Ertaklar yaxshilikka yetaklar 1-Bosqichi: Salom odobning boshi


Download 96.19 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi96.19 Kb.
#1790921
Bog'liq
ERTAKLAR YAXSHILIKKA YETAKLAR


ERTAKLAR YAXSHILIKKA YETAKLAR
1-Bosqichi:
Salom odobning boshi
Intizomning quyoshi
Yaxshilikning yo’ldoshi
Assalomu aleykum.
2-Bosqichi :
Odoblining sirdoshi
Do’stlikni ko’zi qoshi
Tartib intizom boshi
Assalomu aleykum.
1-o’quvchi:
Assalom,ey davramizning eng aziz mehmonlari.
Assalom,ey ilmu-fanning sohibu davronlari.
Assalom ey do’stlar ham fikrdosh o’rtog’lar
Kechamizga xush kelibsizbarcha tengdoshbo’rtog’lar.
2-o’quvchi:
Assalom,so’zimning yurak toridan.
Assalom,qalbimning gul yaprog’idan.
Assalom,azizlar,assalom do’stalar.
Assalom, ustozlar va o’g’il-qizlar.
2-boshlovchi:
Assalomu alaykum mehrubon izlanuvchi oq ko’ngil o’z kasbining ustalari bo’lgan aziz ustozlar.
1.Boshlovchi:
Assalomu aleykum hurmatli tomoshabinlar.
2.Boshlovchi:
Sizlarni 4-A sinf o’quvchilari tomonidan tayyorlangan “Kitob taqdimoti”tadbirini tomosha qilishga taklif etamiz.
1.Boshlovchi:
Bizning shior-
Hamma:”Ertaklar yaxshilikka yetaklar” 1.Boshlovchi: Ana shu shior ostida tadbirimizni ochiq deb e’lon qilamiz.
2. Boshlovchi:
Kitob taqdimoti””Ertaklar yaxshilikka yetaklar’’asariga bag’ishlangan.
3. Boshlovchi:
Hozir navbatni sahna ko’rinishiga beramiz.
Bu –Alovuddinning tarixi.U yaxshi bola.Alovuddin onasi bilan birga kichkinagina uyga yashardi.Uning otasi bo’lmagani uchun,ikkovlari og’ir mehnat qilishar edi.
Bir kuni ularning uyiga qari sehrgar keldi.
Men sening amakingman,-dedi sehrgar.-Yur men bilan,ALOVUDDIN.Mening aytganimni qil,shunda sening puling ko’p bo’ladi”.
Alovuddin u bilan ketdi.
Alovuddin bilan sehrgar shahardan chiqishdi.
Sehrgar unga teshik joyni ko’rsatdi.
Bu –g’or,-dedi sehrgar,-g’orda eski chiroq bor.Zinadan pastga tushginda,o’sha chiroqni top.Mana bu uzukni taqib ol.U senga yordam beradi.Chiroqni menga olib kelasan va men senga ko’p pul beraman”.
Alovuddin g’orga tushib ketdi.U yerga juda ko’p xazina borligini ko’rdi.U yerdagi sandiqlarda oltin va yoqutlar to’la,zeb-ziynatlar ko’p edi.Alovuddin chiroqni topdi.Uni olib zinadan tepaga ko’tarila boshladi.
Chiroqni menga uzat,men senga g’ordan chiqishingga yordam beraman”,-dedi sehrgar.
Yo’q,-dedi Alovuddin,-men avval g’ordan chiqib olay,keyin chiroqni sizga beraman”.Sehrgarning qahri keldi.U g’or og’zini berkitdi va o’t qo’yib yubordi.
Sen hali afsus chekasan!-baqirdi sehrgar,-sen g’orga qolib ketasan!”.
Alovuddin yig’lay boshladi.U chiroqni siladi.Birdan chiroq ichidan bahaybat jin chiqib keldi!
Xizmatinga tayyorman! Qanday tilaging bor!”-dedi jin.
Alovuddin jindan o’z uyiga eltib qo’yishni iltimos qildi.
Shu zahoti Alovuddin uyiga hozir bo’lib qoldi.
Alovuddin onasiga jin va chiroq haqida so’zlab berdi.
Biz chiroqni asraymiz”,-dedi Alovuddin.
Kunlarning birida Alovuddin podshoning qizi-malikani ko’rib qoldi.U juda go’zal edi.Alovuddin uni yoqtirib qoldi.
U onasining oldida yugurib bordi.”Onajon”-dedi hayajonlanib,-men malikani sevib qoldim!Men unga uylanmoqchiman”.
Sen podsho bilan gaplashishing kerak,-dedi Alovuddinning onasi.-Jindan bir sandiq xazina so’ra. Eng yaxshi liboslaringni kiyib saroyga bor.Xazinani podshoga berib undan qiziga uylanishga ruxsat so’ra”.
Alovuddin onasining aytganini qildi.Alovuddin saroyga yo’l oldi.Podshoni ko’rgach,unga xazinalarini berdi.
Men sizga juda muhim narsani aytmoqchiman,-dedi Alovuddin.-Iltimos,qahringiz kelmasin. Men qizingizni sevaman.Men unga uylanmoqchiman.Biz baxtli bo’lamiz”.
Podsho juda hayratda qoldi.U Alovuddinga va uning xazinasiga qaradi.Keyin qiziga boqdi.Malika Alovuddinga jilmayib qo’ydi.
Sen mening qizimga atab saroy qurib bersang,men senga ishonaman”,-dedi podsho.
Alovuddin yolg’iz qolganda chiroqni siladi.Jin hozir bo’ldi .
Podshoning qiziga atab saroy qurib ber”,-dedi Alivuddin.
Jin Alovuddinning aytganini bajardi.Kutilmaganda podshoning saroyi yoniga yana bir chiroyli katta saroy paydo bo’ldi.
Vo ajabo,bunga qanday ishonsa bo’ladi!.-dedi podsho.U juda chiroyli saroy.Alovuddin qizimga uylanadi”.Alovuddin malikaga uylandi.Biroq bu ishdan kimlardir xursand emasdi.
Bu podshoning vaziri edi. U ham malikani sevardi.va unga uylanmoqchi edi.Vazir Alovuddinni yomon ko’rardi.U o’z do’stlarini yig’ib “Alovuddin bu ishlarni qanday bajardi?-deb
So’radi.-Uni kuzatinglar va bilib beringlar”.Uning kuzatishni va chiroqni ham,jinni ham ko’rishdi.Ular hamma gapni vazirga aytishdi.
Vazir eski kiyimlarini kiyib ko’p chiroqlar sotib oldi.U chiroqlar bilan ko’cha aylanib :”Menga eski chiroqlaringizni bering ,men sizga yangisini beraman!”-derdi.Malika uni eshitdi.U Alovuddinga yangi chiroq olib bermoqchi bo’ldi.U Alovuddinning chirog’ini keksa odamga berdi.U chiroqni silagan edi jin paydo bo’ldi.Podsho o’z saroyida edi.”Qaranglar! Ana jin!Ana saroy”dedi u.-Endi sen podsho bo’lasan”.


Parkent tumani XTMFMT va TE bo’limi tasaruffidagi 11-maktabgacha ta’lim muassasasi musiqa rahbari MANSUROVA UMIDA “ERTAKLAR YAXSHILIKKA YETAKLAR”
bayram tadbir senariysi

Download 96.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling