El ardog`idagi shoir va yozuvchilar


Download 19.37 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi19.37 Kb.
#1263978
Bog'liq
adiblar


El ardog`idagi shoir va yozuvchilar



  1. 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlog'ida tug'ilgan. 1971-yili o'rta maktabni tugatgach, Respublika rus tili va adabiyoti institutida tahsil oladi. (M.Yu)

  2. Barcha tengdoshlari singari u ham urushdan keyingi turmush qiyinchiliklarini boshidan kechirgan. Oilada besh farzand boʻlib u eng kenja farzand boʻlgan. Bo`lajak qalam sohibi maktabga bormay turiboq, dars tayyorlab oʻtirgan akalari va opalari yonida savodni oʻzlashtirgan. Ukasining kitobga boʻlgan ixlosini sezgan akalari unga — Mard yigit ertaklar toʻplamini sovgʻa qilishadi va ushbu kitobni hozirga qadar eʼzozlab saqlashini aytgan. (T.M)

  3. 21 martda Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko‘z qishlog‘ida dunyoga keldi. 1958 yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan tamomlagan Oripov Toshkent Milliy universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirib, uni ham 1963 yilda imtiyozli diplom bilan yakunlaydi. (A.O)

  4. 936-yilning 28-dekabrida Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida tugʻilgan.[4] Oʻqituvchi boʻlib ishlagan otasi Choʻyanboy Vohidov Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, qaytib kelganidan keyin vafot etgan. Vohidov oʻsha paytda toʻqqiz yoshda boʻlgan. Vohidov oʻsha davr qiyinchiliklarini shunday eslaydi:




    Otam frontda ekanida onam qishloq kengashida kotiba boʻlib ishlar, qiyinchilik bilan kun kechirar edik. Joʻxori poyasini shimib tilimni qonatganim, bolalarga qoʻshilib kunjara yeganim uchun onam yuzimga shapaloq urgani va oʻzi kechgacha yigʻlaganini unutmayman. (E.V)

  5. ilk sheʼrlari oʻquvchilik yillarida Yangiyer tuman gazetada bosilgan (1964). Shundan keyin uning „Ilk muhabbat“ (1968), „Oq olmalar“ «Yuragimning og‘riq nuqtalari» to‘plamiga kirgan maqolalarida zamonamizning dolzarb muammolari haqida mushohada yuritiladi. U o‘zining «Muqaddas ayol»  she’riy to`plami bilan ham mashhur. (H.X)

  6. U “Oʻtmishdan ertaklar” qissasi uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. Mustaqillik yillarida oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan. Hikoyanavis deb tanilgan ijodkor? (A.Q)

  7. sheʼriy asarlari „Oʻzbek yosh shoirlari“, „Uygʻonish“ (1922), „Buloqlar“ (1923), „Tong sirlari“ (1926) va „Soz“ (1935) toʻplamlarida, shuningdek, turli gazeta va jurnallarda eʼlon qilishgan. Ular gʻoyaviy-tematik yoʻnalishiga koʻra 2 guruhga ajraladi: sof lirika va ijtimoiy-siyosiy lirika. Ishqiy kechinma va tabiat manzaralari tasvirlangan sheʼrlarida U jahon lirik sheʼriyatining mumtoz vakillari darajasiga koʻtarilgan. Sheʼrlari lirik qahramonning boy va goʻzal ruhiy olamini, tabiat manzarasini, tabiatda kechayotgan jarayonlarni katta mahorat bilan aks ettirgan. „Goʻzal“, „Sezgi“, „Sirlardan“, „Men shoirmi?“ singari sheʼrlari bilan barmoq vazniga asoslangan yangi oʻzbek sheʼriyatini yuksak taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi. (Cho`lpon)

  8. Boshing egib, ta'zim ayla, shukrona ayt, Seni guldek erkalagan chaman uchun. Osmonlarda yurgan bo'lsang, tuproqqa qayt, Aytgil, do'stimnima qildik Vatan .. She’rining muallifi kim? (Iqbol Mirzo)

  9. Orif oqsoqol, Husan Duma, Komil tabib kabi obrazlarni yoritib bergan. Ayniqsa, Orif oqsoqol obrazi romanga koʻrk bagʻishlaydi. Uning insonparvarligi, odamlar orasida qozongan obroʻ-eʼtibori, eng ogʻir damlarda qiyinchiliklarni yengib oʻtishga kuch topishi bilan oʻquvchi xotirasiga muhrlanadi. U donishmand, tajribali, hayotning achchiq-chuchugini tatib koʻrgan oʻzbek qariyalariga oʻxshab har bir ishda tashabbuskorlikni oʻz qoʻliga oladi. Shu bilan birga asarda Robiya ismli ayol qahramon ham mavjud. Qaysi asar haqida(Ikki eshik orasi, O`tkir Hoshimov)

  10. NA' MATAK Nafis chayqladi bir tup na'matak
    Yuksakda, shamolning belanchagida,
    Quyoshga ko'tarib bir savat oq gul,
    Viqor-la o'shshaygan qoya labida,
    Nafis chayqaladi bir tup na'matak... muallifi kim (Oybek)


Download 19.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling