Dostonlar «Kuntug‘mish» dostonida «Kuntug‘mish to‘ra qirq kun, qirq tun to‘y berib, to‘yi tamom bo‘ladigan kuni jamiy arkoni davlatni yig‘ib», kimni Zangarga podsho qilib yurtiga qaytadi?


Download 33.54 Kb.
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi33.54 Kb.
#1416090
  1   2   3   4   5
Bog'liq
DOSTONLAR TEST


Dostonlar
1. «Kuntug‘mish» dostonida «Kuntug‘mish to‘ra qirq kun, qirq tun to‘y berib, to‘yi tamom bo‘ladigan kuni jamiy arkoni davlatni yig‘ib», kimni Zangarga podsho qilib yurtiga qaytadi?
A.Xolmo‘minni B.Qosimni C.Gurkiboyni D.Mohiboyni
2. Yorini topish uchun begona yurtga yolg‘iz o‘zi yo‘lga tushgan, otasiga: «Javob ber, otajon, yorga boraman, Yor deyman-u, nomus-orga boraman», - deya o‘z iqrorini bayon etgan xalq dostonlaridan biridagi qahramon nomini aniqlang.
A.Hasanxon B.Ravshan C.Alpomish D.Kuntug‘mish
3. «Podsho buyurib, bir tuv biyani tulup qilib so‘yib, ikkovini zich qilib, xom teriga tiqib, darvozadan chiqarib, bir asovning dumiga taqib, bir cho‘l-jaziraga qaratib, ko‘p odam chuvlab hurkitib, haydab yubordi». Ushbu parchada qaysi doston qahramonlarining jazolanishi ifoda etilgan?
A.«Alpomish» B.«Kuntug‘mish» C.«Oygul bilan Baxtiyor» D.«Ravshan»
4.«...shunday niginga (uzukka) qarasa, niginning yuzida xati bor, yer yuzidagi jami parini bandiga olgan duoli yozuvi bor; olam mamlakatiga bermaydigan xosiyati bor; har yerda suluv barno qiz bo‘lsa, oti bor; ba’ziba’zi juda nozik, uzik suluvning ham oti bor, ham surati bor ...» Ushbu parcha qaysi dostondan olingan?
A.«Kuntug‘mish» B.«Ravshan» C.«Oygul bilan Baxtiyor» D.«Alpomish»
5.U yoshgina o‘g‘lining uzukdagi suratda ko‘rgan qizni topish uchun begona yurtga yolg‘iz o‘zi yo‘lga chiqqanini ko‘rib qoladi. 0 ‘g‘li unga: «Javob her, otajon, yorga boraman, Yor deyman-u, nomus-orga boraman», - deya o‘z iqrorini izhor etadi. Ushbu parchada fikr yuritilgan ota nomi qaysi javobda berilgan?
A.Darxon («Oygul bilan Baxtiyor») B.Hasanxon («Ravshan») C.Qoraxon («Kuntug‘mish») D.Boybo‘ri («Alpomish»)

6. U yoshgina bo‘lsa-da, o‘zga yurtga yolgiz otlanadi. Otasi unga: «Bir qiz uchun unutmagin bizlarni, Unutma otang ham onang qarzini!», « 0 ‘zingdan pastlarman har yo‘lga ketma! Bolam, aytgan nasihatim unutma», «Bir g‘aribni ko‘rsang, zinhor og‘ritma», - deya nasihatlar beradi. Ushbu parchada fikr yuritilgan xalq dostonlaridan biridagi yoshgina qahramon kim?


A.Kuntug‘mish B.Alpomish C.Ravshan D.Gurkiboy
7. Dostonda Qoraxon ismli No‘g ‘ay podshosi bo‘lib, uning Qilichxon degan laqabi bor edi, o ‘sha vaqtning odamlari uni Avliyo ota der edilar. Ushbu parchadagi ma’lumot qaysi doston haqida?
A.«Kuntug‘mish» B.«Alpomish» C.«Ravshan» D.«Rustamxon».Xatolik topdim

8. Xalq dostonlaridan birida: «Ojaman, deb mard qavlidan toyama, Yo'qchilik jo ‘mardning ko‘zin o ‘yama, Oqsuvdan yilqingni o‘zim haydadim, Qo'lingdan kelganin qilgin, ayama», - deya dorga hukm qilinganda ham mardlikni qo‘ldan bermagan, yolg‘on gapirishni o‘ziga ep ko‘rmagan qahramon kim?


A.Ravshan B.Mohiboy C.Qorajon D.Kuntug‘mish
9. U o‘g‘lining dorga osilishi haqidagi xabarni eshitib, uni qutqarish uchun yo‘lga tushadi, uch oylik yo'lni yigirma kunda bosib o‘tadi. Ushbu ma’lumot xalq dostonlaridagi qaysi qahramon haqida?
A.Buvraxon haqida B.Boybo‘ri haqida C.Qoraxon haqida D.Hasanxon haqida

10.Sen bo'lmasang, otang holi ne kechar? Sensiz menga falak kafanto‘n bichar, Dunyoning bolini zahar deb ichar, Qanday kuni kechar sho‘r enang nochor, Hama yo‘g‘-u borim, senga yo‘l bo‘lsin? Quyidagi dostonlarning qaysi birida yorini topish uchun yo‘lga chiqqan yolg‘iz o‘g‘liga qarab ota shu so‘zlarni aytadi?


A.«Kuntug‘mish» B.«Ravshan» C..«Oygul bilan Baxtiyor» D.«Alpomish»
11. Xalq dostonlaridan birida o‘zga yurtga otlangan o‘g‘liga: «Bir qiz uchun unutmagin bizlarni, Unutma otang ham onang qarzini!», « 0 ‘zingdan pastlarman har yo‘lga ketma! Bolam, aytgan nasihatim unutma», «Bir g‘aribni ko‘rsang, zinhor og‘ritma», - deya nasihatlar bergan ota nomi keltirilgan javobni aniqlang.
A.Go‘ro‘g‘li B.Boybo‘ri C.Hasanxon D.Qoraxon

12. Xalq dostonlaridagi qaysi qahramon yorining ota-onasiga ularning o‘g‘li 40 kun muhlat bilan zindonga solingani haqida xat yozadi va uni mayna qushi orqali yetkazadi?


A.Zulxumor B.Xolbeka C.Suqsuroy D.Barchinoy
13. ...Mast uyquda yotib edi bu shunqor, Ko'ziga ko‘rindi rasul payg‘ambar. Bu so'zlarni rasul payg‘ambar aytdi: «Adashgan ummatim, shafqatdoringman, Tanib qolgin: rasul payg'ambaringman, Ummatlarni mudom yo‘lga solurman». Ushbu parchada xalq dostonlaridan biridagi qaysi qahramonning tushi tasvirlangan?
A.Kuntug‘mishning B.Alpomishning C.Hasanxonning D.Ravshanning
14.Ota, javobingni ber dim, jo'nagin! Bundan keyin sovchi bo‘lib kemagin! Har kimni tengiga qo‘sh-da, vallamat,- Menga munday tuzsiz so‘zni demagin. Ushbu parchada qaysi doston qahramonining otasiga qarab aytgan so‘zlari berilgan?
A.«Kuntug‘mish» B.«Ravshan» C.«Alpomish» D.«Oygul bilan Baxtiyor»

15


Download 33.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling