Farg’ona viloyati rishton tuman xalq ta’limi bo’limi mudirining buyrug’i xalq ta’limi tizimida yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari


Download 27.29 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi27.29 Kb.
#1490924
  1   2
Bog'liq
5 мухим ташаббус





FARG’ONA VILOYATI RISHTON TUMAN XALQ TA’LIMI BO’LIMI MUDIRINING
BUYRUG’I


Xalq ta’limi tizimida yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o’qishga qiziqishini oshirish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida
Xalq ta’limi tizimida yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishni tashkil etish, bunda ularni san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o’qishga qiziqishini oshirish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
O’tgan davr mobaynida viloyatda 5 ta muhim tashabbusni izchil amalga oshirish bo’yicha “Farg`ona tajribasi” ni joriy etish borasida amalga oshirilgan ishlar o’z samarasini ko’rsatdi.
SHu bilan birga yoshlarning bilim saviyasini oshirish, ularni raqobatbardosh kadrlar bo’lib yetishishi uchun yetarli sharoit yaratish, eng asosiysi, ularning bandligini ta’minlash bugungi kundagi eng muhim vazifamizga aylandi.
Bu boradagi mavjud tajribadan kelib chiqib, viloyatda beshta muhim tashabbus doirasidagi ishlarni izchil davom ettirish hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020-yil 25-dekabrь kuni videoselektor tarzida o’tkazilgan O’zbekiston Yoshlar forumining 100-son bayonida belgilangan topshiriqlar hamda Farg’ona viloyati hokimining 2021-yil 23-yanvardagi 20-sonli qarori hamda Farg’ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2021 yil 29 yanvardagi 18-son buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida

B U YUR A M A N:




1. Farg`ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2021-yil 29-yanvardagi “Xalq ta’limi tizimida yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o’qishga qiziqishini oshirish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 18-sonli buyrug`i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Xalq ta’limi tizimida 5 ta muhim tashabbus bo`yicha yoshlarni madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o`qishga keng jalb qilish, ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o`rinlarda “Dastur deb yuritiladi) 1-ilovaga, Dastur ijrosini muvofiqlashtiruvchi tuman komissiyasi tarkibi 2-ilovaga, Dasturni ta’lim muassasalarida o`z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash bo`yicha biriktirilgan mas’ul rahbarlar ro`yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Barcha ta’lim muassasalari rahbarlariga:
- xalq ta’limi tizimida 5 ta muhim tashabbus bo`yicha yoshlarni madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o`qishga keng jalb qilish, ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi (keyingi o’rinlarda “Dastur” deb yuritiladi) da belgilangan vazifalarni o`z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash;
- unutilib borayotgan boy madaniy merosimiz va o’lmas san’atimiz turlariga e’tiborni qaratish, bu borada yoshlarni qiziqish va intilishlarini puxta o’rganish;
- yoshlarning qiziqishlarida kelib chiqib, umumta’lim maktablarida qo`shimcha to`garaklar tashkil etish, faoliyat ko`rsatayotgan to`garaklarning ishlash tizimini tubdan isloh qilish, shuningdek, cholg`u asboblari yetishmaydigan ta’lim muassasalarini xatlovdan o`tkazib, ularni rivojlantirish choralarini ko`rish;
- uyushmagan yoshlar qatlamini ommaviy sportga keng jalb etish, ularning jismoniy va ma’naviy yetuk bo`lib ulg`ayishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish maqsadida har kuni soat 18:00 dan 23:00 ga qadar tumandagi barcha umumiy ta’lim maktablarining sport zallari va sport maydonchalaridan mahalla yoshlari uchun beg’araz foydalanishlariga imkoniyat yaratish shuningdek, 20 foiz qo`shimcha ustama haq to`lab berish sharti bilan hududlardagi bolalar va o`smirlar sport maktablari trenerlari hamda umumta’lim maktablari jismoniy tarbiya o`qituvchilarini mazkur sport zallariga “Trener” sifatida biriktirib, yoshlarni beminnat sport bilan shug`ullanishlarini ta`minlash;
- bir hafta muddatda barcha umumta’lim maktablari sport zallaridagi sport jihozlari va sport inventarlarini xatlovdan o’tkazib, ehtiyoj yuqori bo`lgan umumta’lim maktablarini sport jihozlari va inventarlari bilan ta’minlash yuzasidan tuman xalq ta’limi bo`limiga taklif kiritish;
- xalq ta’limi tizimida yoshlarni madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o`qishga keng jalb qilish, ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlarini har oyning 20-sanasiga qadar bo`limning Ma’naviy-axloqiy tarbiya sho’basiga taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Dastur ijrosini muvofiqlashtiruvchi tuman XTB komissiyasi kotibi (M.Mamasoliev)ga:
- Dasturga kiritilgan tadbirlarni o`z vaqtida va sifatli ijro etilishi ta’minlash;
- tuman xalq ta’limi tasarrufidagi ta’lim muassasalarining Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo`yicha faoliyatini muvofiqlashtirishning joylarda ijro etilishi ustidan tizimli va doimiy nazoratni amalga oshirish;
- xalq ta’limi tizimida yoshlarni madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o`qishga keng jalb qilish, ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlarini har oyning 25-sanasiga qadar Yoshlar ishlari agentligi tuman bo`limiga taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin.
6. Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash nazorat-tahlil bo`limi (X.Mirzajonov) 1 kun muddatda ushbu buyruqni barcha ta’lim muassasalari rahbarlariga yetkazilishini ta’minlasin.

Download 27.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling