Falsafa fanining predmeti, muammolar doirasi va vazifalari


Download 106 Kb.
bet1/3
Sana08.03.2023
Hajmi106 Kb.
#1252526
  1   2   3
Bog'liq
3- variant


Tayyoraldi: Turg'unov Doston Komil ogli


3- variant


1.Falsafa fanini o‘rganishning asosiy maqsadi va vazifalari.


2.Bilishining ob’ekti va sub’ekti hamda ularning o‘zaro munosabati.
3..Dinlar tasnifi va turlari
Falsafa fanining predmeti, muammolar doirasi va vazifalari

Fan - inson va jamiyat taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etadi. Uning yordamida kishilar voqelikdagi narsa va hodisalarning kelib chiqishi, rivojlanishi haqida xolisona ma'lumotlar toplaydilar , oz extiyojlarini qondirish uchun moddiy va ma'navin qadriyatlar yaratadilar. Mavjud fanlar oziningxilma-xilligi bilan ifodalanadi.Shularning ichida eng qadimiysi falsafadir.


«Falsafa» atamasi ikkita yunoncha soz («fileo»- sevaman va «sofiya» - donolik) dan olingan bolib, «donolikni sevaman» ma'nosini anglatadi. Unga bunday nom tasodifan berilgan emas.Falsafa paydo bolishi bilanoq kishilar fikrini band etgan turli-tuman savollarga javob qidirishga harakat qilingan. Xususan bizni qurshab olgan dunyo qanday paydo bolgan va kim tomonidan yaratilgan ? U qanday rivojlanadi? Inson ongining , ruhning materiyaga, tabiyatga munosabati qanday? Dunyoni bilishga qodirmizmi yoki yoqmi? Insoniyat jamiyati qanday paydo bolgan va uni xarakatlantiruvchi kuchlari nimalardan iborat? Kabi savollar shular jumlasidandir.
Falsafaning e'tibor markazidagi savollarning xilma-xilligi va qiziqarliligini e'tiborga olib yunonlar uni donolik fani yoki donishmandlik deb ataganlar.
Falsafa voqelikdagi narsa va xodisalarning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanish qonuniyatlarini, ularning moxiyatini bilishga qaratilgan fandir. Bu togrida Forobiyning quyidagi sozlari aloxida e'tiborga sazovardir:
« Mavjudot haqidagi bilim qolga kiritilsa , shu haqda ta'lim berilsa, mavjudotdan bolgan narsaning zoti bilinsa, narsaning ma'nosi tushunilsa, ishonchli dalil xujjatlar asosida shu narsa haqida miyada bir turli ishonch va tasavvur paydo bolsa,manashu ma'lumotga doir fanni falsafa deymiz...»
Falsafaning paydo bolishi qadimgi sharq mamlakatlarida quldorlik tuzumining ornatilishi va rivojlanishi davrlarigatogri keladi, chunki fanning taraqqiyoti uchun zarur bolgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy zaminlar nan shu davrda vujudga keldi.
Falsafaning vujudga kelishi ilmiy bilim kurtaklarining paydo bolishi bilan, nazariy tadqiqotga ehtiyojning shakillanishi bilan tarixan bir vaqtga togri keladiAslini olganda u nazariy bilimning xuddi birinchi tarixiyshakli tarzida tarkib topgan.
Xar qanday falsafa oz davrining mahsuli sifatida shu davr ijtimoiy taraqqiyoti ehtiyojlarini ifodalaydi. Shuning uchun insoniyat tarixining turli bosqichlarida turli falsafiy qarashlar mavjud bolgan va shunga mos ravishda uning predmeti va vazifalari ham ozgarib borgan.
Dastaval aniq fanlar mustaqil tarmoqlarga ajralib taraqqiy topmagan vaqtda falsafa barcha bilimlarni oz ichiga qamrab olib , fanlarning fani «umumiy sistema» vazifasini bajarib kelgan edi. Shu davrning buyuk mutafakkir olimlari Demokrit, Aristotel, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy Ibn Sino, Ulugbek va boshgalar , ayni vaqtda tabiat fanlarining ham asoschilari bolganlar. Shuning uchun ham dastlabki kezlarda falsafa bir butun
fanlarda qollaniladiganuslublarning roli, fan taraqqiyotida mantiq, tafakkurlashning qonuniyatlari va shakllari kabi masalalar bilan shugullanadi. Shuniningdek, inson va jamiyat, insonning erki va huquqlari, axloq- odob, davlat muammolari ham keng orin oladi.
XIX asrdan boshlab alohida fanlar tomonidan hosil qilingan bilimlarni birlashtirish va umumlashtirishga ehtiyoj kuchaya bordi. Xususiy fanlarning erishgan muvoffaqiyatidan kelib chiqqan holda borliq va bilishning falsafiy masalalariga bolgan qiziqish yanada kuchaydi.Faylasuflar orasida falsafiy tizim yaratishgaintiluvchilar kopayib ketdi. Bunga misol sifatida nemis klassik falsafasining eng yirik vakili Gegel tomonidan yaratilgan falsafiy tizimni korsatib otishimiz orinlidir. U ozining «Mantiq ilmi » asarida dialektika qonunlariga asoslangan yaxlit falsafiy tizimni yaratgan ediGegelning bu ta'limoti hanuzgacha falsafa faniga ozining ta'sirini korsatib kelmoqda.
Fan va texnikaning doimiy ravishda taraqqiy etib borishi hamda jamiyatning turli sohalarida roy berayotgan jarayonlar falsafa fanining rivojlanishiga va uning muammolar doirasini kengaytirishga oz ta'sirini korsatib kelmoqda. Hozirgi vaqtda falvafa fanining e'tibor markazida turgan muammo- inson muammosidir, ya'ni insonning tabiatga, jamiyatga, kishilarning bir-biriga munosabati, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ongli ravshda aks ettirishdan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, insonning falsafiy tafakkur madaniyatini shakllantirish va rivojulantirisg falsafa fanining markazida turgan asosiy muammoni tashkil etadi.
Voqelikning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanish
Qonuniyatlarini, ularning inson ongida aks etish yollarini organishga qaratilgan falsafa yaxlit ilmiy bilim tizimini tashkil etib , muayyan fimdamental qoidalarning yigindisiga asoslanadi. Bu qoidalar falsafa fanining ozagini tashkil etuvchi dialektika nazariyasida oz aksini topadi, u oz ichiga bir-biri bilan uzviy bogliq bolgan quyidagi uch turkum, muammolarni qamrab oladi:
1-Borliq va uning rivojlanish muammolari. Borliq - inson atrofmi qurshab turuvchi voqelikni ifodalovchi tushunchadir. U murakkab va kop qirralidir. Moddiy borliq, ideal borliq , inson borligi va hokazolar shular jumlasidandir. Moddiy borliq narsa va predmetlar korinishida bolib, materiya xarakatining har xil shakillarida namoyon boladi hamda ular bir-biridan ozaro farqlanadi. Ideal borliq insoniyat ma'naviy qadriyatlarini, fan yutuqlarini oz ichiga qamrab oladi. Inson borligi esa oziga xos manfaatga ega bolgan, ma'lum bir ijtimoiy guruhlar va sinflarga tegishlidir.
Borliq, uning kelib chiqishi va rivojlanishi qonuniyatlarini falsafiy mushoxada qilish insonni doimo qiziqtirib kelgan. Borliqni ilmiy izohlash, anglashga qaratilgan xilma-xil falsafiy yonalishlar va fikrlar mavjuddir. Ularni atroflicha va batafsil organib chiqish insonning falsafiy dunyoqarashini shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
2- Dialektika nazariyasi borliq muammosi bilan bir qatorda voqelikning eng umumiy aliqadorligi va rivojlanish qonuniyatlari, ularni inson ongida aks ettirish togrisidagi ta 'limotdir.
Narsa va xodisalarning bir-biri bilan aloqadorligi va ularning doimiy rivojlanib turishi dialektika fanida
Uning asosiy qonun va kategoriyalari sistemasida oz aksini topadi. Demak, dialektika fani borliqdagi narsa va xodisalarning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanishini aks ettirish uchun qonunva kategoriya tizimini yaratadi va uning yordami bilan inson atrofmi qurshab turgan voqelikni aks ettirib turadi.
3- Voqelikni bilish nazariyasi. Borliqni inson ongida aks ettirish- murakkab dialektik jarayondir. Uni atroflicha va chuqur bilish uchun falsafa fani -inekos na/ariyasini ishlab chiqdi. Dialektikaning qonun va kategoriyalariga asolangan inikos nazariyasi bilish jarayonida subekt bilan obektning aloqadorligi, bilishning asosiy bosqichlariva shakllari xaqiqatga erishish dialektikasi va shunga oxshash kopgina murakkab masalalarni atroflicha anglab olishga yordam beradi. Ilmiy bilish va inson amaliyoti uchun bu katta ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida korsatilgan muammolar falsafaning barcha tarixiy tiplari va yonalishlari markazida turgan muammolardir. Antik davr, orta asr, yangi davr va xozirgi davr faylasuflarining barchasi oz asarlarida borliq va uning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari togrisida , insonning borliqqa munosabati, voqelikning rivojlanish manbalari, uni bilish qoidalari va shu kabi murakkab falsafiy masalalar togrisida turlicha fikrlar aytganlar va aytib kelmoqdalar. Bu esa falsafaning fundamental muammolari davomiyligi va ularning umuminsoniy qadriyatlar axamiyatiga ega ekanligidan dalolat beradi.
Shuningdek, dialektika usuliga muqobil bolgan, har xil falsafiy ta'limotlarda kop ishlatiladigan sofistika,
matematika , ekletika va boshqa uslublar ham hozirgi zamon falsafasida muayyan orin olgan.
Bilishda subekt va obektning o‘zaro aloqasi. Bilish dunyoning obekt va subektga bo‘linishini nazarda tutadi.
Falsafada bu tushunchalar jonli mavjudot bo‘lgan insonni bilish jarayoniga olib kiradigan va bu jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan subektivlikdan uzoqlashish uchun ishlab chiqilgan. Bilimning obektivligi, haqiqatning subektdan mustaqilligini e’lon qilinganda namoyon bo‘ladi. Sxolastika tabiatshunoslikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan sharoitda ilmiy bilish subektlarining o‘tkinchi manfaatlari ko‘pincha obektivlikka xalaqit bergan, shu bois bu tushunchalarning aniq farqlanishi o‘rinli bo‘lgan. Faylasuflarni subektning obektga ta’siri muammolari, anglab yetilayotgan obektga subektivlikning ta’siri yo‘llari va xususiyati masalalari tobora ko‘proq qiziqtira boshlagan hozirgi kunda ham bu muammo o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Subekt – bu bilish faolligining manbai. Subekt deganda odatda individ tushuniladi. Biroq bu uncha to‘g‘ri emas. Subekt – bu, albatta, avvalo bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan individ. Subekt – bu mikroguruh, ijtimoiy guruh sinf, jamiyat hamdir. Tafakkur jarayoni amalga oshadigan bosh miya po‘stlog‘ida tafakkur muayyan insonning harakatlariuning kechinmalari, his-tuyg‘ulariga qaratilishi mumkin: bu holda ong o‘zining alohida jihati – o‘zlikni anglash sifatida amal qiladi, tafakkur (individ doirasida) nimaga qaratilgan bo‘lsa, shu obekt bo‘ladi.
Subekt negizi butun ijtimoiy yaxlitlikni tashkil etuvchi murakkab ierarxiyadan iborat. Pirovard natijada bilim va donishmandlikning oliy yaratuvchisi – butun insoniyat. Uning tarixiy rivojlanishida uncha yirik bo‘lmagan birliklar ajratiladi, bu birliklar sifatida ayrim xalqlar amal qiladi. Har bir xalq o‘z madaniyatida qayd etiladigan me’yorlar, g‘oyalar va qadriyatlarni yaratib, asrdan asrga bilish faoliyatining alohida subekti sifatida o‘tib keladi. U tabiat hodisalari, hayvonlar yoki o‘simliklarning shifobaxsh xossalari, turli xalqlarning huquqlari va urf-odatlari haqida ma’lumotlar to‘playdi. Jamiyatda maxsus vazifasi va mashg‘uloti hayot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bilimlar yaratishdan iborat bo‘lgan individlarning tarixiy guruhlari ajratiladi. Xususan, subekti olimlar hamjamiyati bo‘lgan ilmiy bilimlar shunday bilimlar jumlasidan. Bu hamjamiyatda qobiliyati, iste’dodi va bilimi bilan bilish sohasida yuksak natijalarga erishadigan ayrim individlar alohida o‘rin tutadi.
Bu odamlarning ismlari tarixda ilmiy g‘oyalar evolyusiyasidagi buyuk bosqichlar ramzi sifatida saqlanib qoladi.
Bilishning haqiqiy subekti hech qachon faqat gnoseologik xususiyatga ega bo‘lmaydi: u o‘z mayllari, qiziqishlari, fe’l-atvori, mijozi, aql yoki aqlsizlik, qobiliyat yoki qobiliyatsizlik darajasiga ega bo‘lgan, irodali yoki irodasi bo‘sh tirik shaxs. Biroq ko‘pincha bilish subekti deganda intellektual faollikning qandaydir shaxssiz mantiqiy bo‘lagi tushuniladi.
Subektning bilish faoliyati faqat muayyan tarixiy kontekstda aniq tushunchalarda namoyon bo‘lishi mumkin. Ilmiy bilish nafaqat subektning obektga nisbatan, balki o‘ziga, o‘z faoliyatiga nisbatan ham ongli munosabatini, ya’ni tadqiqotchilik faoliyati shartlari, usullari, me’yorlari va metodlarini bilishi, an’analarni hisobga olishi va hokazolarni nazarda tutadi.
Borliqning muayyan parchasi izlanayotgan tafakkur diqqat markazidan o‘rin olgach, bilish obektini tashkil etadi, subekt bilan «subekt – obekt» munosabatlariga kirishib, ma’lum ma’noda subektning «mulki»ga aylanadi. Binobarin, subektning ongiga bog‘liq bo‘lmagan o‘zicha borliq va subekt bilan yuqorida zikr etilgan munosabatga kirishgan borliq mavjud. U go‘yo subektni o‘zini bilishga da’vat etadi. Bir so‘z bilan aytganda, subekt bilan munosabatga kirishgan obekt oddiy borliq emas, balki u yoki bu darajada anglab yetilgan, ya’ni ong – o‘zining bilishga intilishida ijtimoiy belgilangan ong daliliga aylangan borliqdir, shu ma’noda bilish obekti endi ijtimoiy dalilga aylanadi.
Obekt – bu subektning bilish faoliyati qaratilgan narsa yoki hodisa. Asbob ham (o‘rganilayotgan va ta’mirlanayotganida), boshqa individ ham, individ bilan bog‘liq narsa va hodisalar ham obekt bo‘lishi mumkin. «Obekt» tushunchasini obektiv borliq bilan aralashtirmaslik kerak. Masalan, hayvonlarning hujayralaridagi xromosomalar ular sitologiya va genetikada o‘rganish «obekti»ga aylanishidan oldi ham obektiv mavjud bo‘lgan, biroq kashf etilganidan keyingina o‘rganish «obektlari»ga aylangan.
Bu tushunchalar nafaqat bilish faoliyati, balki amaliy va baholash faoliyati bilan ham bog‘liq.
Bilish faoliyatida subekt obektsiz, obekt esa – subektsiz mavjud bo‘lmaydi. Masalan, gen jonli narsalar tarkibida mavjud bo‘lgan holda, nafaqat antik davrda, balki J.B.Lamark va Ch.Darvin uchun ham ilmiy tafakkur obekti bo‘lmagan. Olimlar bu ko‘zga ko‘rinmas biologik borliqni ma’lum vaqtgacha o‘z bilish faoliyatining obekti sifatida aniqlay olmaganlar. Bunga nisbatan yaqinda, dunyoning umumiy ilmiy manzarasida jiddiy o‘zgarishlar yuz berganidan so‘ng muvaffaq bo‘lindi. Yoki, aytaylik, ilmiy tafakkur, texnika yutuqlari va ijtimoiy shart-sharoitlar atigi bir necha o‘n yilliklar muqaddam Kosmosning olis kengliklarini tadqiqot obektiga aylantirish imkonini berdi.
Hozirgi zamon gnoseologiyasida bilish obekti va predmetini farqlash odat tusini olgan. Bilish obekti deganda borliqning o‘rganilayotgan amalda mavjud bo‘laklari tushuniladi. Bilish predmeti – bu izlanayotgan fikrning diqqat markazidan o‘rin olgan muayyan jihatlar. Masalan, inson juda ko‘p fanlar – biologiyatibbiyot, psixologiya, sosiologiya, falsafa va hokazolarning tadqiqot obekti hisoblanadi. Biroq ularning har biri insonni o‘rganishga o‘z nuqtai nazaridan yondashadi: masalan, psixologiya insonning ruhiyati, ichki olami, xulq-atvorini, tibbiyot – insonning kasalliklari va ularni davolash usullarini o‘rganadi va h.k. Binobarin, tadqiqot predmetiga tadqiqotchining muhim mo‘ljali kiradi, ya’ni u tadqiqot vazifasi nuqtai nazaridan shakllanadi.
Ma’lumki, inson tarix yaratuvchisi, subekti hisoblanadi, o‘z tarixiy mavjudligining zarur shart-sharoitlari va asoslarini o‘zi yaratadi. Ijtimoiy-tarixiy bilish obekti odamlar tomonidan nafaqat o‘rganiladi, balki yaratiladi ham, demak, obektga aylanishdan oldin u yaratilishi, shakllantirilishi lozim.
Shunday qilib, ijtimoiy bilishda inson o‘z faoliyatining mahsuli, amaliy faol jonzot bo‘lgan o‘zi bilan ham ish ko‘radi. Bilish subekti bo‘lgan inson shu tariqa uning obektiga ham aylanadi. Shu ma’noda ijtimoiy bilish insonning ijtimoiy o‘zlikni anglash jarayonidir. Bunda inson tarixiy rivojlanish jarayonida yaratiladigan o‘zining ijtimoiy mohiyatini o‘zi uchun kashf etadi va o‘rganadi.
Shu sababli ijtimoiy bilishda subekt va obektning o‘zaro aloqasi murakkablashadi, bu yerda obekt bir vaqtning o‘zida tarixiy ijod subekti hamdir.
Ijtimoiy bilishda hamma narsa va hodisalar inson sohasida aylanadi: bilish obekti – odamlarning o‘zi va ular faoliyatining natijalari, bilish subekti ham insondir. Bilish jarayoni shohidlarning guvohliklari, hujjatlar, so‘rovlar, so‘rovnomalarsiz, odamlar yaratgan mehnat qurollari va madaniy yodgorliklarisiz bo‘lishi mumkin emas.
Bularning barchasi ijtimoiy bilishga ma’lum darajada o‘z ta’sirini o‘tkazadi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini shakllantiradi. Ayni shu sababli ijtimoiy bilishda olimning grajdanlik pozisiyasi, uning ma’naviy qiyofasi, haqiqat ideallariga sodiqligi juda muhimdir.
Diniy ong asoslarining shakllanishi. Ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, "ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o‘ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fe'l-atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf etishiga ta'sir ko‘rsatadi. U ibtidoiy bo‘lsa ham aqlli, fikr yurituvchi, ma'lum tahlilga qobiliyatli, konkret holatda fikr yurita oladigan, doimiy faoliyatida vujudga kelgan amaliy tajribalarga ega bo‘lgan odam edi. Bunday tahlil nimaga asoslangan? Bilim miqdorining nihoyatda ozligi va uni doimiy takomillashib borishi oldinda turgan hayotdan qo‘rquv va uni yengishga bo‘lgan intilish, amaliy tajribani uzluksiz ko‘payishi, tabiat kuchlariga mutloq tobelik va undan qutilishga tirishish, atrof-muhit injiqliklari va ularni yengish va x..k. -bularning barchasi shunga olib bordiki, uning ilk, qadamidan nafaqat mantiqiy talabchanlik, balki hissiy-ijtimoiy, hayoliy-fontastik munosabatlar kelib chiqdi. Gap "ongli yovvoyi" yoki "abstrakt fikrlovchi kishi" to‘g‘risida borayotgani yo‘q, ayni jamoaning qonun-qoidalaridan chiqmagan holda, qolaversa 20-50 kishidan iborat bo‘lgan kichik qabila, mehnat faoliyati jarayoni (ov, ozuqa izlash, qurol yasash, turar joyni jihozlash, olovni saqlash va h.k.) doimiy ijtimoiy munosabatlar, oilaviy urug‘doshlik aloqalari va hodisalar jarayonida (nikoh aloqalari, tug‘ilish va o‘lim) ushbu jamoaning ruh homiylari, g‘ayritabiiy kuchlar va voqeylik o‘rtasidagi g‘ayrioddiy aloqalar to‘g‘risida ibtidoiy tasavvurlar mustahkamlanib borgan. Real hayot bilan bir
qatorda o‘zga dunyo mavjudligi, marhumlar tiriklar hayotiga ta'sir eta olishi to‘g‘risidagi g‘oyalar yuzaga keldi".
Dafn etish jarayoni. Ibtidoiy odam o‘z qarindoshlarini ko‘mishda maxsus marosimlar, ma'lum tayyorgarlik udumlariga amal qilar edi: jasadni qizil mineral bo‘yoq bilan qoplanar, uning yoniga kundalik ehtiyoj buyumlari, zeb-ziynatlar, asbob-anjomlar va h.k. qo‘yilar edi.
Bularning bari o‘z jamoa a'zolarini dafn etayotgan jamoa oxirat mavjud ekanligi haqida ibtidoiy tasavvurlarga ega bo‘lganligidan dalolat beradi.
Ibtidoiy odam hayoti haqidagi tasavvurlarimizga ko‘ra, uninga hayotida kelib chiqqan diniy tasavvurlar quyidagi ibtidoiy din shakllarida namoyon bo‘lgan.
1.
Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling