Elektr xavfsizligi qoidalari va mohiyati. Reja


Download 25.9 Kb.
bet1/4
Sana09.06.2023
Hajmi25.9 Kb.
#1475697
  1   2   3   4
Bog'liq
Elektr xavfsizligi qoidalari va mohiyati


Elektr xavfsizligi qoidalari va mohiyati.
REJA:

1. Elektr xavfsizligi qoidalari va mohiyati.
2. Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilishdaxavfsizlik texnikasi
qoidalari.
3. Energetika ob’ektlarida elektr montaj ishlarini olib borishda
xavfsizlik texnikasi qoidalari.





1. Elektr xavfsizligi qoidalari va mohiyati.
Elektr uskunalarining tuzilish qoidalarining (EUTQ) birinchi bo‘limida
tariflar, qo’llanilish sohalari va elektr uskunalarining tuzilishi bo‘yicha umumiy
ko‘rsatmalar berilgan. Bo‘limning boblarida qo’yidagi masalalar ko‘rilgan: elektr
ta’minoti va elektrtarmoqlari; o‘tkazgichlarni qizish, tokning iqtisodiy zichligi va
tojlanish shartlari bo‘yicha tanlash; elektr apparatlari va o‘tkazgichlarni qisqa
tutashuv shartlari bo‘yicha tanlash; elektr energiyasini hisoblash; elektr
kattaliklarni o‘lchash; zaminlash va elektr xavfsizligining ximoya tadbirlari; qabul
qilish va topshirish sinovlarining me’yorlari.
Asos sifatida EUTK ning 6 – nashri (M.: Energoatomizdat,1987g.) qabul qilingan
va O’zekiston Respublikasi qonunlari, GOST talablari, “Uzbekenergo” davlat
aksiyadorlik kompaniyasining yo’riqnoma xujjatlari, UzRarxitektura va kurilish
davlat qumitasining kursatmalari va KMK koidalariga binoan qayta ishlangan va
tuldirilgan.
“Elektr uskunalarining tuzilish qoidalari”ning ushbu nashri (1-bo‘lim)
“O‘zdavenergonazorat” davlat agentligi tamonidan Toshkent Davlat Texnika
Universiteti O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonuni qaytlari,
“Energiyadan ratsional foydalanish xaqida”, “Meyoriyxukukiyaktlarxaqida” va
boshka qonunlarga moslab ishlab chiqildi.
“Koidalarni” ishlab chiqishda quyidagi mualliflar jamoasi qatnashdilar:
t.f.d. T.M. Kodirov X.G. Karimov, t.f.n. A.G. Saidxodjaev, I.X. Siddikov, T. SH.
Goipov, E.G. Usmanov
EUTQ ning 1-bo‘limida asosiy ta’riflar bayon etiladi, qoidalarning qullanish
soxalari kursatiladi va quyidagi masalalar yoritiladi: elektr ta’minoti va elektr
tarmoqlari; o‘tkazgichlar va elektr apparatlarini tanlash; elektrenergiyani xisobga
olish va elektr kattaliklarni o‘lchash; zaminlash va elektr xavfsizligining ximoya
tadbirlari; elektr jixozlarini sinash me’yorlari.
Ushbu qoyidalarda O‘zbekiston Respublikasining elektr ta’minoti tizimlarida
foydalanmaydigan elektr jixozlariga taaluqli bulgan materiallar tushirib
qoldirilgan. Oltinchi bob paragraflarida avariya xodisalarining zamonaviy, ko’p
kanalli raqamli qaydetgichlaridan foydalanish xisobga olingan. Sakkizinchi bobga
O‘zbekiston Respublikasining energetika tizimida qullanilayotgan vakuumli va
elegazli uzgichlarning sinash me’yolari kiritilgan.
EUTKning birinchi bulimini tayerlashda «Uzbekenergo» DAK (Raimov R.O.)
korxonalari ORGRESOAJ (Umirov R.S.), «Gidroloyixa» OAJ (Mirzaev F.T.),
«Uzstandart» (Buriev R.A.) agentligi, UzR arxitektura va qurilish buyicha davlat
qumitasi (Toxtaev A.R.) UzRqishloq va suv xujaligi vazirligi (Juraev A.M.), UzR
mexnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi (Abidov) va UzR IIVEXBB
(Kuldoshev A.X.) larning muloxaza va takliflari hisobga olingan.
EUTQda quyidagicha nomerlash qabul qilingan: paragraflar uchun – bo‘lim,
boblar, paragrafnomeri, bobuchun – bo‘lim, bobnomeri. Masalan, 1.5.22 - 1-
bo‘lim5-bob22-§nibildiradi.
Qoidalarning talablari barcha tashkilotlar uchun, egalik turidan qat’iy nazar,
majburiyhisoblanadi.
EUTQ mazkur bo‘limi «Uzbekenergo» DAK, «Uzstandart» agentligi, UzR
arxitektura va ko‘rilish bo‘yicha davlat qumitasi, UzR IIV yong’in xavfsizligi
bosh boshqarmasi, UzR monopoliyadan chiqarish va konkurensiyani rivojlantirish
bo‘yicha davlat qumitasi, UzR mehnat va axolini ijtimoiy himoyalash vazirligi
bilan kelishilgan.
Qoyidalarning asosiy masalalari elektr energetikasida nazorat bo‘yicha
«Uzdavenergonazorat» davlat agentligining B.M.Teshabaev, YA.N. Xojiev,
B.X. Gulyamov, U.SH. Abdullaev, D.G. Soliev, R.K. Barnoev tarkibidagi
redaksion kommisiyasi tamonidan kurib chiqilgan.


Download 25.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling