Elektrodinamika
Download 248.7 Kb. Pdf ko'rish
|
elektrodinamika2
6 30.04.1999, fj g'arb, fj g'arb, Yurak, 12-13 amaliyot, English 2, Презентация Microsoft PowerPoint, Презентация Microsoft PowerPoint, buxoro haqida slayd, Narxning mohiyati va shakllanish xususiyatlari ALI, MUS. ISH, Nurmatova Mashhura. PISA, Nurmatova, Kurs ishi(ODT). Jo'rayeva Gulchexra, Kurs ishi(ODT). Jo'rayeva Gulchexra
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzuvchi: M. Asqarov
Elektrodinamika 1. To’rtta bir xil musbat q=2·10 -5 C zaryadlar to’rtta bir xil l=20 sm uzunlikdagi vaznsiz cho’zilmas izolyator iplar yordamida ketma-ket tutashtirildi. Iplardagi taranglik kuchini toping (N). A) 144 B) 122 C) 90 D) 102 2. Absolyut qiymati q=10 -9 C bo’lgan har xil ishorali ikkita zaryad dipolni tashkil etadi. Zaryadlar orasidagi masofa l=12 sm. Bu masofa o’rtasidan unga perpendikulyar o’tkazilgan to’g’ri chiziqda undan r=8 sm uzoqlikda yotuvchi nuqtadagi elektr maydon kuchlanganligini toping(V/m). A) 900 B) 540 C) 1800 D) 1080 3. Radiusi R=10 sm bo’lgan metal sharga q=10 mkC zaryad berilgan. Shar zaryadini 10 % ga oshirish uchun qanday minimal ish bajariladi(J)? A) 0,5 B) 1 C) 2 D) 4 4. Bir-biriga nisbatan nisbiy tezligi v n =1,6 km/s bo’lgan ikkita elektron cheksizlikdan bir-biriga qanday eng minimal masofagacha yaqinlashishi mumkin (mm)? A) 0,4 B) 0,1 C) 1 D) 0,2 5. Muntazam uchburchakning uchlariga bir xil musbat q zaryad joylashgan. Uchburchakning markaziga qanday modulli manfiy zaryad joylashtirilsa, zaryadlar sistemasi muvozanatda bo’ladi? A) √ B) √ C) D) √ 6. Tomoni 10 sm bo’lgan muntazam oltiburchakning uchlariga tartib bilan q, 2q, 3q, 4q, 5q, 6q zaryadlar joylashgan (q=0,1 mkC). Oltiburchak markazida joylashgan q zaryadga ta’sir etuvchi kuchni toping. A) 54 mN B) 45 mN C) 64 mN D) 0 7. Ikkita R va 2R radiusli metal sharchalar mos ravishda –q va +2q zaryadlarga ega. Sharchalar ingichka o’tkazgich ip bilan tutashtirildi va ajratildi. Bunda sistemaning potensial energiyasi qanday o’zgaradi? Sharchalar orasidagi masofa l>>R. A) 9 marta kamayadi B) 3 marta kamayadi C) 9 marta ortadi D) 8 marta kamayadi 8. Massasi 3000 kg bo’lgan lift 380 V kuchlanishda, FIK 60 % bo’lgan elektr dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Lift 49 s davomida 50 m balandlikka ko’tarildi. Agar elektr energiyaning narxi 10 so’m/kWsoat ga teng bo’lsa, sarf qilingan elektr energiya necha so’m turadi? A) 10 B) 15 C) 7 D) 5 9. Qarshiligi 25 Om bo’lgan rezistordagi tok kuchi I=2+6t 2 (A) qonuniyatga ko’ra o’zgaradi. 3–5 s vaqt oralig’ida rezistordan qancha zaryad o’tadi? A) 200 C B) 260 C D) 60 C D) 320 C 10. Radiusi R=10 sm bo’lgan metal shar bir jinsli q= +1 nC hajmiy zaryadga ega. Shar markazidan r=5 sm masofadagi elektr maydon kuchlanganligini aniqlang (V/m). A) 900 B) 450 C) 636 D) 0 11. Elektr maydonni +q zaryad hosil qilyapti. Uning maydoniga zaryadsiz metal sharcha kiritilsa, A nuqtadagi elektr maydon kuchlanganligi E va potensial φ qanday o’zgaradi? A) E ortadi, φ kamayadi B) E kamayadi, φ ortadi C) E va φ ortadi D) E va φ o’zgarmaydi 12. Massalari m 1 =75 g va m 2 =25 g, zaryadlari esa q 1 =–1,5 mC va q 2 =+1 mC bo’lgan ikki sharcha blok orqali o’tkazilgan ip bilan o’zaro bog’langan. Agar sharchalar sistemasi vertikal pastga yo’nalgan kuchlanganligi E=100 V/m bo’lgan bir jinsli elektrostatik maydonda joylashtirilgan bo’lsa, sharchalarning tezlanishini toping. Zaryadlangan sharchalar orasidagi o’zaro ta’sirni hisobga olmang. A) 5 B) 1,25 C) 2,5 D) 0 13. Rasmdagi sxemada kalit 1 holatdan 2 holatga o’tkazilsa, zanjirdan qanday issiqlik ajralib chiqadi? A) B) C) D) 0 14. Ikkita bir xil havo kondensatori ketma-ket ulanib, o’zgarmas kuchlanish manbaiga ulangan. Agar birinchi kondensator dielektrik singdiruvchanligi 4 ga teng bo’lgan suyuqlikka to’liq botirilsa, ikkinchi kondensatordagi kuchlanish qanday o’zgaradi? A) 1,6 marta kamayadi B) 4 marta ortadi C) 2 marta ortadi D) 1,6 marta ortadi 15. Ikkita q 1 =3·10 -4 C va q 2 =4·10 -4 C zaryadlar uchburchakning A va B uchlariga mahkamlangan. Uchinchi q 3 =2·10 -4 C zaryad m=20 g massaga ega bo’lib, u uchburchakning C uchida tutib turilibdi. Agar bu zaryad qo’yib yuborilsa, qanday maksimal tezlikka erishadi (m/s)? AC=5 sm, BC=6 sm, AB=7 sm. Og’irlik kuchini hisobga olmang. A) 153 B) 115 C) 135 D) 173 16. Zanjirning A va D nuqtalari orasidagi qarshilikning B va C nuqtalar orasidagi qarshilikka nisbatini toping. Har bir rezistorning qarshiligi R ga teng. A) 1/2 B) 2 C) 4 D) 1 17. Akkumulyatorga o’zaro ketma-ket ulangan ikkita voltmetr ulanganida, ular va kuchlanishni ko’rsatdi. Agar faqat birinchi voltmetr ulanganda u kuchlanishni ko’rsatsa, akkumulyatorning EYuK nimaga teng bo’ladi (V)? A) 20,4 B) 19 C) 21 D) 19,5 18. Ichki qarshiligi 0,01 Om bo’lgan batareyaga qarshiligi 10 Om bo’lgan rezistor ulangan. Agar bu rezistorga voltmetrni parallel hamda ketma-ket ulanganda ham voltmetr ko’rsatkichi bir xil bo’lsa, voltmetrning ichki qarshiligi qanday (kOm)? A) 0,1 B) 1 C) 100 D) 10 19. Elektr o’tkazuvchan S=100 sm 2 yuzali ikkita porshen P 0 =100 kPa atmosfera bosim ostida havo to’ldirilgan izolyator trubkada yassi kondensatorni tashkil etadi. Agar porshenlarga har xil ishorali q=1,33·10 -4 C zaryad berilsa, ular orasidagi masofa necha marta kamayadi? Havoning temperaturasi o’zgarmas, ishqalanish yo’q. A) 2 marta B) 4 marta C) 2 marta D) 6 marta 20. Nima uchun manbaga ulangan kondensatorning qoplamalari bir-biridan uzoqlashtirilsa energiyasi kamayadi, zaryadlanib, manbadan uzilgan kondensatorda esa energiya ortadi? A) chunki manbaga ulangan kondensator energiyasi W ~ d, uzilgan holda esa W ~ 1/d bo’ladi B) chunki manbaga ulangan kondensator energiyasi W ~ 1/C, uzilgan holda esa W ~ C bo’ladi C) chunki manbaga ulangan kondensator energiyasi W ~ C, uzilgan holda esa W ~ 1/C bo’ladi D) chunki manbaga ulangan kondensatorda q=const, uzilgan holda esa U=const bo’ladi 21. Ikkita resiztorning ketma-ket ulangandagi qarshiligi, ular parallel ulangandagi qarshilikdan 6,25 marta katta bo’lsa, rezistorlarning qarshiliklari qanday nisbatda? A) 1:4 B) 1:2 C) 2:3 D) 3:4 22. R radiusli metal shar bir jinsli hajmiy zaryadga ega. Quyidagi qaysi grafik sharning elektr maydon kuchlanganligining masofaga bog’liqligini ifodalaydi? 23. Elektr qarshilikning birligini XBS ning asosiy birliklari orqali ifodalang. A) kg 2 ·s 3 ·A -1 ·m -2 B) kg·m 2 ·A -2 ·s -3 C) kg·m 3 ·A -2 ·s -2 D) kg·m·A -3 ·s -3 24. O’tkazgich uzunasiga shunday ikkiga ajratildiki, ularning ko’ndalang kesim yuzalari 2:3 nisbatda bo’ldi. Shu ikki bo’lak ketma-ket ulansa, keyingi qarshilik dastlabkisiga nisbatan qanday o’zgaradi? A) 25/6 marta ortadi B) 25/12 marta ortadi C) 25/6 marta kamayadi D) 3/2 marta ortadi 25. Ikkita bir xil musbat q zaryad ma’lum bir masofada joylashgan. Ularni tatashtiruvchi kesma o’rtasiga qanday zaryad joylashtirilsa, bu ikki zaryadlarning har biriga ta’sir kuchi nolga teng bo’ladi? A) –q/2 B) –q C) –q/4 D) –q/3 26. Sig’imi C bo’lgan havo kondensatori dielektrik singdiruvchanligi ε bo’lgan dielektrik bilan to’ldirildi. Bunday batareyaning sig’imi yana C bo’lishi uchun shu kondensatorga qanday sig’imli kondensator ulash kerak? A) B) C) D) 27. Birinchi qarshilik ulangan akkumulyatorning FIK 60% ga teng. Ikkinchi qarshilik ulanganda esa FIK 80% ga teng. Agar bu ikki qarshilik manbaga parallel ulansa, uning FIK necha foiz bo’ladi? A) 48 B) 70 C) 68 D) 52 28. Yassi kondensator qoplamalari orasidagi fazo dielektrik singdiruvchanligi ε va solishtirma qarshiligi ρ bo’lgan dielektrik bilan to’ldirilgan. Agar kondensatorning sig’imi C bo’lsa, dielektrikning qarshiligini toping. A) B) C) D) 29. Protonlar oqimidan iborat tokning zichligi j=1 mkA/sm 2 bo’lib, bu oqimga R=10 sm radiusli metal shar to’liq tushirildi. Qancha vaqtdan keyin shar φ=220 V potensialgacha zaryadlanadi? Shar maydonining oqimga ta’siri hisobga olinmasin. A) t=4·10 3 s B) t=8·10 3 s C) t=8·10 4 s D) t=2·10 4 s 30. O’zgarmas tok manbaiga voltmetr o’zgaruvchan qarshilik orqali ulangan. Qarshilik 3 marta kamaytirilsa, voltmetr ko’rsatkichi 2 marta ortadi. Agar qarshilik nolgacha kamaytirilsa, voltmetrning ko’rsatkichi qanday o’zgaradi? A) 6 marta ortadi B) 4 marta ortadi C) 4 marta kamayadi D) 1,5 marta ortadi 31. Voltmetrga birinchi shunt ulanganda, uning o’lchov chegarasi n 1 marta ortadi. Ikkinchi shunt ulanganida esa n 2 marta ortadi. Agar bu shuntlar o’zaro parallel ulanib, keyin voltmetrga ulansa, uning o’lchov darajasi necha marta ortadi? A) B) C) D) 32. Ikkita q 1 =+20 nC va q 2 =–40 nC zaryadlar bir-biridan a=3 m masofada joylashgan. Elektr maydon potensiali nolga teng bo’lgan nuqtalarning geometrik o’rni qanday radiusli sferadan iborat? A) 2 m B) 3 m C) 1,5 m D) 1 m 33. Qarshiligi 15 Om bo’lgan rezistordagi tok kuchi 5 s da 0 dan 10 A gacha chiziqli ortdi. Dastlabki 3 s da rezistordan ajralib chiqadigan issiqlik miqdorini aniqlang (J). A) 405 B) 1125 C) 540 D) 562,5 34. Agar kub karkasning har bir qirrasining qarshiligi R ga teng bo’lsa, uning qo’shni uchlari orasidagi umumiy qarshilikni hisoblang. A) 5R/6 B) 6R/5 C) 7R/12 D) 7R/6 35. Uchta bir xil m=4 g massali sharchalar har biri uzunligi l=1 m bo’lgan ipak ip yordamida bir nuqtaga osilgan. Har ikki sharcha orasidagi masofa a=5 sm. Har bir sharchadagi zaryad miqdorini aniqlang (nC). A) 15 B) 9,5 C) 12 D) 13,5 36. Yassi kondensatorning qoplamalaridan biriga +q, ikkinchisiga +4q zaryad berilgan bo’lib, ularning o’lchami oraliq masofadan ko’p marta katta. Kondensator qoplamalari orasidagi potensiallar farqini aniqlang. Har bir qoplama yuzasi S, ular orasidagi masofa d ga teng. A) B) C) D) Tuzuvchi: M. Asqarov Download 248.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling