya ishida 1.1 – rasmda keltirilgan tarmoq tuzilishi bo`yicha konfiguratsiya ishlari amalga oshiriladi.



    1. – rasm. Tadqiq qilinayotgan tarmoq tuzilishi

1.1-jadval
Manzillash jadvali





Qurilma



Interfeys



IP-manzil

Tarmoq maska

Asosiy shlyuz

S1

VLAN 1

192.168.1.100

255.255.255.0

192.168.1.1

PC-A

Tarmoq adapi

192.168.1.2

255.255.255.0

192.168.1.1

Topshiriq




  1. Tarmoq qurilmasini asosiy ko„rsatkichlarini sozlash

    • Console porti orqali kommutatorning asosiy ko‗rsatkichlarini sozlang

    • kompyuter uchun IP- manzilni o‗rnating.

    • Telnet protokoli yordamida masofadan kirishni sozlang

    • SSH protokoli yordamida masofadan kirishni sozlang

Tarmoq bog’lanishniekshiring

  • qurilmaning konfiguratsiyasini ko‗rsating

  • telnet yordamida uzoqdan boshqarishni testlang

  • kommutatorning hozirgi konfiguratsiyasini saqlang.

Qisqacha nazariy ma‟lumotlar


Cisco IOS qurilmalarining buyruqlar satri interfeysi (CLI- Command Line Interface) ga kirishning bir necha yo‗llari mavjud. Quyida eng keng tarqalgan usullar keltirilgan:

  • Console

  • Telnet yoki SSH

  • Port AUX

Console port — Konsol porti Cisco qurilmasini sozlash uchun tashqaridan kirishni ta‘minlaydigan boshqaruv portidir. Konsol portidan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, qurilmaga tarmoq xizmatlarini konfiguratsiya qilmasdan ham kirish mumkin, masalan, tarmoq qurilmasining dastlabki konfiguratsiyasi holatida. Boshlang‗ich konfiguratsiya bajarilganda, kompyuterning maxsus kabeli (RS232) yordamida qurilmaning konsol portiga ulanadi va sozlash ishlari amalga oshiriladi.

TELNET (terminal network) — tarmoq bo‗ylab qurilmalarga murojat qilish uchun mo‗ljallangan tarmoq protokoli. Protokolning zamonaviy standarti RFC 854 da yozilgan.
TELNET protokolining vazifasi terminal qurilmalar o‗rtasida o‗zaro ishlashni ta‘minlashdan iborat. Bu protokol terminal-terminal ko‗rinishdagi aloqada ishlatiladi.
Protokol Secureshell (SSH) — bu protokol uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun xavfsiz (shifrlangan) bog‗lanishni ta‘minlaydi. Uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun Telnet protokoli o‗rniga SSH protokolini qo‗llash tavsiya etiladi. Lokal tarmoqlarda Telnet ni qisqa vaqt uchun ishlatish mumkin. Telnet eskirgan protokol hisoblanib, qurilmalar o‗rtasida ishlashda shifrlanmagan xavfsiz ma‘lumot ko‗rinishiga o‗xshaganday identifikatsiya axborotlari (foydalanuvchi nomi va paroli) ham ochiq uzatiladi. SSH uzoqdagi qurilmalar bilan bog‗lanishda himoyani ta‘minlaydi. Qurilmalarni autentifikatsiya (foydalanuvchi nomi va paroli) ma‘lumotlarini ishonchli shifrlaydi. Shuningdek qurilmalar o‗rtasidagi uzatilayotgan ma‘lumotlarni ham himoyalaydi. SSH TCP- port 22 ni, Telnet TCP-port 23 ni ishlatadi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling