Fanning dolzarbligi. Fanning o’rganilganlik darajasi. Fanning maqsad va vazifalari


Download 34.42 Kb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi34.42 Kb.
#211014
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-TEMA(1)


1.Mavzu.Kirish.Fanning maqsad va vazifalari.

Reja:

        1. Fanning dolzarbligi.

        2. Fanning o’rganilganlik darajasi.

        3. Fanning maqsad va vazifalari.

Fanning dolzarbligi. Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida tub o’zgarishlar jarayoni kechayotgan bir paytda tarixni o’rganish, uni xolis bohalash va moziydan meros jamiki qadriyatlardan ijodiy foydalanish o’ta muhim ahamiyat kasb etmoqda.Har qanday jamiyat hayotida bunday tub o’zgarishlar bosqichma-bosqich, ba’zan o’n yillar va hatto asrlar davomida amalga oshadi. Shu bois tarixiy saboqlarni hisobga olmasdan, o’lkamizdagi xalqlarning tarixiy tajribasidagi ijobiy va salbiy chuqur ilmiy tahlil qilmasdan, xususan, mintaqamizdagi davlatchilik tajribalarini o’rganmasdan, bugungi kundagi amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini va ahamiyatini to’liq tushush mumkin emas.Yurtboshimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Tarixiy xotira, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixinin bayon etish, milliy o’zlikni anglash, ta’bir joiz bo’lsa milliy iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida nihoyat muhim o’rin tutadi”1.

O’zbekistonning mustaqil mamlakat sifatida va bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy-demokratik davlatning barpo etilishida arxiv muassasalarining o’rni beqiyosdir. Bugungi kunda respublika arxiv ishi sohasida ko’pgina islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada qator huquqiy-normativ hujjatlar qabul qilinmoqda. Bunga 1999 yil 15-aprelda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Arxivlar to’g’risida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30-oktyabrdagi 482-sonli “Arxiv bo’yicha me’yoriy hujjarlarni tasdiqlash to’g’risida”gi, 2004 yil 3-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 49-sonli qarori, 2008-yil 26 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 194-sonli qarori, 2010-yil 15-iyunda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan yangi tahrirdagi “Arxiv ishi to’g’risida”gi kabi qonunlarni aytishimiz mumkin.Yuqorodagi firklarni inobatga olib, magistrlik dissertasiyasi sifatida tanlangan “Buxoro viloyatida arxiv ishining tashkil etilishi va rivojlanishi” mavzusi ham ilmiy ham amaliy ahamiyatga ega. Mazkur mavzuni o’rganish Buxoroda arxiv muassasalarining tashkil etilishi, olib borgan faoliyati, amalga oshirgan ishlarini o’rganishga yordam beradi. sifatida ilk o’rta asrlardan mustaqillik yillarigacha bo’lgan yillar olindi. Mazkur davr o’z ichiga Buxoro viloyat davlat arxivining tashkil etilishi va bugungi faoliyatini qamrab oladi.


Download 34.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling