Fanning maqsadi,vazifalari


Download 210.75 Kb.
bet1/2
Sana10.02.2023
Hajmi210.75 Kb.
#1183205
  1   2
Bog'liq
1 Fanning maqsadi,vazifalari.


1-MA’RUZA




Fanning maqsadi,vazifalari.

REJA:


Fanni o‘qitishdan maqsad va uning vazifasi


Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallash sohasidagi muammolar

Kimyo texnologiya tizimlarini tahlil qilish, sintez qilish va optimallashtirish hamda texnologik jarayonlarni boshqarish masalalarni yechishda zamonaviy hisoblash texnikasining keng qo‘llanishi xar hil sohadagi texnologlardan EHMlarni to‘g‘ri qo‘llashda va ularni ishlatishga zaruratni to‘g‘ri aniqlashda yetarli bilim va uquv talab qiladi.


Fanning o‘qitishdan maqsad EHMni Kimyo texnologiyasi masalalarini, ya’ni ishlab chiqarish jarayonlarini modellashtirish, optimallashtirish va boshqarish masalalarini yechishda qo‘llash imkoniyatlarini o‘rgatish, talabalarni EHMni kimyo va oziq-ovqat texnologik jarayonlarini hisoblash eksperimenti o‘tkazish yo‘li bilan o‘rganish va texnologik jarayonlarini optimallashtirish va loyihalash masalalarini yechish uslublariga o‘rgatishdir.
«Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optumallashtirish asoslari» fanida juda keng spektrdagi masalalar, hisoblash mashinalarini ilmiy tadqiqotlarda qo‘llashdan boshlab, to texnologik jarayonlarni boshqarishda qo‘llashgacha bo‘lgan masalalar ko‘riladi.
Ushbu faning o‘zlashtirish natijasida, talaba o‘z sohasida EHMni qo‘llay bilishi va uning imkoniyatlaridan unumli foydalanishi, qo‘yilgan masalani yetarlicha bakalavrlik darajasida yechish uchun :
-Texnologik jarayonlarni matematik modellarini tuzishning umumiy prinsiplarini va uslublarini ;

  • Texnologik jarayonlarni EXMda matematik modellashtirish masalalari va ularni yechish usullarini;

  • Texnologik jarayonlarini optimallashtirish masalasining qo‘yilishini va ularni yechish usullarini bilishi kerak

  • Texnologik jarayonlarni dinamik va statik modellarini tuzish bo‘yicha,

  • Texnologik jarayonlarni matematik modellashtirish masalalarini to‘g‘ri qo‘yish va yechish bo‘yicha,

  • -Texnologik tizimlarni tahlil qilish, sintez qilish va optimallashtirish masalalarini yechish bo‘yicha uquvga ega bo‘lishi kerak.


Download 210.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling