Evtanaziya grekcha: ευ- „yaxshi“ + θάνατος „o‘lim baxtli, azobsiz


Download 27.5 Kb.
bet1/3
Sana07.03.2023
Hajmi27.5 Kb.
#1243803
  1   2   3
Bog'liq
ochilova zamira


Buxoro innovatsion tibbiyot instituti



Mustaqqil ish
Tuzuvchi: Ochilova Zamira
Mavzu : Eftanaziya tushunchasi
Tekshiruvchi:
Evtanaziya
Evtanaziya (grekcha: ευ-yaxshi“ + θάνατος „o‘lim" baxtli, azobsiz o‘lim) — turli harakatlar yoki qurollar bilan bemorning hayotini sun'iy yo'l bilan ushlab turgan qurilmalar ishini to‘xtatish orqali bemorning o‘z o‘limini tezlatish haqidagi iltimosini qanoatlantirish. Ko‘p hollarda evtanaziya bemorning iltimosiga ko‘ra amalga oshiriladi. Agar bemor og‘ir ahvolda bo‘lsa uning yaqin qarindoshlari qaror chiqarishi mumkin. Evtanaziyaga ko‘p davlatlarda ruxsat bor. O‘zbekistonda evtanaziya qo‘llash taqiqlangan va bu mavzu haqida bahslar davom etyapti. Evtanaziya atamasini birinchi bo‘lib XXI asrda faylasuf Frensis Bekon fanga olib kirgan. Uning ta'rifi bo‘yicha "evtanaziya" — o‘limni osonlik bilan shakllantirish.
Evtanaziyaning ikki xil turi farqlanadi. U faol va passiv evatanaziyadir.
Faol evatanaziya — ahvoli og‘ir uzoq vaqt surunkali kasalliklar bilan og‘rib kelayotgan va xavfli o‘sma kasalligi bo‘lgan bemorlarda ma‘lum vosita va harakatlar orqali o‘limni tezlatish. Faol evtanaziyada bemorning o‘lim tezlik bilan keskin ravishda ijro qilinadi. Passiv evtanaziyada esa bu jarayon ma'lum vaqt davom etadi.
Passiv evtanaziya — bunda bemorga taqdim etilayotgan da'vo choralari to‘xtatiladi. O‘limgacha bo‘lgan vaqtni tezlashtiriladi.
Bundan tashqari, evtanaziyaning ixtiyoriy va majburiy turlari ham bor.
Ixtiyoriy evtanaziya — bemorning talabi, roziligi va iltimosiga ko‘ra bajariladi. Binobarin o‘lim muqarrar va undan qochib bo‘lmaydi, u hayotning oxirgi bosqichi hisoblanadi.
Majburiy evtanaziyada bemorning fikri e'tiborga olinmaydi (og‘ir yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar misol uchun: quturish).
Ko‘p davlatlar qatori Gollandiya, Shveytsariya, Belgiya, AQSH, Lyuksemburg va Kolumbiyada evtanaziyaga ruxat berilgan.
Germaniya, Shvetsiya, Hindiston, Isroil, Yaponiya, Kanada va boshqa ba'zi mamlakatlarda muayyan sharoitlarda reanimatsiya yoki evtanaziyada ishtirok etish uchun jazodan mahrum etishga ruxsat beriladi. Bundan tashqari ba'zi davlatlar jiddiy ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlarga evtaniya o‘tkazishga ruxsat bergan (bu majburiy evtanaziyadir).
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida har qanday kasallanish turidan qat'iy nazar bemorlarga evtanaziya usulini qo‘llash man etiladi. Hayvonlarga nisbatan (kasallik sabab uy hayvonining joni og‘rimasligi uchun) evtanaziyaga ruxsat berilgan.
Bugunngi kunda evtanaziya haqida turli qarama-qarshi fikrlar mavjud. Evtanaziya tarfdorlari bu so'zni ''yoqimli, yengil o'lim'' deb baholaydilar. Hozirda faqat Gollandiya 'evtanaziyani mamlakat miqyosida rasman qonunlashtirgan davlat hisoblanadi.
Terminal holat (lot. terminalis oxirgi, soʻnggi) — hayotning soʻnggi bosqichi; hayot bilan oʻlim orasidagi holat. Bunda organizm yashashi uchun muhim boʻlgan organ va sistemalar faoliyatida (xatto tiklash mumkin boʻlsa ham) chuqur oʻzgarishlar roʻy berib, gipoksiya kuchayadi. T.gʻ. (behushlik boshlansada) nafas reflekslari va yurak faoliyati saqlanib turgan agoniyao l d i, agoniya va klinik oʻlim kabi 3 bosqichni oʻz ichiga oladi. Terminal holatning davomiyligi asosiy kasallikning ogʻir yoki yengilligiga va organizmni jonlashtirish (qarang reanimatsiya) chora tadbirlari koʻrilishiga bogʻliq.
Palliativ atamaning ma'nosini aniqlashga kirishishdan oldin uning etimologik kelib chiqishini aniqlash kerak. Shu ma'noda, biz lotin tilidan kelib chiqqan deb aytishimiz mumkin. Aynan shu til tarkibiy qismlarining yig'indisi haqida:
• "Palliatus", uni "mato bilan qoplangan" deb tarjima qilish mumkin.
• Faol yoki passiv munosabatni bildirish uchun ishlatiladigan "-ive" qo'shimchasi.

Download 27.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling