Elektr xavfsizligi qoidalari va mohiyati. Reja
Download 25.9 Kb.
|
Elektr xavfsizligi qoidalari va mohiyati
Elektr xavfsizligi qoidalari va mohiyati. REJA: 1. Elektr xavfsizligi qoidalari va mohiyati. 2. Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilishdaxavfsizlik texnikasi qoidalari. 3. Energetika ob’ektlarida elektr montaj ishlarini olib borishda xavfsizlik texnikasi qoidalari. 1. Elektr xavfsizligi qoidalari va mohiyati. Elektr uskunalarining tuzilish qoidalarining (EUTQ) birinchi bo‘limida tariflar, qo’llanilish sohalari va elektr uskunalarining tuzilishi bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalar berilgan. Bo‘limning boblarida qo’yidagi masalalar ko‘rilgan: elektr ta’minoti va elektrtarmoqlari; o‘tkazgichlarni qizish, tokning iqtisodiy zichligi va tojlanish shartlari bo‘yicha tanlash; elektr apparatlari va o‘tkazgichlarni qisqa tutashuv shartlari bo‘yicha tanlash; elektr energiyasini hisoblash; elektr kattaliklarni o‘lchash; zaminlash va elektr xavfsizligining ximoya tadbirlari; qabul qilish va topshirish sinovlarining me’yorlari. Asos sifatida EUTK ning 6 – nashri (M.: Energoatomizdat,1987g.) qabul qilingan va O’zekiston Respublikasi qonunlari, GOST talablari, “Uzbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasining yo’riqnoma xujjatlari, UzRarxitektura va kurilish davlat qumitasining kursatmalari va KMK koidalariga binoan qayta ishlangan va tuldirilgan. “Elektr uskunalarining tuzilish qoidalari”ning ushbu nashri (1-bo‘lim) “O‘zdavenergonazorat” davlat agentligi tamonidan Toshkent Davlat Texnika Universiteti O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonuni qaytlari, “Energiyadan ratsional foydalanish xaqida”, “Meyoriyxukukiyaktlarxaqida” va boshka qonunlarga moslab ishlab chiqildi. “Koidalarni” ishlab chiqishda quyidagi mualliflar jamoasi qatnashdilar: t.f.d. T.M. Kodirov X.G. Karimov, t.f.n. A.G. Saidxodjaev, I.X. Siddikov, T. SH. Goipov, E.G. Usmanov EUTQ ning 1-bo‘limida asosiy ta’riflar bayon etiladi, qoidalarning qullanish soxalari kursatiladi va quyidagi masalalar yoritiladi: elektr ta’minoti va elektr tarmoqlari; o‘tkazgichlar va elektr apparatlarini tanlash; elektrenergiyani xisobga olish va elektr kattaliklarni o‘lchash; zaminlash va elektr xavfsizligining ximoya tadbirlari; elektr jixozlarini sinash me’yorlari. Ushbu qoyidalarda O‘zbekiston Respublikasining elektr ta’minoti tizimlarida foydalanmaydigan elektr jixozlariga taaluqli bulgan materiallar tushirib qoldirilgan. Oltinchi bob paragraflarida avariya xodisalarining zamonaviy, ko’p kanalli raqamli qaydetgichlaridan foydalanish xisobga olingan. Sakkizinchi bobga O‘zbekiston Respublikasining energetika tizimida qullanilayotgan vakuumli va elegazli uzgichlarning sinash me’yolari kiritilgan. EUTKning birinchi bulimini tayerlashda «Uzbekenergo» DAK (Raimov R.O.) korxonalari ORGRESOAJ (Umirov R.S.), «Gidroloyixa» OAJ (Mirzaev F.T.), «Uzstandart» (Buriev R.A.) agentligi, UzR arxitektura va qurilish buyicha davlat qumitasi (Toxtaev A.R.) UzRqishloq va suv xujaligi vazirligi (Juraev A.M.), UzR mexnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi (Abidov) va UzR IIVEXBB (Kuldoshev A.X.) larning muloxaza va takliflari hisobga olingan. EUTQda quyidagicha nomerlash qabul qilingan: paragraflar uchun – bo‘lim, boblar, paragrafnomeri, bobuchun – bo‘lim, bobnomeri. Masalan, 1.5.22 - 1- bo‘lim5-bob22-§nibildiradi. Qoidalarning talablari barcha tashkilotlar uchun, egalik turidan qat’iy nazar, majburiyhisoblanadi. EUTQ mazkur bo‘limi «Uzbekenergo» DAK, «Uzstandart» agentligi, UzR arxitektura va ko‘rilish bo‘yicha davlat qumitasi, UzR IIV yong’in xavfsizligi bosh boshqarmasi, UzR monopoliyadan chiqarish va konkurensiyani rivojlantirish bo‘yicha davlat qumitasi, UzR mehnat va axolini ijtimoiy himoyalash vazirligi bilan kelishilgan. Qoyidalarning asosiy masalalari elektr energetikasida nazorat bo‘yicha «Uzdavenergonazorat» davlat agentligining B.M.Teshabaev, YA.N. Xojiev, B.X. Gulyamov, U.SH. Abdullaev, D.G. Soliev, R.K. Barnoev tarkibidagi redaksion kommisiyasi tamonidan kurib chiqilgan. Download 25.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling