Egalik va kelishik shakllari uslubiyati


Download 21.36 Kb.
bet2/4
Sana03.11.2021
Hajmi21.36 Kb.
#170380
1   2   3   4
Egalik va kelishik shakllari uslubiyati111
Bog'liq
SULJFANILAMIDNI-dlya-studentov, 183-XTF, Mitoxondriya - Vikipediya, Mishelson interferometri optik interferometriyaning keng tarqalgan konfiguratsiyasi bo, С , 2 5280922032874192917, 2 5280922032874192917, 1 mavzu. Qon guruhi va rezus omilni aniqlash., An article critique 230520175534, ERKIN VOHIDOV, ERKIN VOHIDOV, Dars ishlanma, 1389090352, 1389090352(1)
K va q undoshlari bilan tugagan ko’p bo’g’inli so’zlarga, shuningdek, bek,yo’q kabi ayrim bir bo’g’inli so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda, k undoshi g undoshiga, q undoshi g’ undoshiga aylanadi va shunday yoziladi: tilak-tilaging, yurak-yuragim, tayoq-tayog’i kabi. Lekin ko’p bo’g’inli o’zlashma so’zlarda, bir bo’g’inli ko’pchilik so’zlarga egalik qo’shimchalari qo’shilganda, k, q tovushi aslicha aytiladi va yoziladi: ishtirok-ishtiroki, huquq- huquqi, nok-noki, yuq-yuqi.

Qorin, o’g’il, singil, og’iz, burun, shahar, bo’yin, ko’ngil kabi otlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda ikkinchi bo’g’indagi i, u, a unlilari tushib qoladi va shunday yoziladi: qorni, o’g’li, singli, og’zim, burni, shahrimiz, bo’yni, ko’ngling.

Viloyat, shahar,tuman, korxona,muassasa nomlarida qo’llangan III shaxs egalik qo’shimchasi shaxsga qarashlilik ma’nosini emas, balki xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalaydi. Shuning uchun bunday birikmalarda oldingi qism qaratqich kelishigida qo’llanilmaydi. Masalan: Bobur bog’i, Orol dengizi, Bag’dod tumani, Farg’ona shahri, tikuvchilik kombinati.



-i,-si egalik qo’shimchasi bir qator so’zlarda qaratqich kelishigidagi so’zlar bilan bog’lanmaydi. Bunday so’zlarda ular yaxlitlanib qolgan, o’z vazifasini yo’qotgan: kechasi, kunduzi, tuni, oldinlari…

Ba’zan egalik qo’shimchasi tushib qolishi mumkin: bizning maktab(imiz). Bu holat egalik qo’shimchasining belgisiz qollanishi hisoblanadi.

Egalik qo’shimchalarining birlik va ko’plik ma’nolari asosida zidlanish ayrim vaqtlarda buziladi. Bunday vaqtda ko’plik shakli o’zi qo’llanayotgan narsa-hodisaning birdan ortiqligini emas, balki hurmat ma’nosini bildiradi. Masalan: Onamiz dam olgani ketdilar.


Download 21.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling