Elektr xavsizligi Yong`in xavsizlik qoidalari


Download 0.68 Mb.
bet1/6
Sana12.10.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1699235
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Temur Qurbonov


Mundarija:

  1. Kirish

    1. Elektr xavsizligi

    2. Yong`in xavsizlik qoidalari

  2. Asosiy qism

    1. Ma`lumot uzatish vositasi haqida tushuncha

    2. Tarmoq topologiyasi turlari va ularning xususiyatlari

    3. Axborotni himoya qilish tizimini amalga oshirish

  3. Xulosa

  4. Foydalanilgan adabiyot

Kirish
Hozirgi paytda elektr toki xalq xoʻjaligining barcha sohalarida, kundalik turmushning barcha jabhalarida keng qoʻllanilmoqda. AT korxonalarida elektr tokidan jarohatlanish juda koʻp uchramasada, lekin barcha oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisalarning 50% elektr toki urishi oqibatida boʻlganligi qayd etiladi. Bundan tashqari koʻpincha elektr tokidan notoʻgʻri foydalanish yongʻin va portlashga olib keladi. Yuqorida keltirilganlarning xammasi elektr tokidan saqlanish usullarini oʻrganish naqadar ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi. Yong‘in juda qo‘rqinchli, chunki olov nafaqat avlodlar davomida to‘plangan mulkni, balki inson hayotini ham olib qo‘yishi mumkin. Sevimli odamingiz va siz ega bo‘lgan barcha mulkni yo‘qotish hatto qurilish bosqichida ham sodir bo‘lgan eng keng tarqalgan beparvolik bilan raqobatlasha oladimi? Vaziyat halokatli kuchayishidan oldin uning oldini olish oqilona bo‘lar edi.

    1. Elektr xavsizligi

Elektr tokining kishi organizmiga ta’siri Elektr toki organizm orqali oʻtganda issiqlik, elektrolitik va biologik ta’sir koʻrsatadi. Issiqlik ta’siri badanning ayrim joylarining kuyishi, qon tomirlari, asab va boshqa toʻqimalarning qizishi bilan xarakterlanadi. Elektrolitik ta’sir qonning va boshqa organik suyuqliklarning qurishiga va ularning fizik-ximik buzilishiga olib keladi. Elektr tokidan olingan jarohatlarni shartli ravishda mahalliy va umumiy turlarga boʻlish mumkin. Umumiy turini odatda tok urishi deyiladi. Mahalliy turlari organizmning ma’lum qismini elektr toki yoki elektr yoyi ta’sirida shikastlanishidir. Elektr tokidan kuyish badandan tok oʻtganda hamda elektr yoyi ta’sirida boʻlishi mumkin. Birinchi holatda jarohat nisbatan yengil oʻtadi. Bunda terining qizarishi, pufakchalar paydo boʻlishi kuzatiladi. Elektr yoyi ta’sirida boʻlgan kuyish odatda ancha ogʻir xarakterga ega boʻladi. Elektrooftalmiya – elektr yoyidan chiqadigan kuchli ultrabinafsha nurlar oqimining koʻzga ta’siri natijasida tashqi pardasining yalligʻlanishidir. Odatda kasallik bir necha kun 97 davom etadi. Koʻzning muguz pardasi jarohatlanganda davolash murakkablashadi va uzoq davom etadi. Kishining elektr tokidan jarohatlanishi qator omillarga ega: tok kuchi, kuchlanish, chastotasi va uning turi, tokning organizmdan oʻtish yoʻli, ta’sirning davomiyligi hamda kishi tanasining xususiyatlariga bogʻliqdir.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling