Erkin vohidov (1936-2016) Erkin Vohidov hayoti va ijodi. Erkin Vohidov sherlari


Download 47.5 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi47.5 Kb.
#1487206
  1   2   3
Bog'liq
Erkin Vohidov (1936-2016)


ERKIN VOHIDOV
(1936-2016)
Erkin Vohidov hayoti va ijodi. Erkin Vohidov sherlari. 1936-yilning 28-dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida muallim oilasida tavallud topgan Erkin Vohidovning bolaligi ancha sertashvish va qayg‘uli kechdi.
O‘n yoshga yetaryetmas ham ota, ham onadan ayrilib yetim qolgach, uni Toshkentda istiqomat qiluvchi tog‘asi o‘z qaramog‘iga oldi. Shu bahona Erkin Vohidov poytaxtga keladi va shu yerdagi maktabda tahsil ola boshlaydi. Kitobga, adabiyotga muhabbat yosh Erkinda ancha erta namoyon bo‘la boshladi.
U shoir G‘ayratiy tomonidan o‘quvchilar saroyida tashkil etilgan adabiy to‘garakda ijod sirlarini o‘rganishga kirishdi. Bu ilk ijodiy maktab uning iste’dodini charxladi, she’riyatga havasini yanada alangalatib yubordi. Hali o‘smir chog‘laridayoq yozgan she’rlari ustozlari tomonidan yuqori baholandi.
O‘rta maktabni a’lo baholarga tamomlagan Erkin Vohidov Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi, aynan shu ilm dargohida adabiyotga yanada yaqinlashdi, o‘zining ijodi ham takomillashib bordi. Oliy ta’lim undagi adabiy bilimlarni chuqurlashtirish bilan birga ijodiy salohiyatini ham kamolga yetkazdi.
Buyuk ijodkorlarning asarlarini berilib o‘qish ulardan badiiy mahorat sirlarini, so‘zga mas’uliyat hissini, soddalik va ravonlikni o‘zlashtirishida muhim omil bo‘ldi.
Garchi shuncha mag‘rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak. Shunday ekan, manmanlik nechun, Kibr-u havo nimaga kerak?Shuning uchun ham uning «Tong lavhasi», «Kamtarlik haqida», «Buloq», «Sevgi», «Ona tuproq» kabi qator she’rlaridagi chuqur ma’no go‘zal ifodalar, ajoyib tasvirlar bilan uyg‘unlashib ketgan. Masalan, shoir turmushdagi oddiygina holatdan – choy quyilayotganda choynakning piyolaga «egilishi», choy ichayotganda inson piyolaning peshonasidan «o‘pishi»dan ajoyib she’r yaratadi:
Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam O‘tma g‘urur ostonasidan. Piyolani inson shuning-chun O‘par doim peshonasidan.
Universitetni tugatgach Erkin Vohidov «Yosh gvardiya» nashriyotida, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, bosh muharrir, direktor, «Yoshlik» jurnalida bosh muharrir lavozimlarida faoliyat yuritdi. Ko‘plab sara, sifatli asarlarning nashr etilishiga hissa qo‘shdi. Ayni paytda o‘zi ham «Nido», «Palatkada yozilgan doston», «Quyosh maskani», «Ruhlar isyoni» kabi ajoyib dostonlar yozdi.
Shoir ijodini uning tarjimonlik faoliyatisiz tasavvur etish qiyin. U ko‘plab mashhur jahon shoirlarining asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girgan.

Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling