Farg’ona Davlat Unversiteti Sirtqi bo’limi Iqtisodiyot yo’nalishi 2S-21-155 guruh talabasi Ibrohimov Iqrorbekning Makroiqtisodiyot fanidan mustaqil ishi


Download 0.89 Mb.
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1429854
Bog'liq
Nigmatov Fayoz 3.21 MSM makroiqtisodiyot

Farg’ona Davlat Unversiteti Sirtqi bo’limi Iqtisodiyot yo’nalishi 2S-21-155 guruh talabasi Ibrohimov Iqrorbekning Makroiqtisodiyot fanidan mustaqil ishi


Mavzu: Keynsning tovarlar va xizmatlar
bozorida makroiktisodiy
muvozanat modeli
  • Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi

Keyns xochi». Ishlab chiqarish hajmining muvozanat darajasiga erishish
  • mexanizmi

Reja
1936-yili ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iqtisodiyotiga yangi,
ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U o‘zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning
umumiy nazariyasi» asarida yangicha iqtisodiy muvozanat nazariyasini izohlab berdi.
Keyns makroiqtisodiy muvozanatga to‘liq bo‘lmagan bandlik sharoitida ham
ershish mumkinligini, to‘la ish bilan bandlik qonuniy holat emasligini, balki tartibga
solinmagan iqtisodiyotda tasodifiy ro‘y berishigina mumkinligini isbotlab berdi.
Shuningdek, bu nazariyada iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat va shu
kabi vaziyatlargagina bog‘liq emasligini, balki u tinchlik yillarida ham ichki
omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chiqishi mumkinligi asoslagan.
Haqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar
miqdorini o„z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy
zahiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o„zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg„arma va
investitsiyalar miqdorining o„zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va
makroiqtisodiy muvozanatni ta‟minlaydi”.
Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo„jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyoning
Mahsulot va xizmatlarni sotib olishga mo„ljallagan xarajatlari kiradi. Firmalar
tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdagi kutilmagan o„zgarishlar tovar
moddiy zahirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar qilishga olib kelsa, haqiqiy
Xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar funksiyasi: E=C+ I +G+Xn ko„rinishiga ega.
Demak uning grafigi iste‟mol funksiyasi (C=a+ b (Y-T)) grafigiga nisbatan
I+G+Xn miqdorda yuqoriga surilgan bo„ladi. Keltirilgan Xn -sof eksport bo‘lib,
uning funksiyasi esa quyidagi ko‘rinishga ega:
Xn = g - m’Y
Bu yerda :g – avtonom sof eksport;
m‟ - importga chegaralangan moyillik; Y – daromad
O„z navbatida yalpi talab va taklifning tenglashishiga (AD = AS) erishiladi.
Aksincha, haqiqiy ishlab chiqarish (Y2) uning muvozanat darajasidan (Y0) kam
bo„lgan vaziyatda esa, firmalar iste‟molchilar talabiga nisbatan kam ishlab
chiqarayotganligini (AD>AS) ko„ramiz. Talabning oshishi esa firmalar zahirasining
kamayishi hisobiga qondiriladi. Natijada, YaIM asta sekin Y2 dan Y0 ga qarab o„sadi
va yana AD=AS tengligiga erishiladi. Bu esa ayni paytda E=Y va I=S ayniyatlarga
erishilganligini anglatadi.
Milliy ishlab chiqarishning muvozanat holati (Y0), yalpi xarajatlar
komponentlarining har birining (iste‟mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof
eksport) o„zgarishi natijasida tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning
miqdorining o„sishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig„ini yuqoriga suradi va
aksincha kamayishi pastga surilishga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
  • Modul platformasi
  • Lex.uz
  • vijipediya

Etiboringiz uchun tashakkur


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling