“Dunyo okeani” mavzusidagi dars ishlanmasi Mavzu: Dunyo okeani ta’limiy maqsad


Download 1.99 Mb.
Sana19.11.2020
Hajmi1.99 Mb.
#147716
Bog'liq
004.Dunyo-okeani


Samarqand shahar 64-umumiy o’rta ta`lim maktab geografiya fani o’qituvchisi Xaqberdiyeva Shoxista

Shomuradovning “Dunyo okeani” mavzusidagi dars ishlanmasi



Mavzu: Dunyo okeani

ta’limiy maqsad: o’quvchilarning gidrosfera haqida bilim va tasavvurlarini shakllantirishda davom etish, ularga tanish bo`lgan va dars mavzusiga aloqador bilim va tushunchalarni takrorlash, Dunyo okeani va uning qismlariga ta’rif berish, o`quvchilarda geografik xaritalar bilan ishlash hamda obyektlarga tavsif bera olish ko`nikmalarini hosil qilish, mavzuga oid yangi atama va tushunchalar bilan tanishish;

Darsning maqsadi:

tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni darsdan tashqari qo’shimcha manbalardan foydalanishga o’rqatish,ularda Ona-Tabiat boyliklari va hayot manbayi bo’lgan suvni avaylab asrash va muhofaza qilish xislatlarini tarbiyalash;

rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning mustaqil fikrlash, hozirjavoblik, topqirlik, ziyraklik xususiyatlarini rivojlantirish, ularni o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish.

Dars turi: Yangi bilimlar beruvchi.

Dars uslubi: Noan’anaviy.

Dars jihozi: Dunyoning tabiiy xaritasi, globus, 5-sinf geografik atlasi, yozuvsiz xarita, tarqatma materiallar, kompyuter, monitor, ko’rgazmali qurollar.

Darsning shiori:

Hamjihatlik

Faollik

Ahillik


O’ng qo’l qoidasi

D A R S R E J A S I:


1.

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2.

Uy vazifasini so’rash

7 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni (dars taqdimoti)

12 daqiqa

4.

Amaliy ish bajarish

3 daqiqa

5.

Mavzuni mustahkamlash

--”Raqamlar tilga kirganda”



-”To’g’ri joylashtir” o’yini

-yozuvsiz xarita bilan ishlash va “Sardorlar bellashuvi”

-amaliy ish bajarish

3 daqiqa

3 daqiqa


3 daqiqa

3 daqiqa


6.

Darsni yakunlash, baholash

3 daqiqa

7.

Uyga vazifa berish

3 daqiqa

Tashkiliy qism: - davomatni aniqlash, o`quvchilarni darsga jalb etish;

-“Dunyo yangiliklari” bilan tanishish;

-sinf meteorologi tomonidan ob-havo ma`lumotlari bilan tanishish;

-sinf o’quvchilarini guruhlarga bo’lish, guruhlarni nomlash va sardorlarni saylash.

Guruhlarni nomlash uchun ularga geografik topishmoqlar beriladi va guruhlar nomi topishmoqlar javobiga asosan nomlanadi.

Darsning borishi:

Guruhlarga ajratish

1.U rasmga qarindosh, xaritaga yaqinroq,

Yerning shakl-modeli, chozinchoqmas, yumaloq.

2.Kurramizni tasvirlab, kattaligin ham o’lchab,

Darslikni nomlagan, xaritalarni jamlagan?

3.To’rt tomoning aniqlab berar, darajada joylar aks etar.

Osmondami, suvda, o’rmonda, sayohatda ko’p asqotar?

1-guruh “Globus”

2-guruh “Eratosfen”

3-guruh “Kompas”

Baholash mezoni

Besh qirrali yulduz - 5 ball

Globus tasvirlangan to’ptburchak - 4 ball

Yashil rangli uchburchak - 3 ball

Uy vazifasini so`rash: 1-topshiriq. “Tezkor savollar”. Bu topshiriqda guruhlarga 5 tadan tezkor savollar beriladi. Har bir to’g’ri javob bir balldan baholanadi.

“Globus” guruhiga savollar:

1. Gidrosfera qanday qobiq?

2. Geografiya fanining asoschisi kim?

3. Yer osti boyliklari necha xil bo’ladi?

4. Gidrosferadagi suvning 96,4 foizi qayerda to’plangan?

5. Uch tomoni suv, bir tomoni quruqlikka tutashib turadigan quruqliklar nimalar deyiladi?

“Eratosfen” guruhiga savollar:

1.Atmosfera qanday qobiq?

2.Tabiatda suv necha holatda uchraydi?

3.Neft, gaz, komir Yerning qanday boyliklari hisoblanadi?

4.Yerdagi suvning 1,8 foizini qanday suvlar tashkil etadi?

5.Yer yuzidagi barcha notekisliklar nima deyiladi?

“Kompas” guruhiga savollar:

1. Litosfera qanday qobiq”

2. Tabiatda suv qanday holatlarda uchraydi?

3. Rudali boyliklarga misol keltiring.

4. Gidrosferadagi suvning 1,7 foizini qanday suvlar tashkil etadi?

5. Yer yuzining necha foizini suv egallagan?

“Eratosfen” guruhiga savollar:

1.Atmosfera qanday qobiq?

2.Tabiatda suv necha holatda uchraydi?

3.Neft, gaz, komir Yerning qanday boyliklari hisoblanadi?

4.Yerdagi suvning 1,8 foizini qanday suvlar tashkil etadi?

5.Yer yuzidagi barcha notekisliklar nima deyiladi?

2-topshiriq: “O’ylab, tasvirla” o’yini.

Guruhlar 3 daqiqa ichida “Suvning Dunyoda aylanib yurishi”ni rasmda tasvirlab berishlari kerak. Birinchi bo’lib to’g’ri va aniq bajargan guruh

5 ball bilan baholanadi.

YANGI MAVZU BAYONI:

Dunyoda okeanlar 4 ta: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeanlari.

Ularning hammasi birgalikda

Dunyo okeani deb ataladi.

TINCH okeani

Eng katta va eng chuqur okean.

Maydoni butun quruqlik maydonidan katta –

180 mln kv. km.

Eng chuqur joyi Mariana botig’i –

chuqurligi – 11022 metr.

ATLANTIKA okeani

Kattaligi jihatdan ikkinchi o’rinda.

Maydoni – 91 mln kv.km.

Eng chuqur joyi Puerto-Riko botig’i,

chuqurligi – 8742 metr.

HIND okeani

Maydoniga ko’ra uchinchi o’rinda turadi.

Uning maydoni 76 mln kv.km.

Eng chuqur joyi Zond botig’i,

chuqurligi – 7729 metr.

SHIMOLIY MUZ okeani

Eng kichik okean

Maydoni – 14 mln kv.km.

Eng chuqur joyi Grenlandiya botig’i – 5527 metr.

Bu okean Shimoliy qutb atrofida joylashgani tufayli eng sovuq hisoblanadi.

Okeanning ko’p qismi doimiy muz bilan qoplanib yotadi.



Dengizlar

Dengizlar okeanlarning kichik qismlari bo’lib, ulardan yarimorollar, orollar va suv octi qirlari bilan ajralib turadi.

Quruqliklarning chekkasiga tutashgan dengizlar chekka dengizlar deyiladi.

Quruqliklar ichkarisida joylashgan, okeanlar bilan tor suv yo’llari orqali tutashgan dengizlar ichki dengizlar deyiladi.

CHEKKA DENGIZ

ICHKI DENGIZ


Qoltiqlar.

Okean, dengiz va ko’llarda qo’ltiqlar ham bo’ladi.

Qo’ltiq deb okean, dengiz va ko’llarning quruqlik ichkarisiga kirib borgan kichik va sayoz qismlariga aytiladi.

Masalan, Fin qo’ltig’i, Fors qo’ltig’i, Bengaliya qo’ltig’i va boshqalar…

Bo’gizlar.

Okean, dengiz, ko’l va daryolarning ikkita katta qismini tutashtirib turadigan suvli tor yo’lakka bo’g’iz deyiladi.

Masalan, Gibraltar bo’g’izi Atlantika okeanini O’rta dengiz bilan tutashtirgan.

Okean tagi relyefi.

Okeanlar tagi ham xuddi quruqlikdagi kabi notekis.

Quruqlikning suv tagidagi davomi materik sayozligi, yoki shelf deyiladi.

Uning chuqurligi 200 metrdan oshmaydi.

Materik sayozliklari foydali qazilmalarga, ayniqsa, neft va gazga boy.

200 metrdan 2500 metr chuqurlikkacha bo’lgan joylar materik yonbag’ri deyiladi.

Okean tagida keng tekisliklar, tog’lar, juda chuqur botiqlar mavjud.

Suv osti tog’ tog’ tizmalari minglab kilometrga cho’zilgan.

Dengizlar va okeanlar xaritalarda havorang bilan ko’rsatiladi. Ular qanchalik chuqur bo’lsa, havorang shunchalik to’q qilib beriladi va chuqurlik shkalasida necha metr ekanligi ko’rsatib qoyiladi.

Dengiz va okeanlarning chuqurligi exolot deb ataladigan asbob bilan o’lchanadi.

Yechish:

1500 x 6 = 9000 m.

Signal yo’lni ikki marta bosib o’tganligi uchun hosil bo’lgan ko’paytmani 2 ga bo’lamiz:

9000 : 2 = 4500 m.

Javob: Dengizning chuqurligi 4500 metr ekan.

Exolot asbobi yordamida kemadan dengiz tubiga yuborilgan signal 6 soniyada kemaga qaytib keldi. Dengizning chuqurligini toping. Tovushning suvdagi tezligi 1500 m/s ekanligini unutmang.

Yangi mavzuni mustahkamlash: “Raqamlar tilga kirganda” (o’quvchilarga tarqatmalar beriladi,ular raqamlarni yozadilar)


T/r

Okean nomi

Maydoni

Eng chuqur joyi

Chuqurligi

1.


Tinch

Mariana

2.

Atlantika

Puerto-Riko

3.

Hind

Zond

4.

Shimoliy Muz

Grenlandiya

“RAQAMLAR TILGA KIRGANDA” javobi


T/r

Okean nomi

Maydoni

Eng chuqur joyi

Chuqurligi

1.


Tinch

180 mln kv.km.

Marianna

11022 m.

2.

Atlantika

91 mln kv.km.

Puerto-Riko

8742 m.

3.

Hind

76 mln kv.km.

Zond

7729 m.

4.

Shimoliy Muz

14 mln kv.km

Grenlandiya

5527 m.

2.“To’g’ri joylashtir”(Guruhlarga mavzuda uchragan atamalar va ularning ma’nosi yozilgan tarqatmalar beriladi.Javoblarni to’g’ri joylashtirishlari kerak.

Dengizlar. Qo’ltiqlar. Bo’g’izlar.

Shelf. Materik yonbag’ri.

Exolot.

3.Yozuvsiz xarita bilan ishlash.

Guruhlarga yozuvsiz xaritalar tarqatiladi. Berilgan vaqt ichida ular okeanlarni xaritaga tushirib berishlari kerak.

4.“Sardorlar bellashuvi”. (guruh a`zolari yozuvsiz xarita bilan ishlagunlariga qadar sardorlarga “Geografiya” boshqotirmasi beriladi. Sardorlar boshqotirmani to’ldiradilar va har bir to’g’ri javob uchun 1 ballga ega bo’ladilar)

  • Boshqotirma savollari.
  • 1.Yer sharining kichraytirilgan modeli.
  • 2.Yerning “belbog’i”.
  • 3.Atrofi suv bilan o’ralgan kichikroq quruqliklar.
  • 4.Yer ostidan chiquvchi issiq buloqlar.
  • 5.Yer yuzidagi barcha notekisliklar.
  • 6.Yerning havo qobig’i.
  • 7.Quruqlikdagi eng yirik hayvon.
  • 8.Yerning ……. kuchlari.
  • 9.Yerning markazida nima joylashgan?

Amaliy ish javobi.

Yechish:

1500 x 4 = 6000 m.

Signal yo’lni ikki marta bosib o’tganligi uchun hosil

bo’lgan ko’paytmani 2 ga bo’lamiz:

6000 : 2 = 3000 m.

Javob: Dengizning chuqurligi 3000 metr ekan.

5.Amaliy ish bajarish.

“Dengiz chuqurligini topish.

Exolot asbobi yordamida kemadan dengiz tubiga yuborilgan signal 4 soniyada kemaga qaytib keldi. Dengizning chuqurligini toping. Tovushning suvdagi tezligi 1500 m/s ekanligini unutmang.

Darsni yakunlash:

-o’quvchilar to’plagan ballar hisoblanadi;

-darsda o’quvchilar tomonidan yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar tuzatiladi;

-g’olib guruh e`lon qilinadi.

O’quvchilar bilimini baholash: Guruhlar “Eng faol guruh”, “Eng ahil guruh”, “Eng bilimdon guruh” nominatsiyalari bo’yicha baholanadilar.

Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar va baholar kundaliklarga qoyiladi.



Uyga vazifa:

Mavzu oxirida berilgan tayanch so’z va tushunchalarni daftarga ko’chirib olish va ularning ma`nosini, nazorat uchun berilgan savollarning javoblarini yozib, yozuvsiz xaritaga okeanlar va ular atrofida joylashgan materiklar nomini tushirib kelish.
Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling