Elektrometrik kuchaytirgich yordamida elektrostatikaning asosiy tajribalarini bajarish


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
Sana30.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1413938


8-laboratoriya ishi 
ELEKTROMETRIK KUCHAYTIRGICH YORDAMIDA ELEKTROSTATIKANING 
ASOSIY TAJRIBALARINI BAJARISH. 
Tajriba maqsadi: Ikki ishqalanish tayoqchasini bir-biriga ta′sir yetkazganda 
zaryadlarning ajralishini tekshirish. Ishqalanish tayoqchasi ishqalash folgasi bilan ishqalanganda 
zaryadlar ajralishini tekshirish. Ishqalanish tayoqchalari har xil folgalar bilan ishqalangandan 
keyin zaryadlangan tayoqchalarning qutblarini aniqlash. 
Kerakli asbob va jihozlar: Elektrometrik kuchaytirgich energiya manbai (53214) – 1 
ta, Energiya manbai 12 V AC yoki (562791) – 1 ta, Energiya manbai, 450 V, 230 V (52227) – 
1ta, Juft kabellar 100 sm, qizil/ koʻk (50146) – 1ta, Ulash tayoqchasi (53216) – 1ta, Multimetr 
LDanalog 20 (531120) – 1ta, Faradey chashkasi (54612) – 1ta, Tutkich Shtepsel (590011) – 
1ta, Kondensator, 1 nF, STE 2/19 (57825) – 1ta, Kondensator 10 nF, STE 2/19 (578 10) – 1ta, 
PVC and acrylic tayoqchalari (54100) – 1ta, Teri (54121) – 1ta, Polletilen ishqalash folgasi 
(20070750) – 1ta, Induksion tarelka (54251) – 1ta, Juft kabellar 100 sm, qizil/koʻk (501 46) – 
1ta, Ulash kabeli 50 sm qora (500424) – 1ta. 
Qoʻshimcha rekomendatsiya: tutamaydigon olov yani: Butan gaz pechkasi (666711) – 1ta, 
Butan baloni, 190 g (666712) – 1ta. 
Qisqacha nazariya: Zaryadlar ikki materialni bir-biriga ishqalaganda yoki ta’sir 
etkazganda hosil boʻlishi mumkin. Tajribalarga koʻra materiallarning biri musbat ikkinchi manfiy 
zaryadga ega boʻladi. Bundan tashqari hosil boʻlgan zaryadlarning miqdori bir-biriga teng boʻladi. 
Agar materiallardan hosil boʻlgan zaryadlarni bir vaqtda oʻlchasak ular bir-birini 
kompensatsiyalaydi. Material zaryadining ishorasi bir materialning oʻzidan bogʻliq emas, yani 
ikkinchi materialning xossalariga ham bogʻliq. Ikki material bir-biriga ishqalanganida 
zaryadlarning hosil boʻlishini aniqlash uchun elektrometrik kuchaytirgichlardan foydalaniladi. Bu 
qurilmada juda katta kirish qarshiligiga (10
13
Om) va juda kichik chiqish qarshiligiga (1 Om) ga 
ega boʻlgan asbob hisoblanadi. Kuchaytirgichning kirishi 2 ta sigʻimiy ulash yoʻli bilan va 
zaryadlarning toʻplash uchun Faradey chashkasidan foydalanib asbob yordamida juda kam 
miqdordagi zaryadlarni oʻlchash imkonini beradi. Shunday qilib tekizish va ishqalash yoʻli bilan 
hosil qilingan zaryadlar yuqori aniqlik bilan topilishi mumkin. 
450 V li energiya manbai va 12 V AC energiya manbaiga ega boʻlgan tajriba qurilmalari 
mos ravishda 8.1-rasm va 8.2-rasmda koʻrsatilgan. Elektrometr kuchaytirgich yordamida 


zaryadni qanday oʻlchash mumkinligi 53214 koʻrsatmalar toʻplamidan bilib olishingiz 
mumkin. 

 
8.1-rasm. Tajriba qurilmasi 8.2-rasm. Energiya manbaiga ega 
boʻlgan tajriba qurilmasi. 
Tajribani oʻtkazish tartibi: 
Eslatma: Aniq tajribaviy natijalarga erishish uchun tajriba oʻtkazishdan oldin 
ishqalanish tayoqchasini va Faradey chashkasini zaryadsizlantiring. 
Koʻrsatmalar: Ishqalanish tayoqchasini zaryadsizlantirish uchun uni bor uzunligi boicha 
bir necha marta uncha yorqin boʻlmagan olov ustidan harakatlantirib oʻtkazing. 
Faradey chashkasini zaryadsizlantirish uchun unga ulash tayoqchasini to multimetr U= 0 
V koʻrsatguncha tekkizing. 

Zaryadsizlantirilgan ishqalanish tayoqchalarini bir-biriga bir necha marta ta’sir ettiring. 
Keyin ularni qoʻllaringizga ajratib oling. 

PVC tayoqchasini toʻrtdan bir qismini Faradey chashkasi ichiga kiriting va multimetr 
strelkasi ogʻishini kuzating. 

Huddi shu tajribani akrilik tayoqcha bilan ham oʻtkazing. 

Keyin ikkala tayoqchani bir vaqtda Faradey chashkasiga kiriting va multimetr ogʻishini 
yana kuzating. 
Induksion plastinka ishqalanish tayoqchasidan zaryadni Faradey chashkasiga oʻtkazishni 
namoyish qilish uchun foydalanish mumkin. Bunda sihqalanish tayoqchasini induksion 
plastinkaga tekkiziladi va induksion plastinkani Faradey chashkasiga kiritish bilan zaryadlar unga 
oʻtkazilishi va miqdori oʻlchashi mumkin. 
Sinash uchun savollar: 
1. Maydon tushunchasiga fizik mohiyatini tushuntiring. 
2. Elektrostatik maydon va unda bajarilgaan ish haqida gapiring. 
3. 
Ikki materialni bir-biriga ishqalaganda yoki ta’sir etkazilganda sodir boʻladigan jarayonni 
izohlang. 
4. 
Elektrometrik kuchaytirgich ishlash prinsipini tushuntirng. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling