Eshonqulova marjona elbekovna


Download 15.55 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi15.55 Kb.
#1556361
Bog'liq
тавсифнома 2


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
JISMONIY MADANIYАT FAKULTETI (XOTIN-QIZLAR YO‘NALISHI) 3-KURS TALABASI ESHONQULOVA MARJONA ELBEKOVNAGA
T A V S I F N O M A

Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti (xotin-qizlar yo‘nalishi) talabasi Eshonqulova Marjona Elbekovna 2022-2023- o‘quv yili davomida, Buxoro viloyati Olot tumani 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagogik amaliyotni o‘tadi. Pedagogik amaliyot davrida dunyoqarashi rivojlanganligini, bilim darajasi yaxshi ekanligi, ziyrak, zukko hamda tartib-intizomli talaba ekanligini ko‘rsatdi.


Eshonqulova Marjona Elbekovna dars mashg‘ulotlariga jiddiy yondoshib, o‘quv rejada rejalashtirilgan mavzularni mukammal egalladi. Jismoniy tarbiya darslari bo‘yicha belgilangan vazifalarni, ma’suliyatni his qilgan holda, vijdonan bajardi.
Eshonqulova Marjona Elbekovna biriktirilgan sinfning dars mashg‘ulotlariga jiddiy yondoshib, talabalarni kuchli, chaqqon va eng muhimi sog‘lom bo‘lib yetishishlariga katta hissa qo‘shdi. Dars mashg‘ulotlari bo‘yicha belgilangan vazifalarni, mas’uliyatni his qilgan holda, vijdonan bajardi. Yil davomida olingan nazariy ma’lumotlarni malakaviy amaliyot davrida amaliy mashgulotlarda talabalar bilan birgalikda olib bordilar.
Eshonqulova Marjona Elbekovna maktab jamoat ishlarida faol ishtirok etib, tartib- intizomga, bahamjihat, ahillik bilan ish olib bordi. U obodonlashtirish ishlariga hamda madaniy va sport tadbirlariga faol ishtirok etdi, kamtarin, to‘g‘ri so‘z, maktab jamoasiga mehribon bo‘lganligi uchun do‘stlari uni hurmat qilishadi.
Eshonqulova Marjona Elbekovna kelajakda o’qituvchi lavozimida ishlay oladi hamda yuklatilgan vazifalarni vijdonan, halol va o‘z vaqtida bajarishga ishonch bildiramiz.
Maktab direktori vv/b: S.Achilov
Download 15.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling