Mavzu: Adabiyot taraqqiyotining ichki va tashqi omillari.
Reja:
Kirish.
I.BOB.Adabiyotshunoslik fan sifatida shakllantirish omillari.
1.1.Adabiyotshunoslikni fan sifatida shakllanishi.
1.2.Adabiyot taraqqiyotining ichki va tashqi omillarida taniqli shaxslarning o'rni.
II.Bob.Adabiyot taraqqiyotini ichki va tashqi omillari.
2.1. Adabiyot taraqqiyotining ichki va tashqi omillari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
Kirish.
Adabiyotning tarixiy taraqqiyot jarayonini o‘rganadi va o‘rgatadi. Har bir xalqning o‘z tarixi, madaniyati, san’ati va adabiyoti bor. Shunga kora, adabiyot tarixi malum bir xalqning-shu adabiyotni yaratgan xalqning nomi bilan ataladi.
O'zbek xalqi manaviy madaniyatining katta va ajralmas bir qismi ozbek adabiyotidir.
Ozbek adabiyoti tarixi ozbek xalqining qadim zamonlaridan boshlab hozirgi kunga qadar yaratgan badiiy adabiyotini oz ichiga oladi. Adabiyotshunoslikda ozbek adabiyoti tarixi ikki nom asosida tilga olinadi:
Ozbek mumtoz adabiyoti.
Hozirgi zamon ozbek adabiyoti yoki XX-XXI asrlar ozbek adabiyoti.
Ozbek mumtoz adabiyoti dеganda eng qadimgi davrlardan boshlab, XX asr boshlarigacha bo‘lgan davr nazarga olinadi.
O‘zbek adabiyoti tarixi xilma-xil tur va janrdagi badiiy asarlarni o‘z ichiga oladi. Lirika va epos o‘tmish o‘zbek adabiyotining asosiy turlaridir. Fazal, muxammas, musaddas, noma, ruboiy, doston, hikoyat va boshqalar kеng tarqalgan adabiy janrlardir. O‘zbek adabiyoti tarixi xilma-xil adabiy tur va janrlarning shakllanishi va rivojlanishi tarixi hamdir.
Kurs ishining maqsadi:
Adabiyot tarixi xalq tarixining ajralmas bir qismidir. Badiiy adabiyot taraqqiyoti jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan uzviy bogliqdir. Adabiyotni davrlashtirish asosida o'rganish maqsadga muvofiq ko'riladi. Adabiyotshunosligimizda adabiyotni davrlashtirish muammolidir. Adabiyotni davrlashtirishga nima asos qilib olinadi. Mana bu savolga aniq javob bеrish qiyin. Ayrim mutaxassislar adabiyot tarixi bosqichlarini podsholarning, sulolalarning hukmdorlik davri bilan, boshqalari esa yirik tarixiy voqеalar bilan bog‘lashadi. Adabiyot taraqqiyotining tashqi va ichki omillarini o'rganish asosiy maqsaddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |