Farg’ona palitexnika instituti energetika fakulteti 42-21 guruh talabasi abdusattorov abdulazizning metralogiya standartlatirish va mahsulot sifati menejmenti fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 9.69 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi9.69 Kb.
#1642757
Bog'liq
41-21 Metralogiya

Farg’ona palitexnika instituti energetika fakulteti 33-21 guruh talabasi Xoliqnazarov Alisherning metralogiya standartlatirish va mahsulot sifati menejmenti fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Bajardi: Xoliqnazar, A
Qabul qildi: Isroilova.S

Mavzu:Standartlashtirish turlari va toifalari

    • Reja:
  • 1. Standartlashtirishning mohiyati.
  • 2.Standart turlari.
  • 3. Standart toifalari

Standartlashtirishning mohiyati. Standartlashtirish sohasidagi tеrminlar Standartlashtirish (Standardization) – mavjud yoki bo’lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko’p marta foydalaniladigan qoidalarni bеlgilash orqali ma'lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo’naltirilgan faoliyat.
Standartlashtirish sohasi – O’zaro bog’langan standartlashtirish ob'еktlari majmui. Masalan, mashinasozlik, transport, kishlok xo’jaligi, fizik kattalik va birliklarni standartlashtirish sohasi dеb xisoblash mumkin. Standartlashtirish ob'еkti – standartlashtirishi lozim bo’lgan ob'еkt, standartlashtirish darajasi esa - gеografik, siyosiy yoki iqtisodiy alomatlarni hisobga olib, standartlashtirish faoliyatiga qatnashish turidir. Standart mahsuloti (Products in conformity with standards) – xossalari va tavsiflari standartlar talablariga to’lik muvofik bo’lgan mahsulot. 5 Bir turdagi mahsulotlar guruhi (Group products homogeneous) – vazifasi va maqsadi, qo’llanish doirasi, konstruktiv-tеxnologik yеchimlari va asosiy sifat ko’rsatkichlarining nomlari bir xil bo’lgan maxsulotning eng katta mumkin bo’lgan to’plami.
Mе'yoriy xujjat (Normative document ) – xar xil faoliyat turlariga va ularning natijalariga daxldor koidalar, umumiy printsiplar yoki tavsiflarni bеlgilovchi xujjat. Standart (Standard) – Konsеnsus asosida ishlab chikilgan va faoliyatning xar xil turlariga yoki ularning natijalariga tеgishli bo’lgan umumiy va takror foydalaniladigan qoidalar, umumiy printsiplar yoki tavsiflar bеlgilangan va ma'lum sohada eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo’naltirilgan, tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan xujjat.
Standartlar turlari
Davlat standartlashtirish tizimida quyidagi standart turlari belgilangan: - asos bo’luvchi standartlar (tashkiliy-metodik va umumtexnikaviy standartlar).; - mahsulotga standartlar; - xizmatlarga standartlar; - jarayonlarga standartlar; - tekshirish (sinash, o’lchash, tahlil) usullariga standartlar.
Tashkiliy-metodik standartlar quyidagilarni belgilaydi:
- muayan sohadagi ishlar bo’yicha maqsadlarni, vazifalarni, umumiy tashkiliy-texnikaviy qoidalarni; - standartlashtirish bo’yicha ishlarni bajarishga oid asosiy tashkiliytexnikaviy qoidalarni; - me’yoriy hujjatlar, texnik hujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish tartibini; - mahsulotni ishlab chiqarishga qo’yish qoidalarni;
Umumtexnikaviy standartlar quyidagilarni belgilaydi:
- xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida ilmiy-texnikaviy atamalar va ularning ta’riflarini; - standartlashtirishning turli ob’ektlar uchun shartli belgilarni; - turli hujjatlarning tuzilishi, bayon etilishi, rasmiylashtirilishi va mazmuniga talablarni; - ishlab chiqarishni texnikaviy, shu jumladan metrologik ta’minlash uchun zarur bo’lgan umumtexnikaviy kattaliklarni; - xavfli holatlarning gurhlari bo’yicha xavfsizlikning umumiy talablarni; - atrof muhitni muhofazalash va tabiiy boyliklardan foydalanishni yaxshilash sohasidagi umumiy talablarni.
Mahsulotga standart — vazifasini bajarishini ta’minlash maqsadida mahsulot yoki bir turdagi mahsulotlar guruhi uchun talablarni belgilaydigan standart. Mahsulotga ikkita asosiy standart turlari tuziladi 1. umumtexnikaviy shartlar standarti - bir turdagi mahsulotlar guruhi uchun; 2. texnik shartlar standarti – aniq mahsulot uchun. Bu standartlar umumiy holda quyidagi bo’limlardan iborat bo’ladi: klassifikatsiya, asosiy parametrlar va o’lchamlar; umumtexnikaviy talablar; qabul qilish qoidalari; markirlanish, qadoqlanish, tashish, saqlash
Jarayonga standartlar texnik birxilligini ta’minlash maqsadida mahsulotning aloxida xayotiy bosqichlarida ishlarni bajarish uchun talablarni belgilaydi — loyihalash, tayyorlash, saqlash, tashish, foydalanish, eskirgandan keyin yo’qotish. Jarayonga standartlar texnologik operatsiyalarni bajarish jarayonida axoli sog’ligi va xayoti hamda atrof muhit muhofazasi talablarni belgilash kerak. Xozirgi kunda texnologik jarayonlarini boshqarish uchun standartlar, yani sifat menejmenti tizimlar bo’yicha standartlar katta axamiyatga ega — xujjatlarni boshqarish, mahsulotni sotib olish, kadrlarni tayyorlash va boshqalar. Xizmatga standart bir turdagi xizmatlar (turistik xizmatlar, transport xizmatlar va h.z.) yoki aniq xizmatlar (mexmonxonalar tasnifi, yuk tashish qoidalari) javob beradigan talablarni belgilaydi
Tekshirish (sinash, o’lchash, tahlil) usullariga standartlar birinchi navbatda mahsulot (xizmat) sifatiga qo’yilgan barcha majburiy talablarni har tomonlama tekshirishni ta’minlash kerak. Standartda belgilangan tekshirish usullari ob’ektiv, aniq va natijalarni qaytarilishini btlgilash kerak. Bunga erishish uchun standartlarda o’lchash xatoliklari va boshqa xalqaro ISO standartlarida keltirilgan ko’rsatkichlar bo’lishi kerak.
Har bir usul uchun joyiga qarab quidagilar belgilanadi:
- sinovlarni o’tkazish vositalar va yordamchi qurilmalar; - sinovlarni o’tkazish uchun tayyorlanish tartibi; - sinovlarni o’tkazish tartibi; - sinov natijalarni tahlil qilish qoidalari; - sinov natijalarni qayd qilish qoidalari; - sinovlarning ruxsat etilgan xatoligi.
Davlat standartlari quyidagilar uchun ishlab chiqariladi:
ommaviy yoki yirik seriyali mahsulot uchun; – sohalararo mahsulot uchun; – bir turdagi mahsulotning asosiy texnik va foydalanishdagi ko’rsatkichlari uchun; – atrof muhit, inson sog’ligi, xayoti va mulkining xavfsizligini ta’minlovchi talablar uchun; – mahsulotlarning texnik va axborot mosligi va o’zaroalmashinish talablari uchun;
Tashkilot standartlari faqat bitta korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot uchun tayohlanadi: – agar mahsulotga birorta ham me’yoriy hujjat mavjud bo’lmasa va yuqori toifadagi me’yoriy hujjatni ishlab chiqarish o’zini oqlamasa; - agar mavjud bo’lgan me’yoriy hujjatlarda qo’yilgan talablarga qo’shimcha talablar, aniqliklarni kiritish zaruriyati paydo bo’lsa; – agar mahsulotni boshqa korxonada ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yilsa, yuqorirok toifadagi standart ishlab chiqarilishi kerak.
Tashkilot standartlari faqat bitta korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot uchun tayohlanadi: – agar mahsulotga birorta ham me’yoriy hujjat mavjud bo’lmasa va yuqori toifadagi me’yoriy hujjatni ishlab chiqarish o’zini oqlamasa; - agar mavjud bo’lgan me’yoriy hujjatlarda qo’yilgan talablarga qo’shimcha talablar, aniqliklarni kiritish zaruriyati paydo bo’lsa; – agar mahsulotni boshqa korxonada ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yilsa, yuqorirok toifadagi standart ishlab chiqarilishi kerak
Foydalanilgan adabiyotlar
  • O’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash, Sattarov M. Ma’ruzalar matni. – Andijon: AndMI, 2019.
  • Elеktrоradiо oʻlchashlar, Qоdirоva SH.A. Ma’ruzalar matni. – T.: TDTU, 2019.
  • Elеktrоradiо oʻlchashlar, Ismatullaеv P.R, Kadrоva SH.A., Gaziеv G.A. T.: TDTU 2018.
  • Mеtrоlоgiya asоslari, Ismatullaеv P.R., Qоdirоva SH.A. O’quv qo’llanma. – T.: Tafakkur, Extremum-Press, 2020.
  • Fizikaviy-kimyoviy o’lchashlar, Ismatullaеv P.R. O’quv qo’llanma. – T.: TDTU, 2018.
  • Issiqlik tеxnikasida o’lchashlar, Ismatullaеv P.R., A’zamоv A.A. O’quv qo’llanma, – T.: TDTU, 2017.

Download 9.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling