Elektron ta'lim resurslarini yaratish ispring quizmaker dasturi


Download 1.49 Mb.
Sana01.06.2020
Hajmi1.49 Mb.
#112878
Bog'liq
Elektron ta'lim resurslarini yaratish

Elektron ta'lim resurslarini yaratish

ISPRING QUIZMAKER DASTURI

iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud: • taqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyati; • taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyati; • taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko‘ra olish, taqdimotga «himoya belgi»si qo‘yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina «aylantirilishi»; • video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;

• elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki masofaviy o‘qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun vosita o‘rnatilgan (Quiz tugmachasi); • masofaviy o‘qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC — mos keluvchi kurslarini yaratish; • taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API; • videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;

• YOUTUBEGA JOYLASHTIRILGAN ROLIKLARNI TAQDIMOT TARKIBIGA KIRITISH IMKONIYATI

EAT resurslari ichida kiruvchi ma’lumotnomalar va lug‘atlarni yaratish uchun iSpring Kinetics dasturini keltirish mumkin. iSpring Kineticsning quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud: • biror-bir fan bo‘yicha elektron ko‘rinishdagi qulay bo‘lgan glossariy, ma’lumotnoma yoki lug‘at yaratish; • vaqt shkalasini yaratish; • 3 o‘lchovli kitob yaratish; • FAQ yaratish mumkin.

iSpring Kinetics dastur imkoniyatlari EAT resurslari ichida kiruvchi elektron nazorat turlarini yaratish uchun iSpring QuizMaker dasturini keltirish mumkin. iSpring QuizMaker quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud: • tarmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptatsiyalashtirilgan testlarni yaratish) imkoniyati; • ikki, uch, to‘rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri to‘g‘ri, ikkitasi haqiqatga yaqinroq turidagi topshriqlari

• BIR NECHA TO‘G‘RI JAVOBLI YOPIQ TEST TOPSHIRIQLARI; • OCHIQ TEST TOPSHIRIQLARI; • O‘XSHASHLIKNI ANIQLASHGA YO‘NALTIRILGAN TOPSHIRIQLAR; • TO‘G‘RI KETMA-KETLIKNI ANIQLASHGA MO‘LJALLANGAN TOPSHIRIQLARNI YARATISH IMKONIYATI.

MYTESTX dasturi MYTEST dasturida test yaratish va uni o’tkazish jarayoni amalga oshirish, natijalarni yig’ish, va tahlil qilish ko’rsatilgan me’yor bo'yicha tahrirlash imkoniyati mavjud bo'lgan tizim bo'lib, u quyidagi komponentlardan iborat : 1. MYTESTEDITOR –.mtf formatida test yaratishda va tahrirlash komponenti 2. MYTESTSTUDENT – tarmoq serveriga joylashtirilgan testni o’tkazish jarayonini amalga oshirish komponenti 3. MYTESTSERVER – tarmoq serverida test o’tkazish jarayoni natijalari (yig’ish va tahlil qilish) jurnalini hosil qilish komponenti komponenti 4. MYTESTBUILDERSETUP –.mtf formatidagi testni . Exe formatiga o’tkazish va avtonom rejimda test o’tkazish boshqarish komponenti.

MytestX dasturining imkoniyatlari: • Dastur tarmoq orqali boshqarishingiz mumkin. Yaʼni Server kompyuter orqali test yechayotgan oʻquvchilarni qaysi savolni yechayotganini, qancha javobga toʻgʻri qanchasiga notoʻgʻri javob berganini, bitta savolgan qancha vaqtda javob berganigacha nazorat qilib tura olasiz. Yana qaysi oʻquvchi yechib boʻlsa shu oʻquvchi necha baho olganini bildirishnoma orqali bilib turasiz. • Test dasturini natijalarini saqlab qoʻyish • Test natijalarini html va txt dokument koʻrinishida eksport qilishingiz mumkin

• Test tuzishning turli usullari (bitta javob tanlash, bir nechta javob tanlash, ochiq test shaklida, ketma-ketlik, oʻng va chap mosligi v boshqa)dan foydalanib test tuzishingiz mumkin • Turli xil rasmlarni test savollariga joylashtirish mumkin • Turli xil matematik va kimyoviy formulalarni ham joylashtirish mumkin • Testni savollari va javoblarini oʻrnini tasodifiy tanlash yoʻli bilan tanlash imkoniyati mavjud. Bunda yonma-yon oʻtirgan oʻquvchi bir-biridan test javoblarini koʻchira olmaydi sababi savollar turli ketma-ketlikda tushadi va javoblar oʻrni ham turli ketma-ketlikda tushadi. • Savollarni cheklab qoʻyish imkoniyati mavjud. Masalan siz 45 ta test savollari tuzdiz lekin siz oʻquvchilardan faqat 20 tasini olmoqchisiz. Siz shu 45 ta savoldan tasodifiy 20 tasini olish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Kamchiliklari: • Test natijalarini Excel dasturiga export qilib boʻlmaydi. • Oʻquvchi test yechayotgan vaqtda bilmagan savolini oʻtkazib yuboa olmaydi • Oʻquvchi test yechayotganda test dasturidan chiqib ketsa oʻqituvchiga shu yechgan savoligacha boʻlgan javoblarni hisoblab baho chiqaradi. Koʻp hollarda 2 baho degan javob keladi. • Dasturni oʻzbekcha talqini yoʻq

Tamom


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling