Fan haqida ma’lumot


Download 15.83 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi15.83 Kb.
#114721
Bog'liq
Тарихий ўлкашун хакида маълумот


FAN HAQIDA MA’LUMOT

Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda Vatanimiz tarixiga, O‘rta Osiyoning qadimgi davlatlari va shaharlari, o‘rta asrlar shaharlarining shakllanish asoslari va ularning shakllari va taraqqiyoti to‘g‘risida talabalarda xolisona ilmiy dunyo qarashni, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir. Fanning vazifasi - Vatanimizning qadimgi tarixi va uning asosiy bosqichlarini, o‘lka tarixini o‘rganishda arxeologik, etnologik, yozma va arxiv ma’lumotlaridan foydalanish masalalarini o‘rgatishdan iborat.



Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar. “Tarixiy o‘lkashunoslik” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

  • Tarixiy o‘lkashunoslik kursining maqsad va vazifalari, tadqiqot ob’ektlari, dastlabki ilmiy tashkilotlar, XIX - XX asrda o‘lkashunoslik ishlari, o‘lka tarixini o‘rganishda arxeologik, etnologik, yozma va arxiv ma’lumotlaridan ilmiy maqsadlarda foydalanish, ulardan ilmiy maqsadlarda foydalanishni bilishi kerak;

  • Talaba tarixiy ma’lumotlarni ilmiylik, tarixiylik, xolislik asosida o‘rganishi, muzey ashyolari va internet ma’lumotlarini hamda arxeologik manbalarni mustaqil tadqiq qilishi, va mustahkam ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak;

  • Arxeologiya muzeyi, arxeologik manbalar tavsiflari, arxiv, ilmiy tadqiqot institutlari materiallaridan foydalanish malakalariga ega bo‘lish kerak.

Download 15.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling