I. Bob. Kurs ishining Nazariy qismi
Download 0.67 Mb.
|
Kurs ishi 1
Mundarija: Kirish I.Bob. Kurs ishining Nazariy qismi 1.1.Avtomatok rostlagichlar tasnifi 1.2 Rostlash qonunlari 1.3 PID-rastlagichlarni amalga oshirish 1.4 PID-rostlagichning xossalari 1.5 PID-rostlagichlarning qo’llanilish chegaralari 1.6 PID-proportsional komponentni sozlash 1.7. Matlab dasturi va uning imkoniyatlari II. Bob Kurs ishining Texnologik qismi 2.1. P rostlagich bilan tuzilgan model 2.2. PD rostlagich bilan tuzilgan model 2.3. PID rostlagich bilan tuzilgan model III. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Boshqarish tushunchasi bilan inson o‘z hayoti mobaynida har soatda duch keladi. Boshqarish turli - tuman hollarda qo'llanilib, har bir holda o‘z mezonini, maqsadini va usulini o'zgartiradi. Masalan, davlat va xalq xo‘jaligini boshqarishni, soha va korxonani boshqarishni, sex va uchastka, texnologik jarayon, alohida qurilma va dastgohni boshqarishni, ishlab chiqarishga oid bo‘lmagan sohadagi boshqarishni, tirik mavjudotdagi va jonsiz tabiatdagi boshqarishni farqlash mumkin. Har bir boshqariluvchi sistema o‘z darajasidagi qonun - qoidalarga bo‘ysunadi. Shu bilan birga unga bu sistemani o‘z ichiga oluvchi darajasi yuqoriroq bo'lgan sistema parametrlari ham ta'sir etadi. Demak, boshqarish masalasi maqsad va samaradorlikning turli mezonlarini o‘zida mujassamlashtirgan holda boshqariluvchi sistemaning darajasiga qarab o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar shaklidagi fikr - mulohazalar faqat maqsad mezonlari, boshqarish masalasi va mazmuniga tegishlidir. Ammo har xil darajali sistemalardagi boshqarish jarayonlarini tashkil qilishda chuqur o‘xshashlik va umumiylik mavjud. Bunga sabab boshqarish jarayoni doimo axborot jarayoni ekanligidir. Ma'lum darajali sistemada boshqarish jarayonini axborot jarayoni sifatida ko‘rilishi boshqarishni bajarishdan aniq ajratishga imkon beradi. Boshqarish - kelayotgan axborotni qayta ishlash yo‘li bilan olingan yechimga asoslangan buyruq axborotni hosil qilishdir. Avtomatik boshqarish nazariyasi injenerlik bilimlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Avtomatik boshqarish nazariyasi avtomatik sistemalari umumiy tuzilishini va ulami tadqiq qilish usullarini o‘rganadi. Bu usullar sistemalardagi fizik tabiati har xil bo‘lgan jarayonlar uchun yaroqli bo‘lib, xalq xo‘jaligining turli sohalarida boshqarish sistemalarini loyihalashda nazariy asos hisoblanadi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling