Elektronika va avtomatika fakulteti
Download 0.55 Mb.
|
Sultonmurod MI RBT
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISH Bajardi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, FAN VA INNOVATSIYALAR vazirligi Islom Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti “Elektronika va avtomatika» fakulteti “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» kafedrasi “Raqamli boshqarish tizimlari” fanidan “Raqamli PID-rostlagichlarni amalga oshirish” mavzuda MUSTAQIL ISH Bajardi: II kurs sirtqi 11S -21 TJIChAB (o‘zb) guruhi talabasi Normo’minov Sultonmurod Qabul qildi: prof. Avazov Yu.Sh. Toshkent - 2023 MUNDARIJA
Kirish Boshqarish tushunchasi bilan inson o‘z hayoti mobaynida har soatda duch keladi. Boshqarish turli - tuman hollarda qo'llanilib, har bir holda o‘z mezonini, maqsadini va usulini o'zgartiradi. Masalan, davlat va xalq xo‘jaligini boshqarishni, soha va korxonani boshqarishni, sex va uchastka, texnologik jarayon, alohida qurilma va dastgohni boshqarishni, ishlab chiqarishga oid bo‘lmagan sohadagi boshqarishni, tirik mavjudotdagi va jonsiz tabiatdagi boshqarishni farqlash mumkin. Har bir boshqariluvchi sistema o‘z darajasidagi qonun - qoidalarga bo‘ysunadi. Shu bilan birga unga bu sistemani o‘z ichiga oluvchi darajasi yuqoriroq bo'lgan sistema parametrlari ham ta'sir etadi. Demak, boshqarish masalasi maqsad va samaradorlikning turli mezonlarini o‘zida mujassamlashtirgan holda boshqariluvchi sistemaning darajasiga qarab o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar shaklidagi fikr - mulohazalar faqat maqsad mezonlari, boshqarish masalasi va mazmuniga tegishlidir. Ammo har xil darajali sistemalardagi boshqarish jarayonlarini tashkil qilishda chuqur o‘xshashlik va umumiylik mavjud. Bunga sabab boshqarish jarayoni doimo axborot jarayoni ekanligidir. Ma'lum darajali sistemada boshqarish jarayonini axborot jarayoni sifatida ko‘rilishi boshqarishni bajarishdan aniq ajratishga imkon beradi. Boshqarish - kelayotgan axborotni qayta ishlash yo‘li bilan olingan yechimga asoslangan buyruq axborotni hosil qilishdir. Avtomatik boshqarish nazariyasi injenerlik bilimlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Avtomatik boshqarish nazariyasi avtomatik sistemalari umumiy tuzilishini va ulami tadqiq qilish usullarini o‘rganadi. Bu usullar sistemalardagi fizik tabiati har xil bo‘lgan jarayonlar uchun yaroqli bo‘lib, xalq xo‘jaligining turli sohalarida boshqarish sistemalarini loyihalashda nazariy asos hisoblanadi. Avtomatik rostlash deganda berilgan jarayonni xarakterlovchi kattalikni doimiy ravishda o‘zgarmas tarzda ushlab turish yoki uni oldindan berilgan qonuniyat bo‘yicha o‘zgarishini ta’minlash tushuniladi. U obyekt holatini yoki unga ta'sir qiluvchi ta'sirlami o‘lchash asosida obyektni rostlovchi organiga ta’sir qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling