Ekspozitsiya haqida tushuncha. Eksponometrdan qanday foydalanish kerak. Ekspozitsion vilka


Download 19.23 Kb.
Sana25.11.2021
Hajmi19.23 Kb.
#177438
Bog'liq
5.1 - маъруза. Raqamli ekspozitsion nazorat.


5.1 – ma’ruza

Mavzu: Raqamli ekspozitsion nazorat.

Re’ja:

  1. Ekspozitsiya haqida tushuncha.

  2. Eksponometrdan qanday foydalanish kerak.

  3. Ekspozitsion vilka(breketing ekspozitsiya).

Ekspozisiyani qisqacha qilib tasvirga olishdagi yorug’likning me’yoridan ortib ketishi yoki yetmay qolishi deb tushunishimiz mumkin. Tasvirchining maqsadi – optimal ekspozitsiyani tanlashdan iborat. Agar tasvirchi oldida noiloj holat, ya’ni – ortiqcha ekspozitsiya (juda och rangli tasvir) va kam, yetarli bo‘lmagan ekspozitsiya (haddan ziyod to‘q tasvir) o‘rtasidagi tanlovga duch kelinsa, har doim ko‘p ekspozitsiyali tasvirni tanlash lozim. Sababi, bunday tasvirda raqamli shovqin (sifrovoy shum) nisbatan kamroq seziladi. Raqamli shovqinlarning ko‘pgina qismi doim to‘q tusdagi fragmentlarda mujassamlashadi. Shuning uchun, to‘q tusdagi fragmentlarni Photoshop dasturida ochartirilganda raqamli shovqin kuchaytiriladi.

Tasvirga olishda ekspozission xatolikka yo’l qo’ymaslik uchun videshka, diafragma va ISO ko’rsatkichlarini tog’ri tanlashimiz kerak bo’ladi. Bularning hammasi yorug’lik bilan bog’liq hisoblanadi. Yorug’likni o’lchash uchun ekspononometr degan qurilma mavjud va bundan asosan plyonkali fotoaparatlarda tasvirga olishda foydalanilgan. Eksponometr hozirgi zamonaviy raqamli fotoaparatlarning o’zida joylashgan. Eksponometr– fotografiyada foto ekspozisiyani yorug’lik sezgir materialning yoritilganligi bilan uning yoritilish vaqti ko’paytmasi)ni aniqlash uchun mo’ljallangan qurilma.



Eksponometrdan qanday foydalanish kerak?

Eng avvalo eksponometrning dumaloq plastik qopqoqchasi ochiqligiga ishonch hosil qilinadi.

So’ngra eksponometrga fotoapparatdagi sur’atga olish uchun o‘rnatilgan ISO ko‘rsatkichi kiritiladi. Masalan: fotoapparatda ISO 200 ko‘rsatilgan bo‘lsa, ekponometrga ham ISO 200 ko‘rsatkichi kiritiladi. Eksponometr ob’ektning eng yorug’ hamda eng qorong’u joyiga nisbatan to’girlanadi va unda ko’ringan sozlamalarni fotoaparatga kiritiladi.

Agar yoritish sharoiti o‘zgarsa eksponometrdan qayta foydalanib videshka va diafragmaning yangi ko‘rsatkichini belgilash kerak bo’ladi. Professional fotograflar zamonaviy raqamli fotoaparatlardan foydalansalarda aparatning o’zida eksponometr bo’lsa ham fotoelektrik eksponometrlarni ishlatishni avzal ko’radilar, chunki bir necha yoritish qurilmalaridan, softbokslardan va aks ettirgichlardan foydalaniladigan studiyalarda ekspozitsiyani to‘g‘ri sozlash uchun yorug‘lik miqdorini o‘lchash mushkul hisoblanadi. Ular fotoapparatga o‘rnatilgan eksponometr studiya sharoitida bu muammoni yaxshi hal qila olmasligini bilganliklari bois ushbu qurilmadan foydalanadilar.



Ekspozitsion vilka (breketing ekspozitsiyasi).

Yoritishning murakkab sharoitlarida yoki fotosuratchi ekspozitsiyaning to‘g‘ri sozlanganligiga ishonch hosil qilmaganda, professionallar fotoapparatning qurilgan funksiyalaridan foydalanishadi, u ekspozitsion vilka yoki breketing ekspozitsiyasi deb ataladi. Bir nechta ekspozitsiyaning aniq tasvirlarni (beshtagacha) olish imkonini beradigan rejimdir (ba’zi birlari qoraroq, ba’zilari yorug‘roq). Ushbu funksiyadan foydalanganda birinchi tasvir avtomatik tanlangan ekspozitsiya qiymatlari bilan qilinadi, ikkinchi tasvir uchun yetarli bo‘lmagan ekspozitsiya beriladi, uchinchi tasvir uchun esa- bir oz ortiqcharoq. Shunday qilib fotoapparat tomonidan avtomatik tanlangan ekspozitsiya qiymatining bir oz ko‘p va bir oz kamroq qiymati ishlatiladi. Bunday rejimning qo‘llanilishi to‘g‘ri ekspozitsiyali suratga olish imkoniyatini oshiradi.



Ekspozitsiya korreksiyasi: ba’zan yirik planda o‘simliklarni s’yomka qilishda ranglar ancha nursiz bo‘lib qoladi. Gullarning ajoyib ranglari kadrda yorqin bo‘lishi uchun to‘g‘ri ekspozitsiya kerak bo‘ladi. Aynan ekspozitsiya aniqlashida hatolar yoki noaniqliklar fotografiyadagi ranglar xira bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ekspokorreksiya funksiyasini ekspozitsiya biroz yorug‘roq bo‘lish uchun ishlating. Xususan, pushti yoki sariq ranglar s’emkalarda ular ko‘pincha asldagiga qaraganda to‘qroq bo‘ladi. Eskpozitsiyani plyusga 0,5 yoki 1 EV optimal ranglar aks ettirish uchun korreksiya qilish. Oq rangli gul barglari bilan esa ekspozitsiyani plyusga 1 – 1,5 EV oshirishga to‘g‘ri keladi.

Ba’zi hollarda, masalan orqa fon soyada qolgan paytda to‘yingan qizil, moviy yoki boshqa ranglardagi gullarni tasvirga olingan vaqtda ekspozitsiyaning manfiy kompenasatsiya kerak bo‘ladi. Har qanday vaziyatda olingan natijani baholashga va eng qulay variantlarni tanlash uchun ekspozitsiyaga o‘zgartirishlarni asta-sekin kiritishni tavsiya qilinadi. Ekspokorreksiya tasvir keskinligini oshirishga, kadrning o‘qib olish va qabul qilishni yaxshilaydi. Shuni ta’kidlash lozimki fotografda ekspozitsiya bilan asosiy qiyinchiliklar sariq yoki qizil ranglardagi gullar bilan paydo bo‘ladi. Ba’zan ushubu ranglar “xiralashib ketadi” yoki aksincha juda keskin bo‘lib ketadi. Shuning uchun ekspozitsiyaga tuzatishlar kiritishga juda e’tiborli bo‘lish kerak. Ranglarni aks ettirish bilan muammolar bo‘lmasligi uchun, ba’zi o‘simliklarni oq-qora variantlarda tasvirga tushirish mumkin. Ba’zan monoxromli fotoda gullar juda qiziqarli shaklda bo‘lib ko’rinadi.
Download 19.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling