Dvigatelning indikator ko’rsatkichlari
Download 164.79 Kb.
|
Dvigatelning indikator ko\'rsatkichi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishchi jarayonning indikator ko’rsatkichlari
Dvigatelning indikator ko’rsatkichlari Dvigatel ishchi sikllari asosida yonilg’ining issiqlik energiyasi mexanik ishga aylantirilishi hisobiga quvvat olinadi va shu quvvat tufayli transport vositasi harakatga keltiriladi. Dvigatel ishchi sikl ko’rsatkichlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Ishchi sikl ko’rsatkichlarini ikki turga bo’lish mumkin: 1) Silindr ichidan olinadigan indikator ko’rsatkichlari (hisoblash yo’li bilan aniqlanadi); 2) Tirsakli valdan olinadigan effektiv ko’rsatkichlari (stend yordamida olinadi). Ishchi siklning indikator va effektiv ko’rsatkichlarini alohida-alohida ko’rib chiqamiz. Indikator ko’rsatkichlari siklning takomillashganlik holatini bildiradi, effektiv ko’rsatkichlar esa dvigatelning mexanik takomillashganligini baholaydi. Ishchi siklning indikator ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi: o’rtacha indikator bosim; indikator quvvat, indikator foydali ish koeffitsentlari (F.I.K.) hamda indikator solishtirma yonilg’i sarfi; Dvigatel ishchi siklining effektiv ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi: o’rtacha effektiv bosim; bosimning detallar ishqalanishini yengishga ketgan sarfi; effektiv quvvat; effektiv va mexanik F.I.K.; effektiv solishtirma yonilg’i sarfi. Quyidagi 31-rasmda dizel va benzinli dvigatellar uchun hisoblab topilgan va haqiqiy indikator diagrammalarining grafiklari ko’rsatilgan. 31-rasm. Benzinli (a) va dizel (b) dvigatellarining hisoblab topilgan (qora chiziq) va haqiqiy (qizil chiziq) indikator diagrammalari Grafiklardan ko’rinib turibdiki, haqiqiy indikator diagramma hisoblangan diagrammadan gaz almashish va yonish nuqtalaridagi qayrilishlar bilan farqlanadi. Real dvigatellarda yonish porshen yu.ch.n. ga kelmasdan boshlanishi (c nuqtasi) yonishning cho’zilishi (z, z’ nuqtalar) va chiqarish klapanining porshen p.ch.n. yetmasdan ertaroq ochilishi hisobiga qayrilishlar hosil bo’ladi. Ishchi jarayonning indikator ko’rsatkichlari Ichki yonuv dvigatellari ishchi jarayonining indikator ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat: - o’rtacha indikator bosim, - pi; - indikator quvvat, - Ni; - indikator foydali ish koeffitsiyenti, ηi. O’rtacha indikator bosim qiymatlarini aniqlashda indikator grafiklaridan foydalanamiz (31-rasm). Diagrammaning qayrilmagan yuza maydoni (aczba) belgilangan masshtabda gazlarning bitta sikl davomida bajargan hisoblangan ishini ifodalaydi. Ushbu hisoblangan ishning porshen yo’liga nisbati o’rtacha indikator bosimi P’i ni beradi. P’i ning qiymatini indikator diagrammadan grafik yo’l bilan topish uchun: a) Ishchi jismni siqish uchun sarflangan ish – ac egri chiziq ostidagi yuza maydonini porshen yo’liga nisbati siqish jarayonining o’rtacha bosimini P’i beradi. b) Egri chiziq zb va z’zb ostidagi yuza maydonini porshen yo’liga nisbatini olib kengayishning Pzb va Pz’zb o’rtacha bosimini topamiz. c) karbyuratorli dvigatel uchun o’rtacha indikator bosim P’i = Pzb – Pac; dizel uchun P’i = Pz’zb - Pac Tomonlari P’i va Vh bo’lgan to’g’ri burchakli to’rtburchak yuzasini indikator diagrammasi yuzasiga ac (z’)zba solishtiramiz. Agar Pac va Pzb (yoki Pz’zb) qiymatlari to’g’ri topilgan bo’lsa, solishtirilayotgan yuzalar teng bo’ladi. Karbyuratorli (benzinli) dvigatellar uchun (V=const) o’rtacha indikator bosim P’i: P’i = [ ) - ( )] (26) bu yerda, = bosimning ko’tarilishi darajasi; benzinli va gazli dvigatel uchun dizel=3,2-4,2; gaz=3-5 Dizel – aralash issiqlik beriladigan sikl uchun P’i = [ ) - ( )+ ] (27) Haqiqiy siklning o’rtacha indikator bosimi Pi nazariy P’I qiymatidan diagrammaning c,z,b nuqtalarda silliqlanish qiymatiga mos holda farqlanadi. Ushbu farq diagrammaning to’liqlik koeffitsiyenti φp orqali aniqlanadi. φp ning qiymatlari quyidagicha: Benzinli dvigatellar uchun 0,94-0,97 Dizellar uchun 0,92-0,95 Amalda haqiqiy indikator o’rtacha bosim Pi hisoblangandan keyin faqat φp ga farq qiladi, ya’ni: Pi=φp P’i Dvigatellarning o’rtacha indikator bosimi Pi, kg/sm2.
Download 164.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling