Miraziz Aʼzam 1936 yilning 29 martida Toshkentda Balandkoʻprik mahallasida ziyoli oilada tugʻildi


Download 65.82 Kb.
Sana02.07.2020
Hajmi65.82 Kb.
#122660
Bog'liq
Miraziz a'zam


Miraziz Aʼzam 1936 yilning 29 martida Toshkentda Balandkoʻprik mahallasida ziyoli oilada tugʻildi.

Miraziz Aʼzam oʻquvchilik yillaridan sheʼrlar mashq qila boshladi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)da tahsil olarkan, Xenrix Xeyne, Pushkin, Yesenin singari jahon adabiyoti mumtoz vakillari ijodidan tarjimalar qildi, qurbi-salohiyatini charxladi. Sheʼrlari hozirgi “Turkiston” gazetasi va “Gulxan” jurnalida yoritila boshladi. Miraziz Aʼzam Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida, “Gulxan” jurnalida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida (1996 yilga qadar) xizmat qildi.

Miraziz Aʼzam “Aqlli bolalar” (1969), “Senga nima boʻldi” (1970), “Gʻalati tush” (1972), “Yer aylanadi” (1973), “Yerga dovruq solamiz” (1976), “Bir choʻntak yongʻoq” (1990), “Qirq bolaga qirq savol” (2000), “Eng yorugʻ yulduzlar” (2002), “Saylanma” (2005) kabi majmualar, shuningdek, “Ming bir soʻzni bilaman” nomli bolalar uchun izohli-rasmli lugʻat kitobini (2016) nashr ettirdi. Uchta sheʼriy toʻplami rus tilida, va yana, bolalarga bagʻishlangan sheriy kitoblari ukrain, turkman, moʻgʻil tillarida chop etildi. Bir qator sheriy turkumlari belorus, moldavan, ozarbayjon, latish, turk, qozoq, qirgʻiz va boshqa tillarda eʼlon qilindi.

Kattalar uchun uning “Sevaman” (1977), “Tuygʻular” (1980), “Sabot” (1983), “Haqiqatning koʻzlari” (1988), “Xotiralar”, “Yoʻlyozmalar” (2016) nomli kitoblari nashr etildi. Inson hurligi, haqiqat, erk va mustaqillik uchun kurash ushbu asarlarning asosiy gʻoyalarini tashkil qiladi. Shuningdek, shoir keyingi yillarda aruzdagi mashqlarini davom ettirib, “Kuzgi yaproqlar” (2010) nomli devonini nashr ettirdi. Uning ikki kitobdan iborat “Buyuklar muhabbati” (2012,2016) esselar toʻplami oʻz muxlislarini topdi.

Zahmatkash ijodkor tarjimon sifatida dunyo bolalar adabiyotining bir qancha nodir namunalari jamlangan “Jahon bolalar adabiyoti” oʻn jildligini ona tilimizga oʻgirdi. Sharqning buyuk alloma shoirlari Farididdin Attor, Nizomiy Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan namunalar tarjima qildi.

Miraziz Aʼzam publitsistik asarlari bilan ham adabiy jarayonda faol qatnashib keladi.

Shoirning “Tuygʻular” va “Sabot” toʻplamlari asosida bastakor Nuriddin Gʻiyosov simfoniya hamda oratoriy yaratgan.

Miraziz Aʼzam 1993 yili ilmiy-tahliliy maqolalari uchun Mahmud Qoshgʻariy nomidagi mukofotga, 2007 yili Makedoniya poytaxti Skople shahrida oʻtgan turkiy sheʼriyat festivalida esa Mavlono Jaloliddin Rumiy mukofotiga loyiq koʻrildi.



boshlang'ich sinf o'qituvchisi tomonidan davlat talablari asosida tayyorlangan bo'lib, bundan umumiy o'rta ta'lim maktablarida boshlang'ich sinf o'qituvchilari ish faoliyati davomida foydalanishi mumkin. MAVZU: VATAN MIRAZIZ A’ZAM. Ta'limiy maqsad: O'quvchilarda "Vatan" she'rini ifodali o'qishni o'rgatish. Vatan haqida mustaqil fikrlashga o'rgatish. O'yin holatida bilimlarini namoyish qilishga o'rgatish. Tarbiyaviy maqsad: Mavzu orqali o'quvchilarni Vatanni sevishga, aqdoqlashga o'rgatish. Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalsh. Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarni og'zaki, nutq malakalarini shakllantirish. Ongli va anglab o'qish malakalarini rivojlantirish. Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Dars tipi: Noan'anaviy. Uslub: Evristik, suhbat, tushuntirish, savoljavob. Jihozi: Qog'oz, marker, skoch, rangli rasmlar, chiroyli yurt tasviri. I. Tashkiliy qism: Salomlashish, o'quvchilar va sinf xonasini darsga tayyorlab, fikrlarini, diqqatlarini to'plab olaman. O'quvchilarni guruhlarga ajratibolaman. Har bir huruh o'ziga nom tanlaydi va yozib qo'yadi. Masalan: Vatanimizni faravon bo'lishiuchun yaxshi niyatlar bilan atash mumkin. 1-guruh: Muqaddas go'sha 2-guruh: Mehmondo'st o'lka 3-guruh: Mustaqil diyor Har bir guruh o'ziga sardor say lab oladi. Aziz o'quvchilar bugungi darsimiz "Biz Vatanning ertasi" deb nomlanadi. Vatan haqida biz har bir darsimizda, har bir fanda o'rganamiz. Uni qanchalik o'rgansak, shuncha kam. Bugungi darsimiz seminar trening usulida, aktiv ishtirok etishingizni so'ray man. Endi vatan haqida o'rganishimiz kerak bo'lgan tamoyillarni belgilab olamiz. Tamoyillar 1.Savollarga javob berishda qo'l ko'tarishga rioya qilish 2.Faollik 3.O'zarohurmat 4.Mening fikrim yagona emas, o'zgalarniki hamqadrli 5.O'zaro hamjihatlik 6.Erkin fikrlash 7.Ijodiy va mustaqil, tanqidiy fikrlarni ayta olish 8.Ko'tarinki kayfiyat, hazil mutiyiba hamrohimiz bo'lsin. Har bir guruhga marker, qog'oz tarqataman II. O'tgan mavzuni mustahkamlash va takrorlash. Guruhlarga "O’zbekiston" she’rini yoddan so’rash . "So’z top" o’yini 1-guruh: O’zbekiston O’zbek O’z Noteks Kit Bek Is 2-gurah: Mustaqillik Usta Kalit Millat Sim Il It 3-guruh: Serquyosh. Quyosh Osh Ushoq Er Yosh Quy Guruhlar bir-birlariga savol beradilar. 1-guruh: O’zbekistoning poytaxti qaysi shahar? 2-guruh: Toshkentda qanday istirohat bog'lari bor? 3-guruh: Toshkent haqida so'zlang. Har bir guruh bergan javobi uchun rag'batlantirilib ball beriladi. III. Yangi mavzuni tushuntirish: VATAN Vatan bizning uyimiz, Vatan bizntng ko'chamiz. Soylarda sof suvimiz, Maza qilib ichamiz. Vatan bizning tog'imiz, Olma, anor bog'imiz. Bug'doy, arpa dalamiz, O'ynab maza qilamiz. Oltin tola konimiz, Tandir to'la noninrtiz. Vatan maktab, onamiz, O'qishni o'rganamiz. Qirq xil hunar o'rganib, Yurtimni shod qilaman. Go'zal, erkin, muzaffar, Bov va obod qilaman. Men shu yerda ulg'aydim, Vatanimni sevaman. Kerak bo'lsa yurt uchun Jonimni ham beraman. 1-Topshiriq: Vatanimizni ta'riflang. VATAN Dalamiz Uyimiz Tog’imiz Ko’chamiz Mahallamiz Maktabimiz Bog’imiz Guruhlar maslahatlashib yozadilar. Har bir guruh yozgan qog'ozlarini doskaga iladilar va sharhlab beradilar. Eng ko'p ta'riflagan guruhni maqtab, musiqali rag'batlantiriladi. 2-opshiriq: Vatanimizda yashab o'tgan allomalar haqida nimalarni bilasiz? Bu topshiriq natijalarini ham o'quvchilar qog'ozga tushiradilar. Albatta, guruh a'zolari maslahatlashib ta'riflar izohlanadi. Ularning eng yaxshilari tanlab olinadi. 3-Topshiriq: O'z uyingni-o'zing asra. Guruh a'zolari javoblarini to'ldiraman. Yurtimizda tinchlikni, barqarorlikni ko'rolmayotgan, turli g'araz niyatlarni ko'zlab, o'zga mamlakatlardagi diniy qarshlar niqobida harakat qilayotgan yovuzlar, mavjud. Bu paytda ogog bo'lishimiz zarur. IV. Mustahkamlash: O'quvchilarga she'rni bir banddan navbati bilan o'qitish. Guruhlarga savolberish. 1-guruh: Muallif she’rni kimlarga bag’ishlagan? 2-guruh: Biz kelajakda Vatan uchun nima ishlar qila olamiz? 3-guruh: Nima uchun Vatanimizni sevamiz? Guruhlarga topshiriq berish davom ettiriladi? V A T A N 1. Sabzavot turi 2. Ramzlardan biri 3. To’g’ri yo’l ko’rsatuvchi 4. Onalar qo’shig’i 5. Rizq ro’zimiz Bu topshiriq uchun ham guruhlar g'olibi aniqlanadi. Aziz o'quvchilarim! Vatanimizna qancha ta'riflamaylik, o'rganmaylik, shuncha , oz. Vatan shunday muqaddas go'shaki, inson uning rivoji uchun qo'ldan kelgancha hissa qo'shishi, uning himoyasi uchun kerak bo'lsa, jonini fido qilishi lozimdir. Siz yosh avlod Vatanimiz kelajagi uchun a'lo baholaringiz, namunali xulqingiz bilan javob berasiz degan umiddaman. V.Baholash: Guruhlardan eng aktiv ishtirok etgan, mustaqilfikrli o'quvchilarni aniqlab baholayman. Guruh ballari jamlanib, e'lon qilinadi. VI.Vazifa: 1.She'rni yod olish 2.Vatan haqida maqollar o'rganish 3. O'zingiz yaxshi ko'rgan qishlog'ingizni biror ioyini rasmini chizib keling.

Bolalar va kattalar shoiri, tarjimon Miraziz A’zamning bolalar uchun mo‘ljallangan “Aqlli bolalar”, “Senga nima bo‘ldi”, “Bir cho‘ntak yong‘oq” kabi qator she’riy to‘plamlari yosh kitobxonlar uchun sevimli. Shoir murg‘ak qalb tuyg‘ulari tasviri orqali olamni, odamni bilishga, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga, mehnatni ulug‘lashga intiladi.

Adib kattalar uchun ham bir qator salmoqli she’riy guldastalar taqdim etgan. Jumladan, “Sevaman”, “Tuyg‘ular”, “Sabot” kabi to‘plamlaridagi ijod mahsuli kitobxonlar qalbini laziz tuyg‘ularga burkagani ayni haqiqat.

Miraziz A’zam qalami o‘tkir, chin so‘zli publitsist hamdir. Ijodkorning turk, rus, nemis adiblarining sara asarlari, ayniqsa, islom madaniyatiga oid tarjimalari ko‘pchilik mutaxassis va oddiy o‘quvchilar mehrini qozongan. O`tgаn аsrning 50-80-yillаridа ko`plаb shе’riy kitоblаr nаshr etilgаn. Lеkin 1976 yildа bоlаlаr uchun g`аrоyib shе’rlаr yozib yurgаn Mirаziz А’zаmning "Sеvаmаn" nоmli shе’rlаr kitоbining e’lоn qilinishi аdаbiy hаyotimizdа muhim vоqеа bo`ldi. Stаlin shахsigа sig`inishning fоjiаli оqibаtlаri fоsh etilib, sоbiq sоvеt mаmlаkаtining mа’nаviy vа mаdаniy hаyotidа qаndаydir ijоbiy o`zgаrishlаr yuz bеrа bоshlаgаnidа, bu o`zgаrishlаr o`zbеk shе’riyatidа kаttа аks-sаdо bеrgаn hаmdа Оybеkning "Ko`ngil kuylаri", Mirtеmirning "Qоrаqаlpоq dаftаri", Zulfiyaning "Quyoshli qаlаm", Аsqаd Muхtоrning "99 miniаtyurа", Shukrullоning "Insоn vа yaхshilik" singаri shе’riy to`lаmi, turkum vа dоstоnlаri mаydоngа kеlgаn edi. 60-yillаrdаgi оniy ijоd erkinligi tufаyli pаydо bo`lgаn bu аsаrlаr o`zbеk shе’riyatigа yangi hаvо оlib kirdi, shе’riyatimiz yanа insоnning ruhiy оlаmigа nаzаr tаshlаb, uning qаlbidа tug`yon urib turgаn tuyg`u vа kеchinmаlаrni tаsvirlаy bоshlаdi. Bоshqа milliy аdаbiyot vа milliy sаn’аtlаrdа hаm ro`y bеrаyotgаn bu yangilаnish hаrаkаti sоvеt dаvlаtining o`shа pаytdаgi rаhbаrlаrini dаf’аtаn cho`chitib yubоrdi. Ulаr Pоl’shа, Chехоslоvаkiya, Vеngriya singаri хаlq-dеmоkrаtik mаmlаkаtlаridа sоdir bo`lаyotgаn jаrаyonlаr sоvеt mаmlаkаtidа hаm yuz bеrishi mumkinligidаn аstоydil tаshvishgа tushdilаr. Shuning nаtijаsi o`lаrоq ijоd аhligа bеrilgаn erkinlik mаydоni yanа tоrаytirildi. Kuni kеchа lаgеrlаrdаn qаytib yoki siyosiy tаzyiq оstidа yashаb kеlgаn yozuvchilаr o`zlаrini o`zlаri yanа jilоvlаy bоshlаdilаr... Аnа shundаy tаriхiy-аdаbiy shаrоitdа Mirаziz А’zаmning tоzа, yoniq vа tug`yonkоr shе’rlаrdаn ibоrаt "Sеvаmаn" to`plаmi shе’riyat оlаmidа kаttа аks-sаdо bеrdi. O`shа vаqtgа qаdаr аsоsаn bоlаlаr uchun ijоd qilib kеlgаn shоir mаzkur to`plаmi bilаn kаttаlаr shе’riyatigа hаm "suqulib kirdi". Hаyotdа qаndаy mаshаqqаt vа qiyinchiliklаr bоr bo`lsа, Mirаziz А’zаm аnа shu qiyinchilik vа mаshаqqаtlаrning bаrchаsini bоshidаn kеchirgаn. Оtаsi urushgа kеtib, оg`ir qiyinchilik yillаridа хаstа оnаsining qo`lidа tаrbiyalаngаn, o`shа mushkul yillаrdа sihаt-sаlоmаtligi dаrz kеtgаn shоirning imоn-iхtiyorini yo`qоtmаy, mudоm ijоdiy mеhnаt оg`ushidа yashаb kеlishi, yashаgаndа hаm hаq so`zni аytib, irоdа qilichi egilsа-dа, uni sindirmаsdаn yashаb kеlishi оsоn emаs... Mirаziz А’zаm o`zining butun hаyoti vа ijоdi dаvоmidа Hаqiqаt uchun kurаshgаn, hаyotgа, kishilаrgа Hаqiqаt ko`zlаri bilаn bоqqаn, Hаqiqаt hаzrаti оliylаrigа хizmаt qilgаn shоir, dеsаm mubоlаg`а bo`lmаydi. Mеn bu so`zlаrni uning eng yaхshi shе’riy kitоbi «Hаqiqаtning ko`zlаri» dеb аtаlgаni uchun emаs, bаlki Hаqiqаt Mirаziz А’zаmning nаfаqаt shе’riy, bаlki drаmаturgik ijоdining hаm bоsh mаvzusi bo`lib kеlаyotgаni uchun hаm аytyapmаn. Shе’riyat — bu, qo`pоlrоq bo`lgаni uchun kеchiring, shоir qаlbining yalаng`оchlаngаn hоlаti. Uning yurаgidаgi tuyg`u vа kеchinmаlаr shе’riyatdа o`zining tаbiiy ifоdаsini, tаbiiy rаng vа оhаnglаrini tоpishi zаrur. Аksаr shоirlаr ko`pinchа o`z qаlblаrining mаnzаrаlаrini ifоdаlаshdаn ko`rа, turli Muqаddаs Hаqiqаtlаr оrqаsidа yashirinib, shu Hаqiqаtlаr bilаn niqоblаnib yashаydilаr, аmmо bu Muqаddаs Hаqiqаtlаr surаti shоir qаlbi vа ruhining shоhi iplаri bilаn to`qilmаgаni uchun kitоbхоn yurаgigа nаqshlаnmаy qоlаdi. Mirаziz А’zаm esа, bundаy qаlаmkаsh birоdаrlаridаn fаrqli rаvishdа, bаlаndpаrvоz so`zlаr vа tushunchаlаr оrqаsidа yashirinib 3 Kitobxon.Com qоlmаy, аvvаlо tuyg`ulаrning tug`yonli hаrаkаtini tаsvirlаshgа аlоhidа e’tibоr bеrаdi. Shuning uchun hаm "Tuyg`ulаr" shе’rlаr to`plаmini o`qigаn kitоbхоn shоirning qаndаy insоn ekаnligi hаqidа аniq-tаyin tаsаvvurgа egа bo`lаdi. "Sеvаmаn" shе’riy to`plаmidаn kеyin Mirаziz А’zаmning "Tuyg`ulаr" (1980), "Sаbоt" (1983) vа, yuqоridа eslаb o`tilgаnidеk, "Hаqiqаtning ko`zlаri" (1988) kitоblаri dunyo yuzini ko`rdi. “Hаqiqаtning ko`zlаri” to`plаmidа “Do`stlik gurungi” dоstоni hаm e’lоn qilingаn edi. O`shа dаvrning eng оg`riqli muаmmоlаrini o`rt аgа qo`ygаn bu dоstоn хаlqlаr do`stligi, turli millаtlаr o`rtаsidаgi hаmdo`stlikning kаttа аhаmiyatidаn bаhs yuritаdi. 1972 yildа Tоshkеntdа yosh shоirlаrning хаlqаrо fеstivаli shundаy do`stlik uchun аjоyib zаmin yarаtgаn edi. Оrаdаn bir munchа vаqt o`tgаch Mirаziz А’zаm o`shа fеstivаldа qаtnаshgаn shоirlаrdаn rоssiyalik Dmitriy Tоlstоbа, ukrаinаlik Vоlоdimir Zаtulivitеr, mоldоvаlik Vаsilе Rоmаnchuk, litvаlik Stаsis Yоnаuskаslаrni eslаb, хаyolаn ulаr bilаn gurunglаshаdi. O`shа dаvrning butun insоniyatni lаrzаgа sоlgаn muаmmоlаri, chunоnchi, Ukrаinаdа Chеrnоbil АESidа yuz bеrgаn fоjiа, Dоg`istоndа o`shа fеstivаl qаtnаshchisi shоirа Qаdriyaning o`ldrilishi, O`zbеkistоndа “qo`shib yozish” dеgаn bir bаlо munоsаbаti bilаn “pахtа ishi”ning оchilishi vа vа оmmаviy tеrrоr vоqеаlаrini qаlаmgа оlаdi. Хullаs, Miаziz А’zаmning dоstоni vа shе’rlаri shu dаvr shе’riyatigа yangi аdаbiy-estеtik tаmоyillаrni оlib kirdi vа bu tаmоyillаr shu dаvrdа shаkllаnаyotgаn shоirlаrning yangi аvlоdi ijоdidа yanаdа kаttа mаvqе kаsb etdi. Аfsuski, bugun biz 90-yillаr аrаfаsidа erk vа hurriyat g`оyalаrini tаrаnnum etgаn Shаvkаt Rаhmоn, Usmоn Аzim, Хurshid Dаvrоn singаri shоirlаrni tilgа оlgаnimizdа, ulаrdаn hiylа аvvаl o`zbеk shе’riyatigа istiqlоl nаfаsini оlib kirgаn Rаuf Pаrfi, Mа’ruf Jаlil vа Mirаzаz А’zаm nоmlаrini unutib qo`ymоqdаmiz. Mustаqillik yillаridа Mirаziz А’zаm o`zining аyrim shе’rlаrini "Bахtli tоng mаdhi" (1994), "Hurriyat zаvqi" (1996) nоmli kоllеktiv to`plаmlаrdа e’lоn qilish bilаn birgа, "Sinоv kunlаri" (2001) p’еsаsi vа "Imоn" (2003) kinоqissаsini hаm yarаtdi. P’еsаsi O`zbеkistоn Rаdiоsidа sаhnаlаshtirilib, efirgа uzаtildi vа “Tоng yulduzi” gаzеtаsidа o`quvchilаr hukmigа hаvоlа etildi. Qinоqissаsi esа “O`zbеktеlеfilm” studiyasidа rеjissyor Bаhоdir Аhmеdоv yetakchiligidа surаtgа оlindi. Mirаziz А’zаm bulаrdаn tаshqаri, 30 dаn ziyod turk аdiblаrining rоmаn vа hikоyalаri, dоstоn vа shе’rlаrini, shuningdеk, 50 dаn ziyod jаhоn bоlаlаr аdаbiyoti nаmоyandаlаrining аsаrlаrini o`zbеk tiligа tаrjimа qildi. Siz, hurmаtli kitоbхоnlаr e’tibоrigа hаvоlа etilаyotgаn ushbu tаnlаngаn аsаrlаrgа shоirning аsоsаn Hаqiqаt mаvzusigа tutаshgаn vа shu mаvzu jilvа bеrib turgаn shе’riy аsаrlаri-yu p’еsа vа kinоqissаsiginа kiritilgаn, хоlоs. Mеnimchа, ushbu so`zbоshidа shоirning bu аsаrlаrigа birmа-bir to`хtаb, ulаrning mаzmuni vа bаdiiy fаzilаtlаri hаqidа fikr yuritish shаrt emаs. Buni zukkо kitоbхоnning o`zi hаm mеnsiz o`qib, idrоk qilib оlаdi. Аmmо mеn Mirаziz А’zаmning ijоdiy uslubigа хоs bir muhim fаzilаtni qаyd etib o`tmоqchimаn. Bu fаzilаt hоzirgi o`zbеk shе’riyatidа fаqаt Mirаzizgа хоs bo`lib, u fikr vа tuyg`uning bеzаksiz, jimjimаdоr so`zlаr vа аntiqа tаshbеhlаr yordаmisiz ifоdаlаnishidа yaqqоl ko`zgа tаshlаnаdi. Mirаziz оddiy mеhnаtkаsh оilаdа, bоr-budi urushning оg`ir yillаridа bоzоrgа оlib chiqib sоtilgаn yalаng`оch хоnаdоndа tug`ilib o`sgаni, didi vа dunyoqаrаshi 4 Kitobxon.Com shundаy muhitdа shаkllаngаni uchunmikаn, shе’riyatidа hаm hаshаmdоr so`zlаrgа ehtiyoj sеzmаydi, hаttо ulаrni yomоn ko`rаdi. U o`z fikr vа tuyg`ulаrining rоstligi, sаmimiyligi bilаn kitоbхоn qаlbigа yo`l tоpishgа intilаdi. Аslini оlgаndа, hаshаm vа zеb-ziynаt hоzirgi dаvrdа fаqаt Shаrq shе’riyatining аsоsiy unsurlаridаn biri sifаtidа yashаmоqdа. G`аrb shе’riyatigа хоs tаbiiylik, оrtiqchа shе’riy bеzаklаrdаn qоchish tаmоyili аllаqаchоn, mаsаlаn, turk shе’riyatigа hаm kirib kеlgаn. Mirаziz А’zаm ijоdining shаkllаnishigа esа Pаblо Nеrudа, Nоzim Hikmаt singаri shоirlаr ko`prоq tа’sir ko`rsаtgаnlаri uchun u o`z tuyg`u vа kеchinmаlаrini upаeliksiz, pаrdоzsiz tаsvirlаshni to`g`ri, dеb bilаdi. U аnа shu estеtik аqidаsidаn kеlib chiqib, shе’riy nutq bilаn jоnli nutq o`rtаsidаgi to`siqni оlib tаshlаydi. Vа kitоbхоn bilаn dildаn suhbаtlаshish istаgidа jоnli nutq vоsitаlаridаn ko`prоq fоydаlаnаdi. Хuddi shu nuqtаdа uning shе’rlаri ritm vа оhаng qоnun-qоidаlаrigа аmаl qilingаn nаsrgа yaqinlаshib kеtаdi. Zеrоki, shе’riyat - bu kitоbхоnni go`zаllik оlаmigа bоshlаb bоruvchi, uning jаrоhаtlаngаn ruhi vа tuyg`ulаrini shu оlаmning shаffоf shu’lаlаri bilаn dаvоlоvchi hоdisаdir. Shuning uchun hаm mеn Mirаziz А’zаmning ushbu kitоbini Siz, аziz kitоbхоnlаrgа tаqdim qilish bilаn birgа, uning kеmаsi uzоq vаqt butun diqqаtini shungа qаrаtgаn hоldа shе’riyat dаryosining gоh jo`shqin vа gоhо sоkin mаvjlаridа suzishini istаgаn bo`lаrdim. Mеn аnа shu so`zlаr bilаn Siz, muhtаrаm kitоbхоnlаrni hаqgo`y shоirning - Hаqiqаt nаvkаrining uzоq yillik ijоdiy mеhnаti sаmаrаlаri bilаn tаnishishgа tаklif etаmаn. Shоyad Mirаziz А’zаmning shu аsаrlаrdа ifоdаlаngаn bаdiiy оlаmi Siz, qаdrli kitоbхоnlаr uchun аziz vа yaqin bo`lib qоlsа... Hamma onalar ham alla aytadi. Mening onamning allasi boshqa – juda hazin va alamli bo’lardi. Har gal yurak-bag’ri to’lib-to’lib aytar, so’zi ham, ohangi ham tinglovchini qattiq mutaassir qilardi.
– Opa, nega siz alla aytsangiz yig’lagim keladi? – deb so’raganimda, – Men ham sendayligimda Tog’a-buvamdan so’ragandim:
“Tog’a-buva, men nega sal narsadan yig’layman, arzimagan voqeadan ham ta’sirlanib ko’zimdan yoshim suv bo’lib oqadi?” – deb so’ragandim. Tog’a-buvam meni chaqaloqlikdan bilarkan, shunday degandi:
– Sen bir darz ko’zaga o’xshaysan, ko’za darz bo’lgach, undan tomchilab suv oqadi-da… Sening darz ko’zaliging shuki, yetti kunlik chaqaloqligingda onang o’lgan, seni boshqa bir, bolasi o’lgan, emadigan bolaga muhtoj xotin emizib katta qilgan. Sen bu boqib olgan onangning qo’lida yayrab o’sding, bu onangga ko’pdan-ko’p rahmat, ammo o’z onangdan ayriliq sening yuragingda darz qoldirgan. O’sha darz yuragingdan yosh oqib ketaveradi…

Onam menga bu hikoyasini aytib bergandan keyin shunday degandi:


– Senga mendagi ta’sirchanlik o’tgan. Otang ham urushda o’ldi. Otasizlik sening yuragingni ikki karra darz qildi. Lekin sen irodali bo’l: yaxshi narsalarni, quvonchli hodisalarni o’yla ko’proq…
Biz uch bola: opam, men va ukam adabiyotga yutoqib oshiq bo’lgan esak, buning bosh sababchisi onam – pedagog Xatirabegim bo’ladi…

2. O’SMIRLIKDA

Bizda kitob o’qishlar Ikkinchi Jahon urushidan keyin, 1947-49 yillarda boshlangan. Qish oqshomlari tanchaga tiqilib, o’rtaga lampamoy (kerosin) bilan yoqiladigan 7-chiroqni qo’yib olib, Go’ro’g’li turkumidagi “Hasanxon”, “Xon Dalli”, “Avazxon”, “Rustamxon”, keyinroq “Alpomish” dostonlarini va bir daf’a “Armug’on” degan katta bir kitobdan Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” fojiasini o’qiganlarimiz yodimda. Kitobni mendan uch yosh katta Naima opam o’qir, men, Saydamin tog’am, Nasiba xolam va Mirvali ukam doimiy tingchlovchilar edik. 6-sinfda o’qiyotganimda til-adabiyot o’qituvchimiz Qamariddinov Nuriddin aka o’sha paytlarda endi-endi nashr etila boshlagan va jahon yozma adabiyoti namunalari – Andersen ertaklari, “Gulliver”, “Myunxauzen” kitoblarini o’qishga qiziqtirdi. O’shanda “kitob jinnisi” bo’lib, ovqat puli deb berilgan mayda pullarimni yig’a-yig’a kitob sotib olishlarni boshlaganman. Keyin 8-10 sinflarda rus tili o’qituvchimiz Mixail Dmitrievich Bogomolov bizda rus adabiyotiga muhabbat uyg’otdi. Eng muhimi, u bizga rus tilida o’qishni o’rgatdi. Shu tariqa bizning hayotimizga Pushkin, Lermontov, Turgenev, Tolstoy, Mayakovskiy va Yeseninlar kirib keldi. Mayakovskiyning pasport haqidagi she’rini yod o’qiganimda, u ko’zlarini yumib eshitar va albatta meni alqab qo’yardi.

3. TALABALIK YILLARI

1953 yilda Toshkentdagi 28-maktabni oltin medal bilan bitirganimda oldimda keng ufqlar ochildi. Chunki u paytlarda maktabni bunday bitirganlar oliy o’quv yurtlariga imtihonsiz kirar, kumush medal bilan bitirganlar faqat bitta imtihon topshirardilar. Men qaerni tanlashni bilmay, Toshkentdagi hamma uriversitet va institutlarni aylanib chiqqach, (hozirgi O’zMUning) filologiya fakul`tetiga hujjat topshirdim.

Universitetda Fozila Sulaymonova, Shavkat Rahmatullaev, Yakov Romanovich Simkin, Ozod Sharafiddinov kabi zamonning eng ilg’or shaxslaridan dars oldim, Naim Karimov singari nozik didli, madaniy saviyasi yuksak, o’zimdan uch-to’rt yosh katta zukko insonlar bilan tanishuv, do’stlashuv mening shaxs sifatida shakllanishimda katta rol o’ynadilar. Ular hammasi meni antik davrdan tortib XX asrgacha bo’lgan jahon adabiyoti dunyosiga kiritib yubordilar. Talabalik yillarimda Pushkin, Yesenin she’rlarini yaxshi ko’rar va ayniqsa Haynening lirikasi mening yoshlik kayfiyatlarimga monand kelgani uchunmi, “Lirik intermatstso” degan turkumidan 65 she’rini tarjima qilib yurganlarim esimda. Keyinroq nimadir sabab bo’lib (anig’i yodimda yo’q), turk adabiyotiga qiziqib qoldim.


U paytlarda bizda turkcha kitoblar sotilmas, rus tiliga tarjima qilingan turk yozuvchi va shoirlarining kitoblarini bitta qo’ymay “Turon” kutubxonasidan surishtirib olib o’qib chiqqandim.

4. MENING FE’LIM

Bir o’zi yig’layotgan bolani ko’rsam, chidolmayman: bolani xo’rlaganlar odam emas, deyman. Ba’zan men yashayotgan uyga tilanchilar keladi. Ularning aksariyati lo’lilar. Zarari yo’q. Yelkasiga xurjun tashlab olgan, kelbati mendan ikki baravar katta yigitlar yoki yuzlaridan qon tomib turgan, ammo bola yetaklab olgan sog’lom ayollar… Ha, mayli, tilanchilik ularning kasbi, deb qo’ya qolaman. Ammo oyda uch-to’rt marta har xil tilanchi bolalar – ruslar, o’zbeklar kelishadi va qornimiz och, non bering, deyishadi, shunda nomusdan o’lgim keladi. Bolalarni bu holga solganlardan nafratalaman.

5. YOZISHLARIM

Men hech she’r yozish haqida o’ylamasdim. Bir ora 6-sinfda o’qirkanman, o’pka kasaliga uchrab, olti oy davolanish uchun Sanatoriy-O’rmon Maktabiga o’tdim, u yerda Saidov familiyali bir o’qituvchi ham adabiyotdan dars berar, ham adabiyot to’garagiga rahbarlik qilarkan. Uning ta’limlaridan so’ng bahor va may oyi to’g’risida bir-ikki she’r yozgan edim, ular devoriy gazetada chiqarilgandi. Ammo yozuvchi odam o’z she’rlarini matbuotda chiqarishga harakat qilishi mumkin va kerakligi to’g’risida hech o’ylagan emasman. Gazetalarda faqat katta, judayam taniqli odamlargina she’r chiqaradi, degan tasavvurda edim. Olti oy ichida shifolanib, yana o’z maktabimga qaytganimda, she’r yozish xayollari mendan yiroqlashdi.

Filfakda o’qib yurgan kezlarimda yoshlik va muhabbat savdolari meni yana she’r yozdira boshladi. Ammo bularning ba’zilarida Hayne va Yesenin ta’sirlari borday tuyular, ularni hech kimga o’qib bermas, ko’rsatmas edim. Daftarlarda qolib ketardi. Filfakning jurnalistika bo’limini bitirib, Toshkent Telestudiyasida ishlay boshlaganimda, ish taqozosi bilan qozoq va qirg’iz she’riyatidan tarjimalar qildim, ular TV ko’rsatuvlarida berildi.

1959 yili “G’uncha” jurnaliga ishga o’tdim. Jurnalning 1960 yilgi birinchi sonida mening she’rim ilk bora matbuotda chiqdi. “Chakki qilibman” nomli biroz yumorga yo’g’rilgan bu oddiy she’rim haqida bir qancha mualliflar muharririyatga kelib ijobiy fikrlar aytishdi. Shundan keyin bosh muharririmiz mendan tez-tez  she’r yozib berishni so’raydigan bo’lib qoldi.

O’zim bu yillarda ikki o’g’illik bo’lib, ham oilada, ham ishim tufayli maktab va bog’chalarda bolalar ichida bo’laverib, o’z-o’zidan bolalar dunyosidan she’rlar bitardim. G’afur G’ulom, Shayxzoda, Mirtemir, Quddus Muhammadiylar bilan tez-tez ko’rishardim. Yozuvchilar Uyushmasida turli adabiy anjumanlarga qatnovim faollashdi. Respublika bo’ylab turli shahar va tumanlarga borardim. Shu tariqa xalq hayoti manzaralari ko’z o’ngimda muhrlanib qolar, ichimda faqat hayotni yozish fikri qat’iylashib borardi.



She’r, menimcha, o’z ichiga insonni, hayotni oladi, yaltiratmasdan, o’z holida, yaxshi va yomon jihatlari bilan birga aks ettiradi. Shoir, modomiki, atrofiga, insonlarga, insonlarning hayotiga bog’liq yashar ekan, boshqacha bo’lishi mantiqqa to’g’ri kelmaydi. She’r insonning quvonchi, ko’zyoshlari, zavqlari va og’riqlarini, ozodligi va erksizligi, tirikchilik mashaqqatlari va go’zal orzulari, umidlarini kuylaydi. Katta qayg’ularga tasalli beradi. Faqat shunday shoirlargina hurmatga loyiq, deb o’ylayman. To’g’ri, “san’at hayotga ta’sir ko’rsatish uchun emas, san’at uchun” degan shior ostida yoki faqat o’zining ichki olamidagi harakatlarnigina tadqiq etuvchi shoirlar bor. Men adabiyotning xalq manfaatidan boshqa manfaati yo’q deb hisoblovchilar sirasida turaman. Shoir o’z ichinigina tadqiq qilib she’r yozsa, doim muvaffaqiyatli bo’lmaydi. Shoirning ichi jamiyat hayoti bilan parallel kelgandagina bu o’zini oqlaydi. She’r hayotdan orqada qolishi mumkin emas. Agar she’r orqada qolsa, umuman oldinga yurish bo’lmasa kerak, taxminimcha.

Jadidlar adabiyoti yuragimning to’rida yashaydi. Ular bitta xalq uchun yozish va millat uchun yashash qanday bo’lishini namuna qilib qoldirganlar. Ulku (ideal)lariga vafo qilmaslik g’ayrishoirlikdan boshqa narsa emas, deb o’ylayman.

Hozir modernchilar bor, ular she’riyatda o’zlarini namoyon etayotirlar. Men bironta oqim, bironta yo’nalishga qarshi emasman. Modern yo postmodernchilar dunyoning hamma iqlimlarida katta ishlar qilib, jamiyat hayotida chuqur izlar qoldirayotir. Bundan ko’z yumish mumkin emas. Faqat hamma gap shundaki, ularning qalbini yondirayotgan narsa nima, chindan yondirayotirmi – shunisi aniq bo’lishi kerak. O’tgan asr rus adabiyotidagi oqimlar, futurizm Mayakovskiyni, imajinizm Yeseninni, akmeizm Axmatovani jahon she’r xazinasiga berganini unutib bo’ladimi? Syurrealizm, kubizm, dadaizm, naturalizm buyuk shaxslarini bermadimi? Men o’zim realizm va romantizmni yaxshi ko’raman. Ammo modernistlar realistlarning o’n varaqlik tasvirini bitta ta’sirchan jumlada yo bitta metaforada bera olishlari mening zavqlarimga juda yaqin. Faqat menga har qanday shoir xalq dardi bilan og’rishi kerakday ko’rinadi. To’g’ri, madh shoirlari ham bor, ular hayotdagi yangi o’zgarishlardan zavqlanadilar va madhiya va qasidalar bitadilar. Aslida bu ham kerak, lekin madh va qasida samimiy bo’lmog’i kerak.

XIII asrda yashagan Qatron ismli shoir qasidalar ustasi edi, bir daf’a o’sha davr podshohi qasidalari tufayli, unga eng katta maosh belgilagan ekan, Qatron ertasigiyoq yo’qolib qolibdi. Amaldorlar uni ko’p axtaribdilar, faqat oradan bir necha yil o’tgandan keyingina topibdilar. Undan ketib qolish sabablarini  so’raganlarida:


– Podshohim meni manfaat uchun yozgan buni, deb o’yladilar, men yurtimizdagi katta o’zgarishlarni she’r uchun, o’zim uchun madh etganman. Menga alohida ehtirom ko’rsatish boshqa shoirlar ichida meni uyaltiradi, – degan ekan.
Yaltoqlik, munofiqlik, mushriklikni adabiyot yo’lidagi to’siqlar deb bilaman.Yaltoqlik,laganbardorlikning zararlari ko’pchilikka ayon. Munofiqlik esa so’zda turmaslik, omonatga xiyonat illatlaridir. Bizda bu faqat shaxsiy kamchilik emas, bizda, nazarimda, munofiqlik illati ko’p…

…Mening oilamga kelsak, xotinim Qutlibeka Rahimboeva shoira, qaerdaki she’riy turkumi bosilgan bo’lsa, o’sha gazeta va jurnalning yillik mukofotiga sazovor bo’lgan, hatto ruscha tarjimasi chiqqanda, “Molodost`” jurnali ham shunday mukofot bergan, “Shuhrat” medali sovrindori, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat  xodimi. Hozir dramaturgiya va nasrda ham faol ijod qilib kelmoqda. To’rt o’g’lim va bir qizim bor. Biri bevaqt vafot etdi. Ikkinchisi Mirvosil kichikligidan yaxshi hikoyalar yozib keladi, hikoyalari “Gulxan”, “Yosh kuch”, “Guliston” jurnallarida, ayrimlari bayozlarda, “Ma’rifat” va boshqa bolalar gazetalarida bosilgan. Amerika yozuvchisi Reks Stautning bir romanini tarjima qildi va u “Jahon adabiyoti” jurnalida e’lon qilindi. Uchinchi o’g’lim Mirahmad va kenja o’g’lim Najot tijorat yo’lidan ketishdi. Qizimiz Orzu – Kamoliddin Behzod nomidagi Tasviriy san’at va dizayn institutini bitirib “Jannat-makon” jurnalida muharrir bo’lib ishlamoqda.

Rejalarim: yoshim 75 ga qarab ketdi. Yozganlarim sochilib yotibdi,ularni jamlab nashrga tayyorlayotirman. Bu yil, Xudo xohlasa, “Kuzgi yaproqlar” nomli devonim va Farididdin Attor, Nizomiy Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy va Abdurahmon Jomiydan qilgan tarjimalarim bir kitob holida G’afur G’ulom nomidagi Nashriyot-matbaa Ijodiy uyida chiqariladi. Yana umrim davomida ko’p mamlakatlarda bo’lganman: Rossiya, Ozarbayjon,Moldova, Tatariston, Qibris, Turkiya, Makedoniya va Afg’oniston… Ana shu safarlarim haqida “Yo’llar va esdaliklar” nomli safarnomamni yozib bitkazayotirman. Zamondosh ustozlar, o’qituvchilar, safdoshlar haqida (G’afur G’ulom, Oybek, Shayxzoda, Mirkarim Osim, Ozod Sharafiddinov, Ma’ruf Jalil, Rauf Parfi) xotiralarim ham bir kitob bo’ladi.

Undan tashqari “Dunyo bolalar adabiyoti” degan antologiya ham tuzganman va hokazo… Xudo bergan umrimni yashayveray-chi, balki, bir narsalarga muyassar etar.

Miraziz A’zamning juda ko‘p she’r va qo‘shiq, ertak, dostonlari katta-

kichik bolalarga bag‘ishlangan. U har bir asarida bolajonlar uchun, albatta,

bir yangilik, bir yaxshi gap aytish ishtiyoqi bilan qaynab toshadi va buning

uddasidan chiqadi. Masalan, «Er aylanadi» she’rini olib ko‘raylik. Bunday

olib qarasangiz, bu bir oddiy gap. Axir necha ming asrdan beri u aylanadi,

yana aylanaveradi, bu haqda jozibali she’r bo‘lishi mumkin emas, degan

tushuncha xayolingizdan o'tadi. Lekin she’rni o‘qiydigan bo‘lsangiz sizning

tasawuringiz butunlay o'zgaradi. Murg‘ak qalb u yoqda tursin biz kattalar

ham yerning aylanishi, onlarning o‘tishi, shamolning esib turishi bilan

o‘sib ulg‘ayishimiz, kamol topishimiz, bunyodkorlik ishlarimiz ko‘z

o‘ngimizdan o‘tadi. Qilgan yaxshi-yomon ishlarimizni o‘ylaymiz. «Er

aylanadi» — xuddi shu haqda bahs yuritadi:

Asta-asta shamol esadi,

Asta-asta yer aylanadi.

Asta-asta odam o'sadi,

Asta-asta yer aylanadi.

Asta-asta ulg'ayar aql,

Asta-asta yer aylanadi.

Asta-asta yetilar naql,

Asta-asta yer aylanadi...Kichkintoylar ko‘pincha hayot murakkabligidan bexabar bo'ladilar.

Ular kattalarning ko'magida, o‘zlari tinglagan badiiy asarlari yordamida

olam mo^’jizalari, turmush bilan tanishib boradilar. Miraziz A’zamning

«Bedananing buvisi» she’ri kichik yoshdagi bolalarga juda qo‘l keladi. Bu

she’r xalq og‘zaki ijodi an’analari ta’sirida yaratilgan.

Yosh kitobxonlar she’rda bedanalaming turmush tarzlari bilan yaqindan

tanishib oladilar. Xuddi insonlar kabi ularning ham qavm-qarindoshlari,

keksa-yoshlari bo‘lishini, kasal-sog‘ yurishlarini buvi bedana kechmishlari

orqali tushunib yetadilar. Buvi dardga chalinib, og‘ir kasal bo‘lib qoladi,

tomog‘idan ovqat o'tmaydi. Hammaning tinchligi, oromi buziladi, har

kim qo'ldan kelgancha unga madadkorbo‘1 ishga intiladi. Bu epizod chiroyli

va ta’sirli chizilgan:

Bedananing otasi bor ekan, nor ekan,

Onasiga oriyat yor ekan, yor ekan.

Dori-darmon, o ‘t-o‘lan keltirib, keltirib,

Qari qushga tutishib, ichirib, yedirib,

Aylanishib boshida turdilar.

Sog‘ayishning chorasini ko‘rdilar, ko‘rdilar...

Va-vaq, va-vaq, Bit-bil-diq.

Va-vaq, va-vaq, Bit-bil-diq.

Biz har doim bolalar adabiyotida o‘y-o‘ylash, xayol surish, o‘zining

uchqur xayollari bilan yashash haqida yozilgan asarlami qizg‘in qo'llab-

quwatlayrniz. Miraziz A’zamning ham «Xayol surish» she’rining qahramoni

har bir nafsani tezroq bilib olgisi, uning poyoniga yetgisi keladi. Lekin u

qanchalik o‘ylanmasin, xayol surmasin, aqliy tafakkuri hali to ‘la

rivojlanmaganligi sababli ko‘p narsalami tushunmaydi, ojizlik qiladi. Ota

o‘g‘ilini unchalik o‘ylamaslikka chaqiradi. Otaning nasihati bilan bola o‘zini

tinchita olmaydi:

Kun qisqa

qanday qilib kun chiqadi,

deb о ‘уlay man,

Tun cho'zilsa,

nega tun cho'zildi,

deb oyiayman.

Uni xayol qilaman,

Buni xayol qilaman

Oyiayman,

bari bir, oyiayman.Miraziz A’zamning «Biz yengamiz bo‘ronlarni» she’ri bugungi

mustaqillikka juda qiyinchilik bilan, kurashlar bilan yetib kelganligimizni

jarangdor misralar bilan chiroyli ifodalab beradi:

Bizjni bosdi dovullar, sellar —

Omon chiqdik bo ‘ronlardan,

Omon yashar botir ellar -

Qo‘rqmas vahshiy hayvonlardan,

Qorli, muzli cho ‘qqilar ham

Qolib ketar poyimizda.

Jasur qo ‘shiq bizga hamdam

Har bir qo ‘ngan joyimizda.

Shoir bu bilan chegaralanib qolmaydi. Hali oldinda qiladigan

ishlarimiz, ulug‘ maqsadlarimiz borligini ta’kidlaydi, bolalarni yuksak axloq-

odobli bo‘lishga, kattalaming ishlarini davom ettirishga chorlaydi:

Maqsadimiz tog‘day ulug‘ —

Chambarchasdir tutash qo ‘liar.

Ozodlikning yo'li qutlug‘ —

Olg‘a, do ‘stlar, og‘aynilar!

Miraziz A’zamning «Qirq bolaga kirq savol», «G‘alati tush», «Nurxon

bilan Burxon», «Ota bilan bola», «Bir cho'ntak yong‘oq» (turkum), «Alla»,

«Bola va ona», «Yo‘tal bobo» kabi she’r va qo‘shiqlari bolalar adabiyotida

katta o'rinda turadi.



«Asror», «Erk qushi», «Ona yurt osmonida», «Antiqa» kabi doston,

ertak-dostonlari ham bolalarda katta qiziqish uyg‘otib kelmokda.
Download 65.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling