Ekologik muammolar


Download 22.89 Kb.
bet1/3
Sana25.11.2021
Hajmi22.89 Kb.
#177425
  1   2   3
Bog'liq
Ekologik muammolar


Ekologik muammolar

Aћoli sonining yildan yilga oshib borishi sanoat va transportning rivojlanishi, fan texnikaning taraќќiy etishi, insonning biosferaga ko'rsatayotgan ta'sir doirasini kengaytirib bormoќda. Bu esa o'z navbatida u yoki bu ekologik muommolarning kelib chiќishiga sabab bo'lmoќda.

Ekologik muommo deganda insonning tabiatga ko'rsatayotgan ta'siri bilan boѓliќ ћolda tabiatning insonga aks ta'siri, ya'ni uning iќtisodiyotiga, ћayotida xo'jalik aћamiyatiga molik bo'lgan jarayonlar, tabiiy ћodisalar bilan boѓliќ (stixiyali talofatlar, iќlimning o'zgarishi, ћayvonlarning yalpi ko'chib ketishi va boshќalar) ћar ќanday xodisa tushuniladi. Ekologik muammolar 3 guruћga bo'linadi.

1.      Umumbashariy (global)

2.      Mintaќaviy (regional)

3.      Maћalliy (lokal)

Dunyo bo'yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen yoki sof antropogen xodisalar umumbashariy muammolar deb ќaraladi. Ana shunday umumbashariy muammolarga ba'zi bir misolar keltirish mumkin:

Issiќxona samarasi. Ya'ni atmosfera tarkibida issiќxona gazlarining (karbonat angidridi, metan, azot chala oksidi va shu kabilarning) ko'payishi natijasida er yuzi isib, iќlim o'zgarib bormoќda. Bu to'ѓrida iќlim va uni o'zgarishi bo'limida batafsil ma'lumotlar keltiriladi.

Ozon ќatlamining siyraklanishi. Ozon ќatlami atmosferaning muћim tarkibiy ќismi ћisoblanadi, u iќlimga va er yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saќlab turadi. Ozon ќuyosh nurlari ta'sirida kislorod, azod oksidi va boshќa gazlar ishtirokida ћosil bo'ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib ќolib, er yuzidagi tirik organizmlarni ћimoya ќiladi. Ultrabinafsha nurlarning ortishi tirik organizmlarga salbiy ta'sir etadi. Ultrabinafsha nurlar ta'sirida nurlanish odamlarda terining kuyishiga olib keladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta'sirida kelib chiќayotganligi aniќlangan.

Tirik tabiatdagi o'simlik va ћayvon turlari sonining ќisќarishi muammosi. Er yuzidagi ћayotni ta'minlashda o'simliklar dunyosi, ayniќsa, o'rmonlarning aћamiyati beќiyosdir. Ћozirgi vaќtda er yuzi ќuruќligining 25 % ni o'rmonlar tashkil etadi. Ular shimoliy yarim sharda va tropik mintaќalarda tarќalgan. Biroќ ћozirgi kunda o'rmonlarning ћolatini yaxshi deb bo'lmaydi. Chunki, ћar yili 3 mlrd m3 ћajmda o'rmonlar ќirќilmoќda. FAO ma'lumotlariga ko'ra bu ko'rsatkich yaќin yillar orasida 1,5 martaga ortishi mumkin.

Insoniyatni, ayniќsa, tropik va subtropik o'rmonlar muammosi tashvishga solmoќda. U erlarda yiliga dunyo miќyosidagi ќirќilishi kerak bo'lgan o'rmonlarning yarmidan ko'pi kesib tashlanmoќda. 160 mln gektar tropik o'rmonlar vayron bo'lgan, atiga yiliga 11 mln gektar maydon tiklanmoќda. Floraning kamayib ketishi «Ќizil kitob» yaratilishiga sabab bo'ldi. 

Aћoli sonining ortishi, xo'jalik faoliyatining kengayishi tufayli tabiatning inson ќo'li tegmagan joyi ќolmayapti. Ћayvonlarning asosiy ko'payish ћududlari, migratsiya ќiluvchi yo'llari, dam olish joylari tuyoќli ћayvonlarning oziќlanish maydonlari sun'iy ќoplamlarga aylangan, suvlar bosib, mol boќib yoki ћaydab yuborilgan. Ayniќsa, nam tropiklarda ko'pchilik ћayvon turlarining ќirilib ketishi kuzatilmoќda.

O'simlik va ћayvon turlarini davlat muћofazasiga olish, ќonunlar orќali ovchilikni to'ѓri yo'lga ќo'yish, shuningdek, ќo'riќxonalar, zakazniklar, milliy boѓlar, botanika boѓlari va «Ќizil kitob» lar o'simlik va ћayvon turlarini asrashda katta rol o'ynaydi.

 

Mintaќaviy ekologik muammolar



 

Er yuzasining muayyan mintaќasi o'ziga xos tabiiy-iќlim, ijtimoiy-ekologik, etnografik xususiyatlari uni tabiat bilan inson o'rtasidagi o'zaro aloќa munosabatlari xarakterini belgilab beradi. Mintaќaviy ekologik muommolarga baћo berishning mezoni ћavo va suvning ifloslanishi, belgilangan miќdordan oshib ketishi, tuproќ eroziyasi, yaylovlarning ishdan chiќishi, o'rmonlarda daraxtlarni kesish va boshќalar ћisoblanadi.

Markaziy Osiyoda mintaќaviy ekologik muommolardan eng muћimi Orol va Orol bo'yi ekologik muammosidir. Bu soћadagi batafsil ma'lumotni Orol dengizi muammosi ќismidan olasiz.

Bundan tashќari Respublikada keskin bo'lib turgan ekologik va tabiatni muћofaza ќilishga oid muammolarga:

1)      Yirik – ћududiy-sanoat majmualari joylashgan rayonlarda (Angren – Olmaliќ – Chirchiќ, Farѓona – Marѓilon, Navoiy va ћokazo) tabiatni muћofaza ќilish muammolari;

2)      Agrosanoat majmuidagi ekologik mammolar;

3)      Tabiatdagi suvlarning sanoat chiќindilari, pestitsidlar va mineral o'ѓitlar bilan ifloslanishi;

4)      O'simlik va ћayvonot dunyosini muћofaza ќilish va ќayta tiklash muammolari, ќo'riќxonalar va milliy boѓlar tarmoѓini kengaytirish va ћokazolar kiradi.

 

Maћalliy ekologik muammolar



 

Xalќ xo'jaligining barcha tarmoќlari, ayniќsa, sanoatda va transportdan «chiќindi» deb nom olgan ќo'shimcha maћsulot ajralib chiќadi. Bu maћsulotlar Respublikamizning ba'zi bir ћududlarida ko'p chiќarilmoќda va natijada tabiatni bulѓab, barcha tirik organizmlar, xususan inson salomatligi uchun zarar keltirmoќda. Ana shunday atmosfera ћavosini buzadigan chiќindilarga tutun va ћar xil zaћarli gazlar kirib, ular ko'pincha Olmaliќ, Angren, Farѓona, Ќarshi, Samarќand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Chirchiќ, Bekabod va shu kabi sanoati rivojlangan, transport ќatnovi katta bo'lgan shaћarlar ћavosini ifloslantirmoќda.

Birgina Samarќand shaћrida atmosfera ћavosini ifloslantirishda kimyo zavodi, «Chinni ishlab chiќaruvchi», «Xolodilnik», vino-spirt, konserva ishlab chiќaruvchi, paxta tozalash zavodlari, mebel fabrikasi va boshќalar ishtirok etmoќda.

Ћavodagi ifloslanishlarning 70 – 80 % avtomashinalarga to'ѓri keladi.

Yu.V.Novekov, Beknazarovlarning (1983) yozishicha avtomobillar ћavoga 200 dan ortiќ turli aerozol zarrachalarni chiќaradi. Ћar bir avtomobilga bir yilda 200 kg (asosan benzin) va 300 ming kg ћavo sarflanadi. Ana shu yoќilѓidan bitta avtomobil ћavoga bir yilda 700 kg uglerod oksidi, 230 kg yonmagan uglevodlar, 30 kg azot oksidi va 2 – 5 kg kattiќ moddalar chiќaradi.

Samarќand shaћrida 100 mingdan ortiќ avtomobillar mavjud. Avtomobillar ko'p yuradigan katta ko'chalar atrofida uglerod oksining miќdori ruxsat etilgan me'yordan (REM) 2 – 3 marta, azot oksidi 2 – 2,5 marta ortiќligi kuzatilgan. Shaћarda A.A.Rudakiy, Yu.A.Gagarin, Y.Oxunboboev, «Universitet ћiyoboni», A.Ikromov, A.Temur, Sh.Rashidov, V.Abdullaev ko'chalarida gazlar bilan ifloslanish juda kuchli.

Samarќand va Navoiy shaћarlari aћolisi uchun maћalliy aћamiyatga ega bo'lgan muammolardan yana biri Zarafshon daryosining oѓir metallar bilan ifloslanishidir. A.Raxmatullaev va R.I.Mamajonovlarning (1998) ma'lumotlariga ќaraganda bu shaћarlarga yaќin Zarafshon daryosining suvi tarkibida mis va rux me'yorlaridan 1,5 – 20 marta, olti valentli xromning o'rtacha miќdori Navoiy shaћri yaќinida 4 barobar ortiќligi, eng ko'p miќdori 17,4 marta ko'pligi aniќlangan.

Bundan tashќari ћar birimizning ћovlimiz, uy-joyimiz, maћalla va tanamizning sanitariya ћolati ћam ba'zi ekologik muammolarga olib kelishi mumkin.

Markaziy Osiyo agrolandshaftlarining ekologik vaziyatining buzilishiga ta'sir etuvchi omillardan yana biri madaniy tuproќlarning ќaytadan sho'rlanish jarayonidir. Tuproќlarning ќaytadan sho'rlanishining asosiy sababi suѓoriladigan suvlardan keladigan ќo'shimcha tuzlar, tuproќlarning ќuyi katlamidagi ona jinslar tarkibida bo'lgan tuzlarning faollashuvi, grunt suvlarining minerallashishi va boshќa jarayonlardir. Bular o'z navbatida tuproќlarda suv – tuz balansi ќonuniyatining buzilishiga olib keladi.

Ћozirgi paytda Markaziy Osiyo mintaќasidagi madaniy tuproќlarning ќayta botќoќlanish jarayoni markaziy Farѓona, Mirzacho'lda, Ќarshi va Sherobod cho'llarida, Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolarining ќuyi ќismlarida, Tajan va Murѓob deltalarida, Vaxsh botќoѓida barpo etilgan agrolandshaftlarda intensiv ravishda namoyon bo'lmoќda. Binobarin, agrolandshaftlarning ћozirgi ekologik ћolatini optimallashtirish va soѓlomlashtirish uchun ularda insonning xo'jalik faoliyati tufayli faollashgan geokimyoviy jarayonlarni, modda va energiya almashinuvini, tuz – suv balansi ќonuniyati buzilishini maћalliy va mintaќaviy masshtablarda boshќarishni o'rganmoќ va tashkil etmoќ zarurdir.

Markaziy Osiyo antropogen landshaftlarining eng muћim komponentlaridan biri bo'lgan ichki suvlari ћam yildan – yilga kuchli ifloslanib bormoќda. Bu ћol ayniќsa, agrolandshaftlarning tarkibiy ќismi bo'lgan paxta va sholi ekin maydonlarida va ћokazo geotizimlarning tevarak atroflarida yaќќol ko'zga tashlanmoќda. Erlarning sho'rini yuvishda foydalaniladigan suvlar zovur va kollektorlarda to'plangan 30 km3 miќdordagi kuchli minerallashgan ќaytar suvlar ћar yili daryolarga, kanallarga, voћalarning tevarak atrofidagi pastќam joylarga va cho'kmalarga tashlanmoќda. Natijada voћalar va agrolandshaftlar atrofida sho'r ko'llar va botќoќliklar intensiv ravishda rivojlanmoќda. Ekologik vaziyaning bunday ћolatdagi buzilishi, ayniќsa, Xorazm voћasi uchun xosdir. Shu sababli obikor deћќonchilik rivojlangan ћududlarda kuchli minerallashgan kollektor – zovur suvlarini chuchuklashtirish muammosi gidromelioratorlar oldida turgan o'lkan vazifalardan biridir.

@:http://dilshod-hikmat.ucoz.ru/publ/ekologik_muammolar/1-1-0-7


Download 22.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling