Farğona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tibbiy prafilaktika ishi 2-bosqich


Download 18.12 Kb.
Sana28.10.2023
Hajmi18.12 Kb.
#1732214
Bog'liq
biokimyo m.ish



FARĞONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTI
TIBBIY PRAFILAKTIKA ISHI 2-bosqich
921-guruh talabasi Tursunboyev Diyorbekning
Biokimyo fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Mavzu :Bevosita va Bilvosita Billurubin


Bilirubin - bu o‘t pigmenti hisoblanib, qonda eritrotsitlarni parchalanishi natijasida xosil bo‘ladi va jigar hujayralari tomonidan tutib olinib, o‘t suyuqligi va ichak orqali organizmdan chiqarib yuboriladi. Jigar hujayralari tomonidan ushlab olingan bilirubin bog‘langan, jigarga tushmay qonda erkin yurgan bilirubin bog‘lanmagan deb atalib, normada qonda har ikkalasi ham ma’lum miqdorda aniqlanadi. Virusli gepatitlarda qonda bog‘langan bilirubin miqdorini ortishi kuzatilib, sariqlik bilan namoyon bo‘lishi mumkin.


Bilirubin retikuloendotelial sistemasi hujayralarida, xususan jigarning kupfer hujayralarida gemoglobinning prostetik guruhi gemdan hosil bo‘ladi va erkin bilirubin deb atalib, suvda erimaydi va Erlix diazoreaktivi bilan reaksiyaga kirishgani uchun bog‘lanmagan yoki bilvosita bilirubin deb ham nomlanadi.
Bog‘lanmagan bilirubin qon tarkibida albumin bilan birikkan ko‘rinishda uchraydi. U qon bilan jigarga tushgach, jigar hujayralarining endoplazmatik retikulumidagi UDF-glyukuronozid transferaza (KF 2.4.1.95) fermenti ishtirokida glyukuron kislotasi bilan birikib, bilirubin diglyukuronidini hosil qiladi.
Erkin va bog‘langan bilirubin yig‘indisi qon zardobini “umumiy bilirubin” miqdorini tashkil qiladi. Qon zardobida bilirubin miqdorini 2 mg% gacha ortishi sariqlik paydo bo‘lishi bilan birga kuzatiladi. Umumiy bilirubin va uning fraksiyalarini aniqlash har xil shakldagi sariqliklarga tashxis qo‘yishda muhim ahamiyatga ega.
Jigar parenximasi shikastlanishi oqibatida kuzatiladigan sariq kasalliklarida (gepatitlar, sirrozlar) qonda bilirubinni ikkala fraksiyasi aniqlanganda, bog‘langan shakli ko‘proq bo‘ladi. O‘t yo‘llarini bekilishi oqibatida kelib chiqadigan mexanik sariqlikda bilirubinning miqdori asosan bog‘langan bilirubin hisobiga oshadi, chunki bu sharoitda bilirubinni jigardan ichakka va undan qonga o‘tish imkoniyati chegaralangan bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi fiziologik sariqlikda va boshqa gemolitik sariqliklarda eritrotsitlarni gemolizga uchrashi natijasida bilirubinni hosil bo‘lishi miqdori kuchayadi, bu esa qonda bog‘langan bilirubin darajasini oshiradi.

Diazosulfon kislotasi qon zardobidagi “bog‘langan” bilirubin bilan bergan birikmasi pushti-binafsha rangli kompleks bo‘lib, rang jadalligi bo‘yicha fotokolorimetrda bog‘langan bilirubin miqdori aniqlanadi.


Qon zardobiga kofeinli reaktiv qo‘shilganda erkin bilirubin dissotsiyalangan eruvchan holatiga o‘tadi va diazoreaktivlari (I va II ) aralashmasi bilan pushti-binafsha rang beradi. Rangning jadalligi bo‘yicha fotokolorimetrda umumiy bilirubin miqdori aniqlanadi.
Umumiy va bog‘langan (bevosita) bilirubinning orasidagi ayirma asosida erkin (bilvosita) bilirubin miqdori topiladi.
Bilirubin – bu eritrositlar (qizil qon tanachalarining) parchalanishi natijasida hosil bo’ladigan safro pigmentdir. Ushbu qizil qon hujayralari miyada hosil bo’ladi, undan keyin qon oqimiga kirib, 120 kundan so’ng parchalanib ketadi. Qizil qon hujayralari halok bo’ldanidan keyin ularning gemoglobinlari parchalanadi va bilirubin hosil bo’ladi.
Umumiy pigment to’g’ridan to’gri va bilvosita bo’lishi mumkin.
Kuniga 350 g bilvosita bilirubin hosil bo’ladi. U jigarga tushib, glyukuron kislotasi bilan birlashadi. Natijada to’g’ridan-to’g’ri bilirubin hosil bo’ladi, u esa suvda eriydi va safro bilan birga tanadan chiqarilishi mumkin. Birinchidan, u o’t pufagiga tushib, hazm bo’lganda u ingichka ichakka kiradi. Ichak florasi to’g’ridan-to’g’ri bilirubinni yemiradi va uning hosilalari najas va siydik bilan chiqariladi. Pigmentning kam qismi qon oqimiga qaytadi.
Bilirubin qon tahlili bevosita, bilvosita yoki umumiy bilirubin konsentrasiyasini aniqlash uchun tashxisda qo’llaniladi. Ushbu tekshiruvlar yordamida sariqlik va anemiya sababini aniqlash, jigar va oshqozon osti bezi patologiyalarini tashxislash mumkin.
Umumiy bilirubin tahlil juda muhim, chunki u ko’plab xavfli kasalliklarni aniqlashga yordam beradi. Odatda insonlarda bu pigmentning darajasi juda past bo’ladi. Uning yuqori konsentrasiyasi giperbilirubinemiya deb ataladi.
Plazmadagi katta miqdordagi bilvosita bilirubin qizil qon hujayralarining ommaviy parchalanishini ko’rsatadi. Masalan, gemolitik anemiya tufayli. Bundan tashqari, bilvosita bilirubin darajasi uni qayta ishlash jarayoni buzilishi bilan ham ortadi. Bu jigar yetishmovchiligiga xosdir. Agar to’g’ridan-to’g’ri bilirubin miqdori ko’paysa, bu jigarni qayta ishlab chiqarish jarayonini yaxshiligini anglatadi, ammo moddaning chiqishi qiyin. Bu oshqozon osti bezi patologiyasini va safro yo’llaridagi toshlar tufayli yoki boshqa sabablarga ko’ra safro sustligini keltirib chiqaradi.
Shunday qilib, to’g’ridan-to’g’ri yoki bilvosita turdagi bilirubinni tahlil qilish organlar va tizimlar faoliyatining qaysi bosqichda nosozlik yuz berganini aniqlashga imkon beradi.
Tekshirish usuli
Kolorimetrik fotometrik usul (yorug’likni singdirish orqali).
Tekshirish uchun material
Venadan yoki kapillyar qon.
Download 18.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling