Elektr yuritma mexanikasi. Turli texnologik jarayonlarda qo‘l anilasdigan ish mashinalarining mexanik tavsiflari
Download 93.18 Kb.
|
Yоrdamchi mexanizmlarining elektr yuritmalarini boshqarish sxemalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr yuritma” to‘g‘risida tushuncha.
Reja
2 Turli texnologik jarayonlarda qo‘l anilasdigan ish mashinalarining mexanik tavsiflari. 3 Elektr yuritmalarning ish rejimlari. 4 Uzoq, qisqa va qaytalanuvchi – qisqa ish rejimlari; 5 Elektr yuritmalarni tormozlash usullari. 6 Xulosa 7 Foydalandan adabiyotlar “Elektr yuritma” to‘g‘risida tushuncha. Suv va bug‘ turbinalari hamda shamol, ichki yonuv va elektr motorlari bilan harakatlanuvchi yuritmalar mexanik yuritmalar deb ataladi. Mexanik yuritmalardan eng afzali elektr motorli yuritma bo‘lgani uchun statsionar ish mashinasi va mexanizmlarining asosiy yuritmasi sifatida elektr motorli yuritmadan foydalaniladi. Elektr motorli yuritma qisqacha elektr yuritma deb ataladi. Elektr yuritma texnologik mexanizmlarni ishchi organini harakatga keltirish uchun xizmat qiladi. Elektr yuritma deb elektr motor, uzatuvchi mexanizm va ishchi organdan iborat umumlashgan qurilmaga aytiladi. Avtomatlashgan elektr yuritma tarkibiga yana elektr energiya o’zgartkichi, datchiklar va elektr yuritmani boshqarish tizimi kiradi. Bundan tashqari elektr yuritma tarkibiga aniqlik va tezlikni oshiradigan kushimcha elementlar kiritilishi mumkin. Masalan, EHM, raqamli datchiklar, muvofiqlashtiruvchi elementlar qo’l anilishi mumkin. Elektr yuritma bilan elektr energiyasini mexanik energiyasiga aylantirib, bu mexanik harakatni elektr usulda boshqarish imkoni olinadi. Demak, elektr yuritma asosan elektr motori, uzatma va motorni boshqaruvchi elektr jihozlardan iborat bo‘ladi. Respublikamiz suv xo‘jaligi tizimida hozirgi kunda ko’plab nasos stansiyalari va vertikal quduqlardagi nasos agregatlari ishlab turibdi. Ular yordamida 2100 ming gektardan ziyod maydonlar sug‘oriladi. Ishlab chiqarishning energetik asosini elektr yuritma tashkil qilib, uning texnikaviy darajasi texnologik qurilma samaradorligini belgilaydi. Elektr yuritmaning taraqqiyoti, motorlar, uskuna-jihozlar, o‘zgartgichlar, analog va raqamli boshqaruv vositalarini yanada takomil ashtirish hisobiga uning tejamliligi va ishonchliligini orttirishni taqozo etadi. Hozirda ushbu jarayonda, mikroprotsessorlarning ko‘plab qo‘l anilishi, elektr yuritmalarning funktsional imkoniyatlarini sezilarli kengaytiradi va uning texnikaviy hamda iqtisodiy tavsiflarini yaxshilaydi. Elektr yuritma bajarayotgan funktsiyalarining kengayishi va murakkablashishi, unda boshqarishning yangi vositalarini qo‘l anilishi, uning loyihalashtirish, yig‘ish, sozlash va ishlatish bilan mashg‘ul bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashning yuqori darajasini talab qiladi. Har bir takomil ashgan mashina uchta asosiy qismdan, ya’ni motor-mashina, uzatma va ish quroli - mashinadan iborat bo‘ladi. Bunday takomillashgan mashina ishlab chiqarish agregati deb, uning uchinchi qismi ish quroli - mashina esa ish mashinasi yoki ish mexanizmi deyiladi. Download 93.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling