Enzimologiyadan oraliq savollariga


Download 1.27 Mb.
bet1/5
Sana14.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1004597
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Enzimologiyadan oraliq savollariga javoblar(TO\'LIQ)


Enzimologiyadan oraliq savollariga javoblar

  1. Энзимология фанининг ривожланиш тарихини ва босқичларини ёзинг.

Tirik hujayralarda kimyoviy jarayonlarni va modda almashinuvini boshqarishda bevosita ishtirok etuvchi, asosiy omillardan eng
birinchisifermentlardir (lotincha fermeptum-achitqi). Ular oqsil tabiatga ega bo’lib, biologic katalizatorlik vazifasini bajaradi.Fermentlar to’g`risidagi birinchi ma’lumotlar XVII asrda golland olimi Van Gelmond tomonidan spirtli bijg`ishda aniqlagan va “ferment” atamasini taklif qilgan. XVIII asr oxirida Reomyura va Spallanstiya yirtqich xayvonlar me’da shirasida go’shtni hazmlanishi mexanik ta’sirda emas, balki kimyoviy jarayon tufayli amalga oshishini isbotlaganlar. 1836- yili esa T.Shvann me’da shirasida pepsin fermenti borligini kashf qilgan. XIX asrning oxirlarida fermentlarga enzim (yunoncha en-ichki, zume- achitqi) deb ham nom berilgan. Biologik katalizatorlarga berilgan ikki nom achish jarayonini
o’rganishdan kelib chiqqan.
Rus olimi K.S. Kirxgoff birinchi bor kraxmalni shakarga aylanishida
kimyoviy moddalar (fermentlar) ishtirokini ko’rsatgan bo’lsa, 1837-yili Payen va Perso ularni ajratib olgan va termobilligini aniqlaganlar.
Organizmda sodir bo’ladigan modda almashinuvi va bu jarayonning tashqi muhit bilan bevosita aloqada bo’lishi, oddiy sharoitda, engil holatda amalga oshishi fermentlarning bevosita faoliyatidandir. Tirik hujayrada sodir bo’ladigan reakstiyalarni laboratoriya sharoitida amalga oshishi kerak bo’lsa, reakstiyaga kirishayotgan substratni yoqish, kuchli bosim yoki konstentrlangan ishqor va kislotalar bilan ta’sirlantirilsa ko’zlangan maqsadga erishiladi. Organizmda esa,
murakkab reakstiyalar katalizator-fermentlar yordamida osongina amalga oshadi. Shu yili Bersellius fermentlarni anorganik katalizatorlar bilan solishtirgan. M.M. Manasteina, G.Buxner va E.Buxner bu yo’nalishdagi ishlarni davom ettirgan, 1890-yilda esa E. Fisher fermentlar spestifikligini “qulf-kalit” nazariyasi asosida ishlashini isbotlagan. Ushbu nazariya asosida 1903- yilda Viktor Genri
fermentlarning ta’sir mexanizmini tasvirlaydigan matematik modelini taklif qiladi.

  1. asr oxirida Kyune “enzim” atamasini fanga kiritgan. XX asrning boshlarida I.P. Pavlov oshqozon-ichak yo’llarida fermentlar nofaol-proferment

holatda bo’lishini, tripsinogenni enterokinaza ta’sirida faollanishini ko’rsatadi va fermentlar faolligini aniqlash usullarini yaratadi.
Mixaelis va Menten 1913-yilda fermentlar ta’sir etish mexanizmi va fermentativ kinetikani yaratishadi.

Biokimyo fanining mazkur sohasini-enzimologiya deb ataladi. Bu bo’lim
fermentlarni ajratish,tozalash, molekulyar strukturasi, massasi unga ta’sir qiluvchi fizika-kimyoviy agentlarning faoliyatini o’rganadi. Inson amaliy faoliyatida xom- ashyoni qayta ishlash va oziq-ovqat tayyorlashda har xil fermentativ jarayonlardan foydalanib kelgan. Achitqi zamburug`idan non yopishda, sumalak pishirishda esa unayotgan bug`doy donidan olingan shiralardan foydalaniladi.
Fermentlarni amaliy asosda o’rganish XVIII va XIX asrlardan boshlandi.
Bu sohada nemis kimyogari Yu.Libix, mikrobiologiya faniga asos solgan franstuz olimi L.Pasterlar achish jarayonini tirik organizmdagi maxsus kimyoviy moddalar (fermentlar) bilan bog`laganlar.
1926-yili Dj.Samner UREAZA fermentini kristall holda oladi va uni oqsil tabiatli ekanligini aniqlaydi. 1948-yilda Linus Poling fermentativ jarayonda fermentning faol markazi muxim ekanligini aniqlaydi.
Fermentlar haqidagi ta’limotning keyingi rivojlanishi fizika va kolloid kimyo fanlari erishgan yutuqlar bilan bog`liq.

  • 1957-yili Viland va Pfleyderer fermentlarni molekulyar shakllardaizoferment ekanligini isbotlaydi. 1960-yilda Fillips lizotstimni uchlamchi

strukturasini rentgenostruktur tahlil orqali aniqlaydi.

  1. Энзимология фанида ишлатиладиган методлар ва уларнинг тавсифини ёзинг.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling