Elementar mantiqiy funksiyalar. Mantiqiy elementlar


Download 117.17 Kb.
bet1/3
Sana14.12.2022
Hajmi117.17 Kb.
#1006541
  1   2   3
Bog'liq
Ravshanjon12


ELEMENTAR MANTIQIY FUNKSIYALAR. MANTIQIY ELEMENTLAR.
REJA:
1.Mantiq algebrasining asosiy tushunchasi.
2. Mantiqiy elementlar bajaradigan funksiyalar.
3. Asosiy mantiqiy elementlar.
4. Т-101 mantiqiy elementi.

5. Т-107 mantiqiy elementi.
6. Т-303 mantiqiy elementi.











    1. Mantiq algebrasining asosiy tushunchalari

Хalq xo’jaligining hamma tarmoqlarida mehnat unumdorligi bilan mos ravishda avtomatlashtirish darajasining o’sishi elektr qurilmalari sxemalarining murakkablashuviga olib keladi. Bu sxemalardagi asosiy qurilma rele hisoblanadi. U qoidaga binoan, elektr signallarining ko’payishi, kuchayishi va bloklash uchun xizmat qiladi. Relelar ishining ishonchligi esa yuqori emas. Relening qo’zg’aluvchan elementlari deyiladi, tebranishdan vintli birikmalarning mexanik mustaxkamligi buziladi, kontaktlar kuyadi va xokazo. Shuningdek tashqi omillar, ya’ni xaroratning ko’tarilishi, chang, agressiv muhit ta’siri metall narsalarning oksidlanishiga, elektr ulanishning buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari rele juda hajmdor qurilma. U ishlayotganda shovqin va tebranishlar tarqatadi. Ular katta og’irlikka va inersionlikka ega.
Zamonaviy elektronikada rele qurilmalari o’rniga ularning vazifasini to’la bajara oladigan kontaktsiz elementlar qo’llaniladi. Releli va kontaktsiz sxemalarda signalning o’tishi maxsus matematik apparat yordamida yoziladi. Bu to’g’rida quyida tushuncha beriladi. Mantiq algebrasi fikrlar orasidagi turli mantiqiy bog’lanishlarni o’rganadi va faqat ikkita qiymat xaqiqiy “I” va sohta “O” bilan ish ko’radi. Mantiq algebrasida uchta asosiy mantiqiy funksiya bor.

  1. Mantiqiy ko’paytiruv, ya’ni kon’yunksiya “VA”.

  2. Mantiqiy qo’shuv, ya’ni diz’yunksiya “YoKI”.

  3. Mantiqiy inkor “YO’Q”.

Logika algebrasi - bu 0 va 1 qiymatlarini qabul qilib, o’zgaruvchan kattaliklar o’rtasidagi bog’liqliqni o’rganadigan analiz va sintez matematik apparatidir. Bu ikkita qiymatga har hil o’zaro qarama-qarshi hodisalar, shart va holatlar qo’yiladi. Masalan, kontaktning ulanishi-1, kontaktning ajralishi-0: signal mavjudligi-1, signalning yo’qligi-0: yopiq zanjir-1, ochiq zanjir-0. Bu yerda
shuni nazarda tutish kerakki, 0 va 1 raqamlari miqdoriy nisbatni anglatmaydi va son ham emas, balki ular simvol hisoblanadi.

Download 117.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling