Farmasevtika subyektlarning ozaro munosabatlarining etik tamoyillari ibragimov axrorjon


Download 301.74 Kb.
bet1/3
Sana20.10.2023
Hajmi301.74 Kb.
#1711792
  1   2   3
Bog'liq
BIOETIKA


FARMASEVTIKA SUBYEKTLARNING OZARO MUNOSABATLARINING ETIK TAMOYILLARI

IBRAGIMOV AXRORJON


Farmatsevt kasbining shakllanishida axloq va deontologiyaning roli. Farmatsevt va bemorning munosabatlari axloqi.
Farmatsevt va bemorning axloqiy munosabatlari
Farmatsevt va shifokorning o‘zaro axloqiy munosabati
Dorixona xodimlarining axloqi va o‘zaro kasbiy munosabatlari.
Farmatsevtika sub’ektlari va davlat o‘rtasidagi axloqiy munosabatlar.
Farmatsevt xodimning ish faoliyatidagi asosiy vazifalaridan biri bu o‘z kasbiga professional yondoshish orqali, deontologik nuqtai nazardan kelib chiqib, o‘zining bemorlar oldidagi kasbiy qarzini ado etishi, javogarlikni to‘liq o‘z zimmasiga olishi hamda bemorlarning sog‘ayishga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdan iborat. Farmatsevtik etika va deontologiya maxsus fanlarni o‘qitish va bevosita o‘qitish jatumanida muayyan ma’naviy, axloqiy va deontologik tamoyillarni amalda qo‘llashni ta’minlanishini ko‘zda tutadi. Shundan kelib chiqib, farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasida “Bioetika” fani ixtisoslaShuv dasturida Yangi bozor munosabatlarini hisobga olgan holda farmatsevt etikasi va deontologiyasining dolzarb masalalari keng yoritilgan fan sifatida kiritildi. Farmatsevt va shifokor o‘rtasida axloqiy aloqa o‘rnatish standartlariga muvofiq, axborot bilan ishlashning muhimliligi, ya’ni dori vositalari bilan bog‘liq zarur ma’lumotlarni bemorga to‘g‘ri va to‘liq etkazishni birgalikda olib borishni bevosita tashkil etishlari zarur. Farmatsevt xodimning shaxsiy gigienasi (maxsus kiyimi, tashqi ko‘rinishi)ga nisbatan axloqiy va deontologik me’yorlarga rioya etishga katta e’tibor beriladi, chunki bu bemorga birinchi taassurot qoldiradi va keyingi muloqot samaradorligini belgilaydi. Umuman olganda, barcha maxsus bo‘limlarning o‘quv dasturlarida farmatsevtika etikasi va deontologiyasining muayyan jihatlari mavjud.
Dorixona xodimlari jumladan farmatsevt xodimlar va ularning yordamchilari qo‘yidagi qoidalarga amal qilishlari lozim.  Ish jatumanida farmatsevtik axloq va deontologiyaga amal qilish.  mutaxassis sifatida o‘z bilimini muntazam oshirib turish.  Ishda va oilada namunali bo‘lish, Yangiliklarni o‘zlashtirish.  Bemorga birinchi yordamni tez va sifatli ko‘rsatish.  Axloq me’yori va negizlardan bemorga bo‘lgan munosabatlarda foydalanish.  Bemorning holati va f’eliga qarab, muomalani tanlash.  Bemor bilan gaplashish usulini topish.  Bemorga iltifotli, hamdard bo‘lish.  Bemorni tuzalib ketishiga ishontirish.  Tushkunlikka tushgan bemorga ruhan madad berish va tuzalib ketishiga ishontirish.  Shifokor sirini saqlash.  Bemorga o‘z-o‘zini davolashning zararini tuShuntirish.  O‘zi tanlagan kasbni sevish.  Yosh mutaxassislarni otaliqqa olish va ularga kasb sirlarini o‘rgatish.  Iloji boricha bemorga dori vositasini sababsiz inkor etmaslik, aksincha tezroq sifatli dori tayyorlab berish.  Dori tayyorlash vaqtini tejash.  Farmatsevtlar o‘rtasida ishni bo‘lish va uni nazorat qilish.  Xatolarga yo‘l qo‘ymaslik, dori tayyorlayotganda xatoning oldini olish.  Dori sifatini tekshirishning ilg‘or usullarini amalga tadbiq etish.  Savdo qonunini buzmaslik.  Jamoada yaxshi ruhiy (moral) holatni tashkil etish.  Hamkasblarga qo‘ldan kelgancha yordam berish.  Tibbiyot xodimlariga hurmat bilan qarash.  Bemorni shifokorga ishonchini barqarorlashtirish.  SHifokorning obro‘sini qo‘llab-quvvatlash.
Enter title

Download 301.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling