Farg’ona tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (keyingi o’rinlarda DMTT deb yuritiladi) nomidan ustav asosida faoliyat yurituvchi rahbari Mirzaxmedova Gavxaroy Xusanboyevna bir tarafdan, ikkinchi tarafdan ilovada ism-sharflari ko`rsatilgan DMTT tarbiyalanuvchilarining ota-onalari birgalikda taraflar deb yuritiladi, mazkur qo`shimcha kelishuvni quyidagi mazmunda tuzdilar:
1. Mazkur kelishuvni tuzishdan maqsad taraflar o’rtasida tuzilgan shartnomalarning 3.1-bandiga o’zgartirish kiritish va unga asosan DMTTda tarbiyalanuvchilarning bo‘lgan davri uchun bir oylik badal to‘lovi miqdorlarini kamaytirishdan iboratdir.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi 471-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlariga nisbatan Farg’ona tumani 3 toifasidan kelib chiqib, 16-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun ota-onalar badal to`lovini 30% ga kamaytiruvchi koeffitsent qoʻllanilgan.
Shu munosabat bilan, taraflar o’rtasida tuzilgan shartnomalarning 3.1-bandidagi “DMTTda tarbiyalanuvchining bo‘lgan davri uchun bir oylik badal to‘lovi 95 000 (to’qson besh ming) so‘m; agar ota-onaning ikki (2) yoki undan ortiq bolalari DMTTga qatnagan taqdirda badal to‘lovi 77 000 (yetmish yetti ming) so‘mni tashkil etadi” - degan jumlaga “DMTTda tarbiyalanuvchining bo‘lgan davri uchun bir oylik badal to‘lovi 2023-yil 1-yanvardan boshlab 66500 (olmish olti ming besh yuz) so‘m; agar ota-onaning ikki (2) yoki undan ortiq bolalari DMTTga qatnagan taqdirda badal to‘lovi 53900 (ellik uch ming to`qqiz yuz) so‘mni tashkil etadi” – degan o’zgartirish kiritilsin.
3. Shartnomani o’zgartirish davomida DMTT direktori va maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining ota-onalari o’rtasida hech qanday nizo va tushunmovchiliklar tug’ulmadi.
4. Shartnomaning qolgan barcha shartlari o’z kuchida, o’zgartirishsiz qoldiriladi.
5. Mazkur kelishuv taraflar o’rtasida tuzilgan shartnomalarning ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi.
|