Eylerning nomini tanimagan yoki eshitmagan matematik albatta yo‘q. Matematikaga oid chop etilgan kitoblarning deyarli barchasida hech bo‘lmasa bir marta Eylerning nomi albatta qayd etiladi


Download 200.2 Kb.
bet1/5
Sana03.02.2023
Hajmi200.2 Kb.
#1154048
  1   2   3   4   5
Bog'liq
l.eyler j.venn r.dekart hayoti va ilmiy faoliyati

Eylerning nomini tanimagan yoki eshitmagan matematik albatta yo‘q. Matematikaga oid chop etilgan kitoblarning deyarli barchasida hech bo‘lmasa bir marta Eylerning nomi albatta qayd etiladi. Hozirgi zamonda o‘rta maktablarda o‘tiladigan trigonometriya va logarifmlarga oid qoidalar va hisob-kitob usullarini ham aynan Eyler ishlab chiqqan izchillik asosida tushuntiriladi. Leonard Eyler - matematika rivojiga eng salmoqli hissa qo‘shgan olimlardan biridir. U o‘z ilmiy ishlarida cheksiz kichik miqdorlar analizi usullarini eng birinchi bo‘lib tadbiq qilgan bo‘lib, olimning bu boradagi uch jilddan iborat fundamental ilmiy ishi, zamonaviy matematik analizning tamal toshini qo‘yib bergan edi. o‘sha uch jild asar quyidagicha nomlangan: "Analizga kirish", "Differensial hisob", hamda, "Integral hisoblash". Eylerning ushbu asarlari hozirda insoniyat tafakkuri yaratgan eng yuksak ilmiy asarlar qatoriga kiradi. Aynan shu ishlar tufayli, analiz sohasi matematikada o‘ziga xos mustaqil fan sifatida shakllanib chiqdi.

Leonard Eyler 1707-yilning 15-aprel sanasida Shveytsariyaning Bazel shahrida dunyoga keldi. Uning otasi Pavel Eyler pastor bo‘lgan va matematikadan ham uncha-muncha xabari bor, ziyoli kishi bo‘lgan. o‘zi cherkov xizmatidagi odam bo‘lgach, ota Eyler o‘g‘lini ham diniy sohada ta'lim olishini istagan. Shu sababli ham, Leonard Eylerni 13-yoshida Bazeldagi seminariyalardan biriga, falsafadan ta'lim olish uchun o‘qishga joylashgan, o‘sha o‘qishda faqat falsafa va diniy bilimlar emas, balki, elementar matematika hamda, astronomiya ham o‘rgatilar edi. Bu fanlarni esa Bazel maktabida juda kuchli olim va mahoratli o‘qituvchi Iogann Bernulli o‘tgan. Bernulli yosh Eylerning matematik iqtidorini albatta tezda payqagan va u bilan alohida, qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib bora boshlagan. 1723-yilda Eyler Bazel maktabida magistr darajasini qo‘lga kiritadi. Daraja himoyasida Eyler sof lotin tilida Nyuton va Dekart falsafasi haqida nutq so‘zlagan. Shundan so‘ng, uning otasi o‘g‘lini endi sharq tillarini hamda, Injilni mukammalroq o‘rganishini istagan va shu yo‘nalishni chuqurroq o‘rgata oladigan ustozlar qo‘liga topshirgan.

  • Leonard Eyler 1707-yilning 15-aprel sanasida Shveytsariyaning Bazel shahrida dunyoga keldi. Uning otasi Pavel Eyler pastor bo‘lgan va matematikadan ham uncha-muncha xabari bor, ziyoli kishi bo‘lgan. o‘zi cherkov xizmatidagi odam bo‘lgach, ota Eyler o‘g‘lini ham diniy sohada ta'lim olishini istagan. Shu sababli ham, Leonard Eylerni 13-yoshida Bazeldagi seminariyalardan biriga, falsafadan ta'lim olish uchun o‘qishga joylashgan, o‘sha o‘qishda faqat falsafa va diniy bilimlar emas, balki, elementar matematika hamda, astronomiya ham o‘rgatilar edi. Bu fanlarni esa Bazel maktabida juda kuchli olim va mahoratli o‘qituvchi Iogann Bernulli o‘tgan. Bernulli yosh Eylerning matematik iqtidorini albatta tezda payqagan va u bilan alohida, qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib bora boshlagan. 1723-yilda Eyler Bazel maktabida magistr darajasini qo‘lga kiritadi. Daraja himoyasida Eyler sof lotin tilida Nyuton va Dekart falsafasi haqida nutq so‘zlagan. Shundan so‘ng, uning otasi o‘g‘lini endi sharq tillarini hamda, Injilni mukammalroq o‘rganishini istagan va shu yo‘nalishni chuqurroq o‘rgata oladigan ustozlar qo‘liga topshirgan.

Download 200.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling