Fakultet: Xorijiy til va adabiyoti-2 Guruh: 2201 F. I. Sh.: Iskandarova Hilola «Topmadim…» radifli gʻazali
Download 15.94 Kb.
|
Iskandarova Hilola 2201
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaratilish tarixi
- Mavzu va gʻoyasi
Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universiteti. Fakultet: Xorijiy til va adabiyoti-2 Guruh: 2201 F.I.Sh.: Iskandarova Hilola «Topmadim…» radifli gʻazali Mehr ko`p ko`rguzdum, ammo mehribone topmadim, Jon base qildim fido, oromi jone topmadim. G`am bila jonimg`a yettim g`amgusore ko`rmadim, Hajr ila dilxasta bo`ldum, dilsitone topmadim. Ishq aro yuz ming malomat o`qig`a bo`ldum nishon, Bir kamon abruda tuzlukdin nishone topmadim. Ko`nglum ichra sarv o`qdur, g`uncha paykon, gul tikan Dahr bog`i ichra mundoq gulsitone topmadim. Husn mulki ichra sendek shohi zolim ko`rmadim, Ishq ko`yida o`zumdek notavone topmadim. Ko`p o`qudum Vomiqu Farhodu Majnun qissasin, O`z ishimdin bul`ajabroq dostone topmadim. Ul amon ichinda bo`lsun, ey Navoiy, garchi men Bir zamon ishqida mehnatdin amone topmadim. Tab` ganjidin maoni xurdasin, yuz qatla hayf Kim, nisor etmakka shohi xurdadone topmadim. Yaratilish tarixi: Gʻazal sulton Abu Said hukmronligi davrida yozilgan. Chunki Alisher Navoiy sulton tomonida ta'qib ostiga olingan. Janri va vazni: Asar badiiy adabiyotdagi 3 ta asosiy turning lirik turiga kiradi va gʻazal janrida yozilgan. Vazni: ramali musammni mahzuf ( foilotun/foilotun/foilotun/foilun). Mavzu va gʻoyasi: Gʻazal adabiy mavzuda yozilgan boʻlib, unda shoir oʻzining muhabbat , gʻam-qaygʻu kabi his-tuygʻularini betakror soʻzlari bilan tasvirlab oʻtgan. Asar gʻoyasiga keladigan boʻlsak, Alisher Navoiy oʻzi yashagan davr qiyinchiliklarini tasvirlash boʻlgan. She'riy san'atlar: Tanosub (kamon, nishon; gʻuncha, gul), talmeh ( Farhod, Majnun, Vomiq) , nido ( ey, Navoiy). Gʻazal haqidagi shaxsiy mulohazalarim: Alisher Navoiy gʻazallarida ham shodlikni, ham qaygʻuni, ham takrorlanmaydigan lahzalarni betakror soʻz va iboralari bilan bayon etadi. Yuqoridagi gʻazalda ham boshidan kechirgan qiyinchiliklarini va ziddiyatlarini oʻziga xos tarzda ifodalagan. Download 15.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling