Emulsiyalar dori shakli sifatida. Emulgatorlar tushunchasi. Glb ko‘rsatkichi. Emulsiya turg‘unligiga ta’sir etuvchi omillar. Ma’ruza maqsadi


Download 379.73 Kb.
bet1/11
Sana22.04.2023
Hajmi379.73 Kb.
#1380502
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Emulsiyalar dori shakli sifatida


Emulsiyalar dori shakli sifatida. Emulgatorlar tushunchasi. GLB ko‘rsatkichi. Emulsiya turg‘unligiga ta’sir etuvchi omillar.
Ma’ruza maqsadi: emulsiya nima, hosil bo’lish yo’llari, GLB ko’rsatkichlari va ularning emulsiya turg’unligiga ta’siri, emulsiya tipi aniqlash bilishlari kerak.
Reja:

    1. Emulsiyalar ta’rifi, tasnifi

    2. Emulsiyalar hosil bo’lish yo’llari

    3. Emulsiya tiplarini aniqlash usullari.

    4. Emulgatorlar mikdori, GLB ko’rsatkichlari

Tayanch atama va iboralar: emul’siya, emulgator, gidrofil-lipofil balance (GLB), suvmoy, moy-suv, continental, ingliz, Ibn Sino usuli, emulgirlash.
Emulsiya dori sifatida
Dorixona amaliyotida emulsiya deb disperslangan sistemalarni moyning suvdagi turi deb tushunilib, faqatgina ichish uchun ishlatiladigan dori turiga aytiladi. Vaholanki, emulsiyalar ichish uchun ham, sirtga ishlatish uchun ham va xatto in’eksiya tarzida ishlatishga ham tayyorlanishi mumkin. Suvning moydagi (s/m) emulsiyasi sirtga ishlatish bilan birga, bu turi boshqa dori shakllarida ham ko’proq uchraydi. Bu dori turini liniment holida, surtma dori turida tayyorlanishi va ishlatilishi bu dori turlari bilan bog’liq bo’limlarda to’la yoritiladi. Emulgirlashda modda maydalanishi tufayli uning bo’sh sathi ortadi, maydalanish darajasi ko’paygan sari sathi osha boradi. Organizmning to’kimalari va suyuqliklariga tekkan moddaning sathi qanchalik katta bo’lsa, bo’larning o’zaro ta’siri shunchalik kuchlidir. SHunday qilib preparatning kimmati ko’p vaqtlarda uning maydalanish darajasi (dispersligi) bilan aniqlanadi. Bundan tashkari ko’proq disperslangan moddalardagi turli kimyoviy holatlar, bo’linmagan moddadagiga karaganda faolroq ravishda boradi. SHuning uchun emulsiya holatida turgan yog’lar emulgirlanmagan yog’larga karaganda me’da-ichak yo’lining fermentlari tomonidan gidroliz holatiga tezrok duchor bo’ladi. SHuni aytib o’tish kerakki, bunda yog’ning bemaza ta’mi yo’qoladi, yog’larni ichish osonlashadi, ayrim preparatlarning ta’sirlovchi xususiyati kamayadi va dozalarga bo’lish osonlashadi. Emulsiya, ayniqsa bolalar farmakoterapiyasida katta ahamiyatga ega. Emulsiyalarda sinish ko’rsatkichi kuchli bo’lganligi sababli, ko’rinish jixatdan sutni eslatadi. SHunga ko’ra bu dori shakllari nomini kelib chiqish sababi quyidagicha: lotincha so’z emulgere — sogish, bundan emulsio, emulsiones — sogilayotgan, emulsum, emulsa — sogilgan. Oxirgi termin nomi aniqrok belgilangan. Emulsiya — qadimgi dori shakli bo’lib, 1Farmakopeya chop etilgandan buyon rasmiy dori deb hisoblangan.

Download 379.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling